Arda Turan Turkiya klubi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2023
"Eyupspor" Arda Turanni bosh murabbiy etib tayinladi.

"Barselona" va "Atletiko" sobiq futbolchisi Turkiya ikkinchi divizioni klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

"Eyupspor" turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa 31 uchrashuvda 57 ochko jamg'argan.

36 yoshli Turan 2022 yilning sentyabrida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: eyupspor.org.tr