Brunu Fernandesh - APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi
16 mar 2020 16:19
Yangiliklar
Brunu Fernandesh - APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" libosida fevralda APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Ushbu sovrin uchun yana besh nomzod davogarlik qilayotgan edi:
Markos Alonso ("CHelsi", himoyachi) - 2ta o'yin, 3ta gol
Per-Emerik Obameyang ("Arsenal", hujumchi) - 3ta o'yin, 3ta gol
Dominik Kelvert-Lyuin ("Everton", hujumchi) - 3ta o'yin, 2ta gol va 1ta assist
Mett Doerti ("Vulverxempton", himoyachi) - 3ta o'yin (barchasi quruq o'yin)
Nik Poup ("Byornli", darvozabon) - 4ta o'yin (3tasi quruq o'yin)
Fikrlar