APLda ishlayotgan murabbiy "Guanjou Evergrand"ni boshqarishi mumkin
29 mar 2019 15:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/486322_original.jpg)
![](/upload/storage/486322_220.jpg)
APLda ishlayotgan murabbiy "Guanjou Evergrand"ni boshqarishi mumkin
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Xitoy chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan "Guanjou Evergrand" jamoaga "Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benitesni taklif qilmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, Fabio Kannavaro qo'l ostidagi vice-chempionlik klub rahbariyatining xafsalasini pir qildi, shu sababli "Guanjou Evergrand" yangi bosh murabbiy qidirmoqda va Benites nomzodlar ro'yxatiga kiritildi.
Ispaniyalik mutaxassis Xitoyda yiliga 10 mln. funt ishlab topishi mumkin. Agar bu voqea sodir bo'lsa Benites dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadi.
58 yoshli Benites 2016 yilning mart oyida "Nyukasl" bosh murabbiyi sifatida elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar