APLda "Oltin qo'lqop" kimga nasib etadi? Bu erda ham "Liverpul" vs "Manchester Siti"
29 apr 2019 18:06
Yangiliklar


APLda "Oltin qo'lqop" kimga nasib etadi? Bu erda ham "Liverpul" vs "Manchester Siti"
Angliya Premer-ligasida mavsum yakunlanib bormoqda.
CHempionat yakunlanishiga 2 tur qolganda "Manchester Siti"da 92, "Liverpul"da esa 91 ochko bor. CHempionlik uchun kurash oxirgi turgacha keskin tus oladi.
O'z navbatida Premer-ligada "Oltin qo'lqop" uchun ham kurash jiddiylashdi. Qizig'i, bu borada ham "Man Siti" va "Liverpul" qarama-qarshiligi kechmoqda. "Qizillar" kiperi Alisson 20ta quruq o'yin o'tkazgan bo'lsa, "shaharliklar" posboni Ederson 19 bor nolga o'ynagan. APLda "Oltin qo'lqop" eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonga beriladi. Demak, so'nggi ikki turda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning darvozabonlari o'rtasida ham kurash keskin tus oladi.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar