So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Aprel oyining eng yaxshilari. Muxlislar kimga ko'proq ovoz berishdi? Yangiliklar

Aprel oyining eng yaxshilari. Muxlislar kimga ko'proq ovoz berishdi?

PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada aprel oyining eng yaxshilarini aniqlashni boshlaganidan xabardorsiz.


PFL har oy yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, darvozaboni hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O'zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyaciya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eng yaxshi bo'lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o'z ovozini beradi. SHuningdek, Championat.asia nashrida so'rovnoma o'tkazilib, unda muxlislar o'z ovozi bilan ishtirok etadi.

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3ta o'ringa joylashtirib chiqadi. 1-o'rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi. Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod 6 ochkoni qo'lga kiritadi, 2-o'rindagisi 4 va 3-o'rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.

Demak quyida to'rtta yo'nalishda muxlislar kimga qancha ovoz berishganini taqdim etamiz. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar malum bo'ladi. G'oliblarni PFL rasmiy sayti malum qiladi.


Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Ulug'bek Baqoev - 61 foiz
2.Sergey Lushan - 14 foiz
3.No'mon Hasanov - 13 foiz
4.SHota Arveladze - 9 foiz
5.Andrey Fyodorov - 3 foiz

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Arslonmurod Omonov - 56 foiz
2.Tiago Bezerra - 16 foiz
3.Javlon Ibrohimov - 13 foiz
4.Sardor Azimov - 8 foiz
5.Sanat SHixov - 7 foiz

Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.O'tkir Yusupov - 37 foiz
2.Asilbek Omonov - 26 foiz
3.Sanjar Quvvatov - 25 foiz
4.Eldorbek Suyunov - 12 foiz

Aprel oyining eng chiroyli goli uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
Bahodir Nasimov - 28 foiz
Elguja Grigalashvili - 19 foiz
Arslonmurod Omonov - 12 foiz
Izzat Abdullaev - 10 foiz
Salamat Qutiboev - 9 foiz
Sardor Sobirxo'jaev - 8 foiz
SHahzod SHaymanov - 5 foiz
Zabihillo O'rinboev - 4 foiz
Artur Gevorkyan - 4 foiz


P.S. Demak quyida to'rtta yo'nalishda muxlislar kimga qancha ovoz berishganini taqdim etamiz. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar malum bo'ladi. G'oliblarni PFL rasmiy sayti malum qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика