Arda Turan hakamni turtgani va etiroz bildirgani uchun 16 o'yinga chetlatildi
11 may 2018 08:28
Yangiliklar
Arda Turan hakamni turtgani va etiroz bildirgani uchun 16 o'yinga chetlatildi
Turkiya futbol federaciyasi qoshidagi intizom qo'mitasi “Istanbul” klubi yarim himoyachisi Arda Turanning mamlakat chempionati 32-tur doirasida “Sivasspor” ga qarshi uchrashuvda (1:1) qilgan nojoiz harakatlari uchun jiddiy jazoladi.
31 yoshli turkiyalik futbolchi 70-daqiqada maydonga tushdi va qo'shimcha daqiqalarda qanot hakamini turtgani va bosh hakamga bildirgan etirozi uchun 16 ta uchrashuvga chetlatildi.
Futbolchi laynsmenni turtgani uchun 10 ta o'yinga va hakamga tahdid qilgani uchun 6 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. SHuningdek, Turan yana 7,7 ming evro jarima ham to'laydi.
SHu tariqa Arda Turan joriy mavsum so'nggi 2 ta tur va yangi mavsumning birinchi davrasidagi barcha o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Fikrlar