APLning ikki klubi "Milan" darvozabonini sotib olmoqchi
30 mar 2025 15:53
Yangiliklar
APLning ikki klubi "Milan" darvozabonini sotib olmoqchi
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan Angliya Premer-ligasi klublari orasida talabgir bo'lib turibdi.
Franciyalik darvozabonni Londonning "Chelsi" va Birmingemning "Aston Villa" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.
29 yoshli darvozabonning "rossonerilar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt Menyanni 25 million evroga baholamoqda.
"Milan" Italiya A Seriyasining joriy mavsumini muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. O'tkazilgan 29 turdan so'ng jamoa 47 ochko to'pladi va turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar