APLning uch klubi "Arsenal" himoyachisiga qiziqmoqda
01 fev 2021 17:15
Yangiliklar


APLning uch klubi "Arsenal" himoyachisiga qiziqmoqda
"Lester", "Sautgempton" va "Vest Bromvich" "Arsenal" himoyachisi Ensli Meytlend-Naylzni transferlar oynasining so'nggi kunida ijaraga olishi mumkin.
"Lester" bosh murabbiyi Brendon Rojers 23 yoshli angliyalik futbolchini yarim himoyada ishlatishni rejalashtirmoqda, sababi "tulkilar"da xavbeklar Uilfrid Ndidi va Dennis Pratt jarohat olgan.
Oldinroq, Meytlend-Naylz "Arsenal" rahbariyatiga ijaraga ketishni xohlayotgani haqida xabar qilgan edi. Futbolchi Evro-2021da Angliya terma jamoasida bo'lish uchun o'yin amaliyoti olmoqchi.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar