APLda yana bir klub koronavirus muammosiga o'ralashib qoldi, derbi qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 dek 2020, 23:15
"Fulxem" klubida koronavirus bilan bog'liq muammolar paydo bo'ldi.

Klubning bir necha vakillari tomonidan topshirilgan test namunalarida kasallik aniqlangan. Shu sababdan 30 dekabr kuni "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan o'yin ham o'tkazilmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyin "Fulxem" bosh murabbiyi Skott Parkerning oila a'zosida virus aniqlangandi. Shu sababli murabbiy ham 10 kunlik karantinga olingandi.

Oldinroq "Manchester Siti"dagi shu kabi muammo sababli "Everton"ga qarshi o'yin o'tkazilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal