So’nggi yangiliklar

15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  1 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   13 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  3 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  5 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  12 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  5 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  7

APL. "Terf Mur" mo'jizasi davom etadimi, tarkibining yarmi yo'q MYU yuta oladimi? 30-tur prevyusi Yangiliklar

APL. "Terf Mur" mo'jizasi davom etadimi, tarkibining yarmi yo'q MYU yuta oladimi? 30-tur prevyusi

Teglar :  APLPrevyu
Bugun terma jamoalar sabab kichik tanaffusga chiqqan dunyoning eng qiziqarli va tomoshabop chempionati bo'lgan Angliya Premer-ligasi yana davom ettiriladi.

Tumanli albionda 30-tur uchrashuvlariga start beriladi. Quyida ana shu tur o'yinlariga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga haqola etamiz.

APL, 30-tur
"Liverpul" – "Everton"

01.04.2017, 16:30
"Enfild"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"Liverpul" bugungi derbidan oldin ketma-ket uchta o'yinda yutqazmadi. O'tgan turda Klopp shogirdlari "Manchester Siti" bilan durang qayd etishdi. "Mersisaydliklar" o'z maydonlarida hujumkor va samarali o'yin ko'rsatishadi. Jamoa sardori Jordan Xenderson maydonga tusha olmaydi. SHuningdek, Lallana va Starrijlar ham o'ynamasa kerak. Bunday holatda Milner markazga o'tishi, chap qanot himoyaga esa Moreno tushishi mumkin.

"Everton" 2017 yilni aqlbovar qilmas darajada boshladi. Raqiblarini ketma-ket yirik hisobda taslim etmoqda. SHu sababli, kuchli oltilikka etib oldi. "Irislar" gollarga boy uchrashuvlarni o'tkazishmoqda.

Qiziq:

- "Liverpul" "Everton"ga qarshi oxirgi 12ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan (5 g'alaba, 7 durang);
- Yurgen Klopp "Liverpul"ning dastlabki uchta "mersisayd derbisi"ni yutgan birinchi murabbiyiga aylanishi mumkin;
- Bu qarama-qarshilikda Premer-liga o'yinlarida eng ko'p 21 bor qizil kartochka ko'rsatilgan;
- Romelu Lukaku bu mavsum 80 daqiqadan keyin 10ta to'p kiritdi.



"Bernli" – "Tottenxem"
01.04.2017, 19:00
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton)

"Bernli" 12 fevraldan beri ilk bor o'z maydonida o'ynaydi, bungacha ketma-ket to'rtta uchrashuv safarda o'tkazildi. SHon Daych shogirdlari uyda 2016 yilning 26 noyabridan beri yutqazmagan.

"Tottenxem" ketma-ket 6 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ayni paytda "shporlar" 59 ochko bilan ikkinchi pog'onada borishmoqda va sovrinli o'rinlar uchun kurashishmoqda.

Qiziq:

- "Tottenxem" "Bernli"ga qarshi oxirgi beshta Premer-liga bahsidan faqat bittasini yutqazgan (3 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- Eshli Barns "shporlar"ga qarshi so'nggi uchta o'yindan ikkitasida gol urgan;
- Premer-ligada 2015-2016 yilgi mavsumdan beri hech bir futbolchi Kristian Eriksendan ko'p golli pas bermagan (23ta golli pas).




"CHelsi" – "Kristal Pelas"
01.04.2017, 19:00
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

"CHelsi" chempionlik uchun ishonch bilan qadam tashlashda davom etayapti. Konte shonirdlari uyda havas qilgudek natijalar qayd etishmoqda. Bu mavsum "ko'klar"ni uyda faqat "Liverpul" to'xtata olgan.

"Kristal Pelas" oxirgi uchta o'yinni nolga o'ynab yutgan, lekin bugungi raqib - "CHelsi". SHu sabab, mehmonlarda bugun imkoniyat juda ham kam.

Qiziq:

- "CHelsi" bu mavsum "London derbilari"da eng ko'p ochko yiqqan (15). "Kristal Pelas" esa barcha beshta derbini ham boy bergan;
- Kristian Benteke to'rtta APL o'yinida "CHelsi" darvozasiga yo'l topa olgan;
- Agar Diego Kosta bugun gol ursa, bu uning chempionatdagi 50 goli bo'ladi.




"Xall Siti" – "Vest Xem"
01.04.2017, 19:00
"Key Si"
Bosh hakam:
Maykl Jons (CHester)

"Xall Siti" chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Lekin, uydagi oxirgi 5ta o'yinda 11 ochko jamg'ardi. Murabbyi almashishi jamoaga ijobiy tasir qildi. Bu omillar "Xall"ni bugun autsayder bo'lmasligini taminlaydi.

"Vest Xem" so'nggi 5ta basda bor yo'g'i 2 ochko yig'a oldi. Bilich shogirdlari uchta o'yindan beri faqat yutqazishmoqda.

Qiziq:

- "Xall Siti" Premer-liga uy o'yinlarida "Vest Xem"ga hech qachon yutqazmagan (2 g'alaba, 2 durang);
- "Vest Xem" joriy mavsum dastlabki 15 daqiqada eng ko'p gol o'tkazgan (8ta), "Xall" esa oxirgi 15 daqiqada eng ko'p gol o'tkazgan (20);
- Andre Ayyu oxirgi to'rtta APL o'yinida uchta gol urdi va bitta golli pas berdi.




"Lester" – "Stok Siti"
01.04.2017, 19:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

"Lester" Raneri istefoga chiqqach, barcha musobaqalarda to'rtta o'yin o'tkazishdi va ularning barchasida g'alabaga erishishdi. SHu tempda davom etsa, klub yakuniy jadvalni ancha yuqorida tugatadi.

"Stok Siti" mart oyidagi barcha o'yinlarni yaxshi o'tkazdi. Jamoa kurashuvchan futbolchilardan iborat. Bu qarama-qarshilikda mezbonlarning imkoniyatlari yuqoriroq.

Qiziq:

- "Stok Siti" Premer-liga doirasida "Lester"ga qarshi oxirgi beshta to'qnashuvdan faqat bittasini yutgan (1 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat);
- Jeymi Vardi chempionatda oxirgi uchta uchrashuvda uchta gol urdi va ikkita golli pas berdi;
- Bugun Kreyg SHekspir Premer-ligada dastlabki to'rtta o'yinni yutgan birinchi britaniyalik, Pep Gvardiola, Joze Mourino, Gus Xiddink va Karldo Anchelottilardan keyingi beshinchi xorijlik murabbiyga aylanishi mumkin.




"Manchester Yunayted" – "Vest Bromvich"
01.04.2017, 19:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

"Manchester Yunayted" tarkibida Xuan Mata, Kris Smolling, Fil Jons, Maruan Fellayni, Pol Pogbalarda jarohat bor, Ibragimovich va Erreralar esa diskvalifikaciya sabab bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Bunday katta yo'qotishlar jamoaga hatto o'z maydonida ham etarlicha qiyinchiliklar tug'dirishi tayin. Terma jamoalarning o'yinlari MYUga qimmatga tushdi.

"Vest Bromvich" o'tgan turda "Arsenal"ni o'z maydonida 3:1 hisobida taslim etgan, lekin safarda ishlari yaxshi emas. Raqib tarkibidagi ulkan yo'qotishlarni inobatga olsak, "Bromvich" ochko uchun bemalol harakat qilsa bo'ladi.

Qiziq:

- "Vest Bromvich" APLda MYUni oxirgi uchta o'yindan ikkitasida taslim etgan (2 g'alaba, 1 mag'lubiyat);
- Ueyn Runi "Bromvich"ga qarshi so'nggi 10ta Premer-liga o'yinida ettita gol urgan va beshta golli pas bergan;
- Jeyms Morrison bugun Darren Fletcher, Pol Telfer va Gari Makalisterlardan keyin APLda 300ta o'yin o'tkazgan to'rtinchi shotlandiyalik futbolchiga aylanishi mumkin.




"Uotford" – "Sanderlend"
01.04.2017, 19:00
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Li Probert (Uiltshir)

"Uotford" so'nggi turlarni yomon o'tkazmoqda. Maccari shogirdlari stabillikni saqlay olishmayapti. Lekin, uyda har qanday jamoada ham ustunlik bo'ladi.

"Sanderlend" mavsum boshidan beri turnir jadvalining quyidan chiqa olmayapti. Aftidan, Moyes shogirdlari CHempionshipga ravona bo'lishadi.

Qiziq:

- "Sanderlend" Premer-ligada "Uotford"ga qarshi oxirgi beshta o'yinning faqat bittasini yutqazgan (3 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- Jermeyn Defo 35ta APL jamoalariga gol urgan, lekin "Uotford" darvozasiga shu kunga qadar to'rtta o'yinda ham yo'l topa olmagan;
- "Uotford" bu mavsum dastlabki 15 daqiqada sakkizta gol urgan.




"Sautgempton" – "Bornmut"
01.04.2017, 21:30
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Sautgempton" CHarli Ostin formadaligida ijobiy natijalarni qayd etayotgan edi, Ostin jarohat olgach vaziyat salbiy kshrinish oldi. Qishda Gabbiadini sotib olingach, Manolo yaxshi o'ynayotgandi va jamoa ham ketma-ket ochko jamg'arib kelayotgan edi. Mana endi italiyalik hujumchi jarohat oldi.

"Bornmut" o'tgan oyni fantastik tarzda o'tkazdi. Buning samarasi o'laroq, bosh murabbiy Eddi Xau Premer- ligada oyning eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Qiziq:

- "Sautgampton" so'nggi uchta APL o'yinida "Bornmut"ni ikki bor taslim etgan (2 g'alaba, 1 mag'lubiyat);
- "Bornmut" "Sautgempton"ni  safarda hech qachon mag'lub eta olmagan, bu barcha musobaqalarga tegishli (4 durang, 8 mag'lubiyat);
- Joshua King oxirgi 8ta Premer-liga o'yinida sakkizta gol urgan va bitta golli pas bergan.




"Suonsi" – "Midlsbro"
02.04.2017, 17:30
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

"Suonsi" oxirgi ikkita o'yinda safarda mag'lub bo'ldi. Lekin, jamoa uyda ancha mazmunli o'yin namoyish etadi. Oxirgi uchta uy o'yinida g'alaba qo'lga kiritilgan.

"Midlsbro" Aytor Karankani istefoga chiqardi va oldingi turda bosh murabbiysiz MYUdan engildi. O'yin borasida ham "Boro" ancha ortda qolmoqda.

Qiziq:

- Bu mavsum chempionatda "Suonsi" ishtirokidagi o'yinlarda eng ko'p 99ta gol urilgan, "Midlsbro" qatnashgan bahslarda esa eng kam 53ta gol urilgan;
- "Midlsbro" bu mavsum "Liverpul" (36) va "Arsenal" (34)dan kamroq gol o'tkazib yuborgan (33);
- Faqatgina Jermeyn Defo (67%, "Sanderlend") joriy mavsumda Gulfi Sigurdsson (53%, "Suonsi")ga qaraganda jamoasining eng ko'p golida ishtirok etgan.




"Arsenal" – "Manchester Siti"
02.04.2017, 20:00
"Emireyts stedium"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Arsenal" Premer-ligada oxirgi 5ta o'yindan to'rttasini yutqazdi. Venger shogirdlari himoyada ayanchli o'yin ko'rsatishayapti. Ichki muhit ham havas qilarli darajada emas. "Siti"ga qarshi o'yin "to'pchilar"ga o'zlarini o'nglab olishlari uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Kuchli raqib ustidan qozoniladigan g'alaba jamoaga ishonchni qaytarishi mumkin.

"Manchester Siti" oldingi turda "Liverpul" bilan durang o'ynadi. O'yin jihatidan "shaharliklar" yaxshi holatdalar. Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqsak, "Siti"ga kichik ustunlikni berish mumkin.

Qiziq:

- "Arsenal" "Manchester Siti"ga qarshi Premer-liga doirasida oxirgi 19ta uy o'yinidan faqat bittasini boy bergan;
- "Man. Siti" yuirinchi bor "Arsenal"ni bir mavsumda ikki bor taslim etishi mumkin;
- Bu jamoalarning so'nggi ettita o'zaro o'yinlarida jami 27ta to'p kiritilgan. Bu ar bir bahsga o'rtacha 3.86tadan gol degani.




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика