APLda Lukaku uchun kutilmagan da'vogar paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023, 10:19
Belgiyalik futbolchi Angliyada qolishi mumkin.

"Tottenxem" "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, London klublari vakillari ehtimoliy transfer borasida allaqachon bog'lanishgan. Tomonlar ehtimoliy kelishuv shartlarini muhokama qilishgan.

"Ko'klar" Lukaku bilan hisoblashmaydi. "Yuventus" 30 yoshli hujumchi uchun asosiy da'vogar sanaladi, biroq turinliklar futbolchining transferi borasida "Chelsi" bilan hali kelishib olgani yo'q. O'z navbatida, "Tottenxem" "Bavariya"ga o'tgan Harri Keynga o'rinbosar qidirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Italia