APL. "Tottenxem" – "Man Siti", "Liverpul" – “Lester” va boshqa o'yinlar uchun prevyu
21 noy 2020 12:47
Yangiliklar
APL. "Tottenxem" – "Man Siti", "Liverpul" – “Lester” va boshqa o'yinlar uchun prevyu
Terma jamoalar uchun mo'ljallangan bu yilgi so'nggi tanaffus ortda qoldi. Umid qilamizki, Premer-liga yuqori o'rinlari uchun ketayotgan keskin kurashlar yodingizdan chiqmagan. O'rinlardagi zichlik dahshat – birinchi o'rin bilan oltinchi o'rinni bor-yo'g'i 3 ochko ajratib turibdi. xuddi shunday holat ettinchi pog'onadagi "Everton" va 15-qatordan joy olgan "Lids" o'rtasida kuzatildi.
Turning asosiy intrigalari
"Lester" "Liverpul"ni mag'lub etish uchun yaxshi vaziyatga ega
"Lester" o'tgan mavsumda "Manchester Siti" bilan birgalikda uzoq vaqt davomida "Liverpul" ortidan quvdi. Brendan Rojers shogirdlari o'sha paytda yuqori tempni ushlab qola bilmadilar va top-4'dan chiqib ketishdi. O'tgan mavsumdagi omadsizliklardan xalos bo'lgan "tulkilar" dastlabki turlardagi yo'qotishlarga qaramay yana etakchilar qatoridan joy olmoqda.
"Tulkilar" ushbu mavsumda allaqachon "Manchester Siti", "Arsenal" va bardoshli "Vulverxempton"ga qarshi o'yinlarda g'alaba qozonishgan. "Liverpul" darajasi umuman boshqa, faqat bu safar emas. So'nggi bir hafta ichida "mersisaydlar" beshta o'yinchisini yo'qotishdi. Salohda koronavirus, Aleksander-Arnold, Gomes va Xendersonda jarohat. Ushbu nomlarga to'liq tuzalmagan Fabino va Tyago hamda og'ir jarohat olgan van Deykni qo'shamiz. Mantiqiy savol tug'iladi, ularning o'rniga kimlar o'ynaydi? Klopp bu borada bosh og'rig'iga duch keladi. "Lester" esa uch ochkoni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lib turibdi.
"Manchester Yunayted" o'z uyida g'alaba qozonadimi?
Ole Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida aqlga sig'maydigan sinovlarga duch keldi. Tanqidning tazyiqi shunchalik kuchliki, tasavvurimizga sig'maydi. Norvegiyalik hayratlanarli darajada quvnoq, vaqti-vaqti bilan uchrashuvlarda g'alaba bilan muxlislarni quvontiradi. "Everton" ustidan qozonilgan g'alaba "qizil iblislar" atrofidagi umumiy kayfiyatni biroz yaxshiladi, ammo ko'p emas. Axir, turnir jadvalidagi 14-o'rin o'zgarmasdan qolmoqda.
"Manchester Yunayted" muxlislariga ularning jamoasi bu mavsum o'z uyida g'alaba qozonmaganligini eslatishning hojati yo'q. "CHelsi" bilan durang sodir bo'lgan bo'lsa, "Kristal Pelas", "Tottenxem" va "Arsenal"ga qarshi mag'lubiyat kuzatilgan. Yana bir omadsizlik shuki, "qizil iblislar" 1972/73 yilgi mavsumdan beri birinchi marta liga doirasidagi dastlabki beshta o'yinda g'alaba qozona olmadilar.
Luis va Sebalos o'rtasidagi janjal "Arsenal"ga qanday tasir qiladi?
Artetaning fikricha, hech qanday tasir ko'rsatmaydi. Umuman olganda, mashg'ulotlarda futbolchilar o'rtasidagi to'qnashuvlar odatiy holdir. David Luis va Dani Sebalos janjalini boshqalardan ajratib turadigan yagona farqi – qon. Braziliyalik oshirib yubordi va ispaniyalikning burnini sindirdi. Hammasi himoyachi juda xavfli deb hisoblagan yarim himoyachining qo'pol o'yinidan boshlandi.
Ushbu fonda "kanonirlar" "Lids" bilan uchrashuvga yaqinlashmoqda. Qo'shimchasiga tezda asosiy tarkib azosiga aylangan Tomas Partining jarohati borligi malum qilindi..
Marselo Belsa jamoasi oldingidek saxiy va ochiqko'ngill bo'ladimi, buni ko'rish qiziq. Gap shundaki, "Arsenal" urilgan gollar soni bo'yicha mavsumning eng yomon jamoalaridan biri hisoblanadi. Agar jadvalning pastki qismida turgan 4 ta jamoani hisobga olmasangiz, faqatgina "Vulverxempton" londonliklardan kam gol urgan.
Tarkibda Obameyang (2 ta gol) va mavsum oldidan xarid qilingan Villian borligini hisobga olsak, bu sharmandalik bo'lib chiqadi. Tarozining boshqa tomonida "Lids" o'tkazib yuborgan 17 ta gol bor. Xuddi shu holat faqat "Vest Bromvich"da mavjud.
Yana bir intriga – Arteta. Gvardiolaning shogirdi Arteta murabbiylar dunyosidagi Pepning kumiri bilan uchrashadi. Mikel Belsadan ustun kela oladimi? Tez orada bilib olamiz.
"Nyukasl" – "CHelsi" (21.11 17:30)
Frenk Lempard terma jamoalar "pauza"si tufayli boshqa murabbiylardan kam xafa bo'lmadi. Jarohat olgan futbolchilarning tezroq safga qaytish ehtimoli kam, shuningdek, uning jamoasi erishgan yuqori sport formaning yo'qolish xavfi kuchli.
"CHelsi" oxirgi 6 o'yinda atigi 1 ta gol o'tkazib yubordi va 5 ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
"Nyukasl" so'nggi turlarda "Everton" ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, "Sautgempton"ga mag'lubiyatga uchragan.
"CHelsi" hujum chizig'i yana to'liq emas. Pulishich va Xaverc o'ynamaydi. CHiluellning ishtiroki so'roq ostida. "Nyukasl" safida Freyzer o'yindan tashqari holatda, SHelvi va Uilsonda shikastlanish bor.
"Tottenxem " – "Manchester Siti" (21.11 22:30)
"Manchester Siti" ushbu mavsum 7 o'yindan so'ng 10-o'rinni egallab turibdi, shu bilan birga 9 ta gol o'tkazib yuborganini aytib o'tish joiz. "SHaharliklar" hisobida atigi 10 ta gol bor – bu 9 ta gol bo'lgan 2010/11 yilgi mavsumdan beri chempionatdagi eng yomon natijadir.
"Tottenxem" "Manchester Siti" lageridagi ushbu holatdan foydalanib qolishga qodir. Son va Keynning ajoyib ko'rsatkichlarini unutmaslik lozim. Angliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 14 o'yinda qatnashib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli pas uzatgan. Koreyalik futbolchi ham undan ortda qolmayapti – 10 ta gol, 5 ta uzatma. Gvardiola hozircha faqat Jezus bilan maqtana oladi – u so'nggi 11 o'yinda 8 ta gol urib, sheriklariga 3 ta golli pas bergan.
Bundan tashqari, "Tottenxem" APL tarixidagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyasiga ega – 7 o'yin. "SHporlar" ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'alaba qozonishga yaqin turishibdi, bunday holat 2010 yildan beri uchramagan.
To'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona jihat – har bir futbolchining terma jamoadan qaytgandan keyingi holati. Klub futboli "ritmi"ga qaytish odatda jamoalarga qiyinchilik tug'diradi. SHunga qaramay, turning markaziy uchrashuvida bizni durang kutmoqda deb o'ylashga jurat etamiz.
"Manchester Yunayted" – "Vest Bromvich" (22.11 01:00)
Sulsher Reshford va Marsyalning kichik jarohatdan tiklanishlariga umid qilmoqda. Statistikaga nazar solsak, "Manchester Yunayted" gol urishiga ishonsa bo'ladi. Birinchidan, raqib so'nggi 8 o'yinda g'alaba qozona olmagan. Ikkinchidan, ularning ishtirokidagi so'nggi 5 ta uchrashuvda kamida 2 ta gol urilgan.
G'alaba qozonish uchun yana nima kerak? - MYU muxlislarida shunday savol tug'ilishi tabiiy. Darhaqiqat, MYUning uy o'yinida mavsumdagi birinchi g'alabani nishonlash vaqti keldi.
"Lids" – "Arsenal" (22.11 21:30)
Ikkala jamoada ham yo'qotishlar etarli, bu ularning kuchi va xilma-xilligiga tasir qilishi muqarrar. "Arsenal" koronavirusga chalingan Kolashinac va El-Nennini yo'qotdi. Partida jarohat, Villian va Nelsonning ishtiroki so'roq ostida. "Lids" Forshou, Berardi, Lorente va Ernandessiz qolgan. SHeklton va eng muhimi – Fillipsning ishtirok etish-etmasligi nomalum.
"Arsenal" so'nggi yillarda "Lids" maydonida muvaffaqit qozonmoqda, 4 o'yin – 4 g'alaba. Belsa jamoasi haqida biror xulosaga kelish ham qiyin. Uning jamoasi "Manchester Siti" bilan durang o'ynashi, "Kristal Pelas"dan 4 ta gol o'tkazib yuborishi, "Vulverxemton"ni mag'lub etishi mumkin.
"Liverpul" – "Lester" (23.11 00:15)
Klopp mudofaa bo'yicha kadrlar inqirozini boshdan kechirishi kerak. Fabino, van Deyk va Gomessiz Uilyams va Fillips kabi yoshlarga ishonch bildirishga to'g'ri keladi. Yarim himoyada esa abadiy Milner o'zini ko'rsatish vaqti keldi. Aytgancha, Jota tarkibiga tezda kirishib ketganini alohida aytish kerak – Saloh yo'qligida aynan portugaliylik Mane va Firmino bilan birgalikda kuchli uchlikni tashkil etishi lozim.
Brendan Rojers faqat hamkasbiga hamdard bo'lishi mumkin. Uning tarkibidan hatto Kastan tiklandi. Bundan tashqari, Meddison, Vardi, Tilemans safga qaytgan. Ndidi va Soyunju esa hali jarohatlarini davolash bilan band. "Liverpul"dagi muammolar – "Lester" g'alaba qilishi uchun eng zo'r vaqt.
SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan:
21.11 20:00 "Aston Villa" – "Brayton"
22.11 17:00 "Fulxem" – "Everton"
22.11 19:00 "SHeffild Yunayted" – "Vest Xem"
23.11 22:30 "Byornli" – "Kristal Pelas"
24.11 01:00 "Vulverxempton " – "Sautgempton"
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
Fikrlar