APL. Rasman: "Manchester Yunayted" ECHLdan quruq qoldi
05 may 2019 19:55
Yangiliklar


APL. Rasman: "Manchester Yunayted" ECHLdan quruq qoldi
37-tur
Xaddersfild – Manchester Yunayted 1:1
Gol: MakTominay (9, 1:0), Mbenza (60, 1:1).
«Jon Smits»
Xaddersfild – Lessl, Kongolo, Durm, SHindler, Leve, Muy, Bakuna, Pritchard, Xogg, Mbenza (Diakabi, 90+1), Grant.
Manchester Yunayted – De Xea, SHou, Lindelef (Dalot, 83), Jons, Yang, Pogba, Matich (Errera, 54), Mata, Maktominay, Sanches (CHong, 54), Reshford.
Huddersfield Town Isaac Mbenza - 60' |
Premier League . 37-tur 05/05/2019, 19:00 1
:
1
Tugadi
|
Manchester United Scott McTominay - 8' |
Stadion: John Smith's Stadium, 24263 tomoshabin
Bosh hakam: Lee Mason
UCHRASHUV YAKUNLANDI. MYUning KUCHI AUTSAYDERGA ETMADI. NATIJADA JAMOA ECHLdan QURUQ QOLDI.
90+8. Reshfordning zarbasini darvozabon ushlab oldi.
90+5. Erreraning zarbasini darvozabon ushlab oldi.
90+4. Bir daqiqadan ko'proq vaqtni cho'zgani uchun Lessl ogohlantirildi.
90+3. Pogba kerak bo'lmagan joyda juda ham noaniq zarba berdi.
Agarda ushbu natija saqlanib qolinsa, MYU ECHLga chiqa olmay qoladi.
Uchrashuvga 8 daqiqa qo'shib berildi.
90+1. Mbenza o'rniga Diakabi maydonga tushdi.
90. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA!!! De Xea birga bir holatda jamoasini goldan qutqardi.
89. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!! Pogbaning tepgan to'pi tepa ustunga tegib qaytdi.
88. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! Reshfordning to'p uzatishidan keyin CHong birga bir holatga chiqib ketdi. Darvozabon to'pni qaytardi.
85. Qanotdan uzatilgan to'pga MakTominay ko'kragi bilan teggandi. To'p raqibi qo'liga tegdi. Albatta, masofa kichikligi bois penalti borasida gap-so'z bo'lishi mumkin emas.
83. MYUda so'nggi o'zgarish. Lindelof o'rniga Dalot.
80. Mbenza qarshi hujumga o'tib ketgandi. Uning kuchli to'p uzatishini Jons qaytardi.
76. MakTominay darvozabondan qattiq zarba qabul qilib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
72. ZARBAAAAAAA!!! Yangning qanotdan uzatgan to'pini Jons darvozaga to'g'rilamoqchi edi. Ammo harakat biroz o'xshamadi.
68. Mezbonlar standartga ega bo'lgandi. Biroq Yang uzatilgan to'pni tepib yubordi.
66. Nihoyat! 6 daqiqa mobaynida bayroq to'g'rilandi. O'yin davom ettiriladi. MYU o'yinni markazdan boshladi.
64. 4 daqiqadan buyon bayroqchani to'g'rilayotgan stadion xodimlarini tomosha qilyapmiz.
62. Burchakdagi bayroqcha o'rnidan chiqib ketgani uchun o'yin vaqtincha to'xtab qoldi.
60. GOOOOOOOOOOLLL!!! Mataning burchakdan uzatgan pasiga MakTominay boshi bilan zarba berdi. Ammo darvozabon zarbani ushlab olib, tezkor qarshi hujumni boshladi. U bir zarbasi bilan Isaak Mbenzani birga bir holatga chiqarib yubordi. Hujumchi esa vaziyatdan unumli foydalandi, 1:1!
56. Pogbaning xavfli zarbasi biroz noaniq ketdi.
55. Mataning qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yubordi.
54. Mankunianliklar tarkibida o'zgarishlar. Matich o'rniga Errera, Sanches o'rniga CHong.
50. MYU burchak zarbasini amalga oshirdi. Undan uzatilgan pasga Matich zarba bergandi. To'pni MakTominay qaytardi.
48. Aleksis raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Pogbaga to'pni oshirdi. Pogba esa SHou tomon pas berdi. Himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+2. Taym so'ngida "Xaddersfild" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Biroq undan berilgan pasni Markus Reshford yana burchakka chiqarib yuborgandi. Hakam shu pallada birinchi bo'limni yakunlab berdi. Tanaffus!
45+1. Pogba-Reshford kombinaciyasidan keyin to'p jarima maydonchasi ichidagi Aleksisga uzatilgandi. Biroq himoyachilar to'pni o'tkazishmadi.
44. Mezbonlar hujumda. O'ng qanotdan xavolatib uzatilgan to'pni Lindelof qaytarib yubordi.
42. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!!! SHouning qanotdan uzatgan to'piga Pogba boshi bilan zarba berdi. To'p darvozaning tepa to'siniga tegib qaytdi.
40. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! De Xea jamoasini yaqqol goldan qutqardi!!! Jonsning xatosidan keyin "Xaddersfild" futbolchisi to'pni egallab oldi va zarba berdi. Uning tepgan to'pini ispaniyalik posbon ishonch bilan qaytardi.
37. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Mataning uzatgan to'piga Reshford eta olmadi. To'p avvaliga darvozabon, keyin MYU hujumchisiga tegib, maydonni tark etdi.
33. "Xaddersfild" jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Ammo undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi.
31. Ammo jarimadan tepilgan to'p jonli devorga tegib, maydondan chiqib ketdi.
30. "Xaddersfild" hujumga o'tdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Lindelof qaytarib yubordi. Pogba esa jarima maydonchasi yaqinida qoidani buzdi. Jarima zarbasi!
28. Aleksisning ajoyib harakatidan keyin Matich to'pni egallab oldi. U Pogbaga, francuz esa Reshfordga to'pni oshirdi. Ammo Reshning uzatgan pasi Mataga qadar etib bormadi.
25. O'yin surati anchagina tushib ketdi.
18. Mataning uzatgan to'piga Reshford eta olmay qoldi. Himoyachi "podkati" bilan to'pni chiqarib yubordi.
17. MYU burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Ammo undan uzatilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.
15. Biroq to'p jonli devorga tegib, Mataga qaytdi. Ammo u raqibga qarshi fol ishlatdi. Hujum to'xtadi.
14. Jarima zarbasi. Mata to'p oldida!
12. MYU burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq xavodagi kurashda mankunianliklar qo'pollik ishlatishdi.
9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Maktominayning zarbasi darvozabonning oyoqlari orasidan o'tib ketdi, 0:1.
6. Biroq Reshfordning jarimadan tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.
5. Markazda Aleksis bir necha futbolchini aldashga uringandi. Ammo uni yiqitishdi. Xavfli jarima zarbasi!
2. MYU hujumga o'tdi. Ammo Lindelof uzatgan to'pni Pogba qabul qila olmadi.
1. Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar