So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  4 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  3 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

APLdagilar futbolchilarga niqob bilan mashg'ulot qilishni maslahat berishmoqda. Kim qanday fikrda? Yangiliklar

APLdagilar futbolchilarga niqob bilan mashg'ulot qilishni maslahat berishmoqda. Kim qanday fikrda?

Teglar :  APL niqoblar
Umuman olganda ushbu xabarlardan hamma ham hayron qolmadi.

O'tgan haftada ingliz matbuoti Angliya Premer-ligasi rahbariyati “Qayta boshlanish“ loyihasi doirasida to'ldirgan protokoli borasida malumotlarni ommaga oshkor qildi. 7 varoqli talablar ichida to'p, burchakdagi bayroqchalar, umuman olganda barcha mayda detallargacha dezinfekciya qilish, futbolchilar o'z mashinalarini belgilangan hududga qo'yish va maydonda tupurishni taqiqlash mazmunidagi gaplar uchraydi.

SHuningdek, futbolchilarga mashg'ulot vaqtida niqob yoki og'izni yopib turadigan buyumlarni kiyib olishni maslahat berilmoqda. Umuman olganda bu kundalik hayotimizdagi oddiy holatga aylanib qoldi. Endi bir savol tug'iladi: bunday niqoblar qanday ko'rinishda bo'ladi va bu jismoniy yuklama oladigan futbolchilarga qanchalik darajada tasir qiladi?

“Brayton“ forvardi Glen Myurrey bu g'oyani ahmoqlik deb atadi. Oldinroq Edinburg universiteti professorlaridan biri rasmiy o'yinlarda futbolchilar niqoblarda bo'lishi kerakligi borasidagi g'oyani bemanilik deb atagandi.

“Brayton“ hujumchisi Glen Myurreyga niqoblarda mashg'ulot qilish fikri yoqmadi: “Futbolchilarning darajasi va o'yin saviyasi sababli Premer-liga futbol olamidagi eng katta brendga aylanib oldi. Ular yulduzlar va ularning mashg'ulotda niqoblar taqishiga ishonmayman. Niqoblar mashg'ulotning yarmiga qadar yirtilib ketadi. Ahmoqlikning chegarasi bo'lmaydi. Odamlar futbolning qaytishini astoydil istayotganini tushunib turibman, men ham shularning jumlasidanman. Biroq biz boshqa yo'l bilan ketishimiz va yana biroz kutishimiz kerak“.

Endi Edinburg universiteti epidemiologi Rouland Kao tomonidan yangragan fikrlarni aytib o'tsak. APLning rejalari detallari elon qilinishidan bir hafta oldin u hatto rasmiy o'yinlarda ham futbolchilar niqob taqishlarini taklif qildi: “Niqoblar futbolchilarning o'zini va boshqalarni himoya qilishi uchun kerak. Ha, hozircha uning qanchalik darajada odamni himoya qilishi aniq emas, biroq minimum imkoniyatdan yuqori darajada foydalanish kerak. Agarda 300-500 inson bir joyga yig'ilsa, bu virus manbasi uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin“.

Evropaning barcha davlatlari jamoat joylarida insonlar niqoblar taqishni majburiy qilib qo'ydi. SHu bilan bir qatorda Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti rasmiy sayti qo'llanmasida tibbiy niqobning odam sog'lig'iga foydasi borasida malumotlar berilmagan.

APL klublari niqob ishlab chiqarish borasida mashhur “Altitude Mask” kompaniyasiga murojaat qilishdi va ular virusga qarshi niqob yaratishdi

Futbolchilar dorixonalarda sotilayotgan oddiy niqoblarda futbol o'ynashini tasavvur qilish qiyin.

“Sky Sports” xabariga ko'ra, APL rahbariyati talablarini o'qiganidan keyin klublar Dubaydagi mashhur “Altitude Mask” kompaniyasiga murojaat qilishdi.

Sport olamida “Altitude Mask” juda ham mashhur. Ular kislorod etkazib berishdagi cheklov orqali baland tog'lar effektini tiklab beradi va sportchilarning ish qobiliyati hamda engilligini oshiradi. Bir vaqtlar ular ishlab chiqargan niqoblarda Garet Beyl, Dele Alli, Markus Reshford va bokschi Entoni Joshua kabi sportchilar mashg'ulotlar olib borishgan.

Yangi talablar asosida kompaniya “Altitude 95“ tariflar lineykasini ishlab chiqdi. Kompaniya o'z rasmiy saytida tasdiqlashicha, yangi niqoblarning filtrlari almashtirib turiladi va ular odamning nafas olish organlarini himoya qiladi va ularning effektivligini 95 foizga oshiradi. SHu orqali niqob nafas olish yo'li orqali koronavirus yuqtirib olish xavfini yo'qotadi.

Niqobning narxi — 79,99 funt.

Filtr N95: bir martalik respirator filtr, himoyani kamida 95 foizga oshiradi

Klapan doimiy ravishda kislorodning qabul qilinishi va cheklanishini nazorat qiladi

Havoning qarshiligini 1dan 6gacha oshira oladi

Silikonli asos esa odamning istalgan harakatiga va havoning qarshiligiga moslanadi, niqob o'z holatini saqlab qolaveradi

Mustahkam kamarlar niqoblarning odamlar yuzidan tushib ketmasligi uchun xizmat qiladi.

“Altitude Mask” asoschisi “Sky Sports”ga bergan intervyusida aytishicha, uch kun davomida Bundesliga va APL klublari bu borada so'rov bilan chiqqan va kompaniya 6-7 klubga o'z mahsulotlaridan jo'natgan.

Bunga tibbiyot blogerlari qanday fikrda:

“Taqdim qilinayotgan mahsulotni baralla gapirishmoqda, niqob 95 foiz xavfli bakteriyalarga qarshi kurashadi. Bu men biroz tashvishlantirmoqda, o'ylashimcha, ular marketing uchun nayranglarni ishlatishmoqda. Biroq internet-do'konlarda odatiy va arzon niqoblar sotilmaydi.

Ikkinchidan, tashkilotchilarning o'zlari ushbu niqoblarni futbolchilarning mashg'ulotlari uchun ishlab chiqqan. Demak, ayrim holatlarda niqob yutilayotgan kislorodni cheklab qo'yadi va qaysidir manoda futbolchi tog'da nafas olayotgandek bo'lib qoladi, shu orqali odamning ichki kislorod rezervlarini ishga tushiradi. Mayli kompaniya rost gapiryapti va ular futbolchilarni maksimal darajada o'ylashyapti deb hisoblasak ham, ushbu niqoblar o'zlari aytishganidek bazida nafas olishni ham cheklab qo'yadi.

O'zingiz oddiy niqobda yurib turibsiz va bilasiz. Ayrim kasbdoshlarim hozirda koronavirusga qarshi kurashmoqda va ular ham ish davomida nafas olishga qiynalayotganini aytishmoqda. CHunki klapanlar soni va qobiliyati chegaralangan. Yugurmaydigan vrachlar shunday qiynalayotgan bo'lsa, top-ligalardagi futbolchilarni o'ylab ko'ravering! Ishlab chiqaruvchi "100 foiz toza havo“ deb kafolat bermoqda, ammo futbolchi intensiv yuklamalarni qabul qilsa, shunda ham uni himoya qila olishadimi?

Undan tashqari meni yana nimadir tashvishlantiryapti. Futbol — yuqori kontaktlarga boy o'yin, o'yin davomida ko'plab kontaktlar bo'ladi va har bir epizodda raqiblar bir biri bilan to'qnashadi. Xo'p, agarda virus havo-tomchilari orqali yuqmasa, kontaktlar orqali yuqmaydimi? Masalan, kasalligi bor himoyachi to'pni olib qo'yish uchun raqibiga tashlandi va unga tegdi, demak, uning raqibiga ham kasallik yuqdi deyavering.

Futbolchilarning tupurishi borasidagi qarorni adolatli deb hisoblayman. Mantiqni tushuntiraman. Masalan, kasalligi bor futbolchi maydonga tupurdi ham deylik, boshqa futbolchi u erga kelib yiqiladi va qo'li bilan ko'tariladi. Qo'li bilan esa yuzlariga ko'zlariga tegadi, narsalar eydi. SHu orqali kasallik yuqadi“

O'sha mashhur Eva Karneyro esa maydonga tupurgan futbolchilarga sariq kartochka berilishi tarafdori

Kiyinish xonasini tasavvur qilib ko'ring. Doimiy ravishda futbolchilar bir-biriga teginib gaplashadi va ular doimo terlagan holatda bo'lishadi.

Mashg'ulotlarda barchasi oddiy — mashg'ulotda qatnashayotgan barchani tekshirish va ularni izolyaciyada ushlash oson. O'yin kunida esa matbuot, personallar, plyus yana kimdir, yo'ldan boshqa odamlar chiqadi, xo'sh qay tariqa kasallik yuqmasligi mumkin? Har kuni futbolchilarni testdan o'tkazish kerakmi? Yoki har 2 haftada barchani izolyaciyaga olish kerakmi? Bu juda ham qiyin masala.

Demak, xulosaga kelib olamiz:

1. Niqoblar odamga virus yuqishining faqatgina bir yo'lini to'xtatadi va odamning nafas olishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa bu futbol o'yini bo'lsa. Agarda “Altitude Mask” rostdan ham himoyasi yuqori niqob ishlab chiqqan bo'lsa, unda nafas olish cheklovlari bo'lmasligi va futbolchi bunda qiynalmasligi kerak edi. Demak, kompaniya bizni aldagan va doimgi standart niqoblariga ishlatilgan klapanlardan foydalanmoqda.

2. Maydonga tupurishni taqiqlash — to'g'ri qaror.

3. Biroq tushunarsiz tomoni shundaki, kontaktlarga boy o'yinda o'ynaydigan insonlarni faqatgina bir yo'l orqali himoya qilishmoqchi. Bu esa kasalning ko'payishiga sabab bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика