So’nggi yangiliklar

23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  4 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5

APL. "CHelsi" "Vulverxempton"ni engdi va CHempionlar ligasiga yo'l oldi Yangiliklar

APL. "CHelsi" "Vulverxempton"ni engdi va CHempionlar ligasiga yo'l oldi

Angliya chempionati 38-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Vulverxempton" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


CHelsi – Vulverxempton 2:0 

«Stemford Brij»

Gollar: 1:0 – 45 Maunt, 2:0 – 45 Jiru.

CHelsi – Kabalero, Jeyms, Zuma, Ryudiger, Alonso, Maunt (Pedro, 85), Jorjino (Barkli, 88), Pulishich (Xadson-Odoi, 78), Kovachich (Loftus-CHik, 85), Aspilikueta, Jiru (Abraxam, 78).

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro (Ruben Vinagre, 58), Koudi, Boli, Doerti (Podense, 59), Dendonker, Saiss, Ruben Nevesh (Moutinyu, 59), Netu (Traore, 46), Ximenes, Diogu Jota (Brunu Jordau, 84).

Ogohlantirishlar: Diogu Jota (22), Jiru (45), Netu (45), Dendonker (83), Aspilikueta (90).


O'yin tugadi. "CHelsi" rasman CHempionlar Ligasida o'ynaydigan bo'ldi. Klub muxlislarini tabriklaymiz!  APLda  ham mavsum tugadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda qoyibona ko'rishguncha!  

90+2. Aspilikueta Kashteluni yiqitdi va sriq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

88. "CHelsi"da o'zgarish: Jorjino o'rniga Barkli tushdi. 

85. "CHelsi"da 2 ta almashtirish: Maunt o'rniga Pedro, Kovachich o'rniga Loftus-CHik maydonga tushdi. 

85. "Vulverxempton"da o'zgarish: Jota o'rniga Jordao tushdi. 

83. Dendonker taktik fol ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

78. "CHelsi"da 2 ta almashtirish: Jiru o'rniga Abraxam, Pulishich o'rniga Xadson-Odoi tushdi.

77. Zarba! Jiruning pasidan keyin Pulishich zarba yo'lladi, biroq noaniq. 

76. Traorening to'p oshirishidan keyin Boli bosh bilan juda kuchsiz zarba yo'lladi. 

74. Koudi Pulishichni yiqtishga majbur bo'ldi.

71. Kovachichda bir oz muammo kuzatilgandek bo'ldi, ammo hammasi joyida, u o'yinni davom ettiryapti. 

70. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 65% - 35%.

67. Hakam o'yinni vaqtincha to'xtatdi, o'yinchilar ozroq tin olishlari mumkin. 

64. Xadson-Odoi va Abraxam maydonga tushishga hozirlik ko'rishmoqda. 

62. Zuma "bo'rilar"ning hujumiga to'g'anoq bo'ldi. 

59. "Vulverxempton"da 3 ta o'zgarish: Kastro o'rniga Vinagre, Doerti o'rniga Kashtelu, Nevish o'rniga Moutinyu tushirildi. 

57. Diogu Jotadan zarba! Kabalero qiyinchiliksiz to'pga egalik qildi. 

56. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 60% - 40%.

54. "CHelsi" o'yinni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

Onlayn Top-7 jadvali

51. Ximenesning Traore tomon uzatmasini Kabalero egallab oldi. 

50. "CHelsi"ning yaxshi o'ylangan hujumi Koudi tomonidan qaytarildi. 

46. "Vulverxempton"da o'zgarish: Netu o'rniga Traore tashdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hisob - 2:0. Tanaffus! 

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Mauntning uzatmasidan keyin Jiru birga-bir vaziyatni golga aylantirdi - 2:0! 

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL! Maunt jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi - 1:0! 

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

45. Netu Alonsoga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

44. Jeymsning xavfli ko'rinish olishi mumkin bo'lgan ajoyib pasidan keyin oli to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

43. Kastroning uzatmasi xavfli ko'rinish oldi, Kabalero to'pni qaytardi. 

41. Alonsoning uzatmasini raqib futbolchilari qaytarishdi, qaytgan to'p uchun kurash olib borgan Alonso qoidani buzdi. 

39. Uuux!  Mauntning uzatmasidan keyin Jiruning bosh bilan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

38. Markos Alonsoning zarbasi! Biroq zarba raqib himoyachilari tomonidan "blok" qilindi.

36. Yana qo'pollik. Bu gal Jeyms Ximenesga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

34. Kichik nokdaunni boshdan kechirgan Ximenes maydonga qaytdi. 

"CHelsi"ning yangi vakili Timo Verner o'yinni stadionda kuzatib bormoqda

31. Maydon markazida Ximenes+Zuma to'qnashuvi ro'y berdi, Ximenesga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

27. Jiru ofsaydda qolgani malum qiilindi, futbolchi esa boshini silkitib qo'ydi.

25. O'yinda "pauza" kuzatilmoqda. Futbcholchilar suv ichib olishlari uchun imkon berildi. 

22. Diogu Jota Aspilikuetaga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

21. "CHelsi" hujumga intilyapti, Pulishich to'pni yo'qotdi. 

17. "Bo'rilar" ketma-ket hujum tashkil etmoqda, so'nggi pallada Netu to'pni maydonda saqlab qola bilmadi.  

15. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 52% - 48%.

12. Maunt jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi, Jeymsning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

10. Pulishich to'pni jamoadoshiga uzatmadi va uin yo'qotdi. 

8. Dendonker qoida buzish evaziga Kovachichni yiqitdi. 

6. Linder Dendonker boshi bilan sherigiga pas bermoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

5. Doerti o'ng qanot orqali ichkariga kirib bordi va qaltis hujumni amalga oshirdi, Zuma o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi. 

3. Jamoalar faollik bilan o'yinni boshlashdi. Ushbu bahs ahamiyati yuqori ekanligini hak ikki jamoa ham juda yaxshi sezib turibdi. 

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda. 

O'yin oldi suratlar

Tarkiblar elon qilindi

O'yin 20:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun APLning so'nggi turidan joy olgan "CHelsi" va "Vulverxempton" o'rtasidagi uchrashuv guvohiga aylanamiz. "Stemford Brij"da bo'lib o'tadigan o'yinda "aristokratlar" kuchli to'rtlikni naq qilish uchun kurashsa, "yuo'rilar" oltinchi o'rinni boy bermaslik uchun o'ynaydi. To'qnashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика