APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g'olib aniqlanmadi
23 dek 2017 02:50
Yangiliklar
APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g'olib aniqlanmadi
Uchrashuvda Koutino hisobni ochgan bo'lsa, 52-daqiqada Saloh oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Maydon egalari ushbu goldan keyin “ishtahalari ochildi”: besh daqiqa ichiad Venger jamoasi “Liverpul” darvozasiga naqd uchta gol urishning uddasidan chiqdi. Dastlab Sanches qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga aniq yo'llagan bo'lsa, sal o'tmay Jakaning kutilmaganda yo'llagan kuchli zarbasi yo'lida Minole ojiz qoldi. Ozil esa jamoadoshi uzatgan zargarona pasni o'tkir burchak ostida darvozaga aniq yo'lladi. 71-daqiqaga kelib Firmino o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi- 3:3.
Angliya chempionati.
19- tur.
Arsenal – Liverpul 3:3 (0:1, 3:2)
Gol: 0:1 – 26 Koutino, 0:2 – 52 Salax, 1:2 – 53 Sanches, 2:2 – 56 Djaka, 3:2 – 58 Ozil, 3:3 – 71 Firmino.
Arsenal – CHex, Monreal (Mustafi, 46), Koselni, Belerin, Meytlend-Naylz, Uilsher, Djaka, Ozil, Ivobi (Uelbek, 78), Sanches (Uolkott, 89), Lyakazett.
Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Mane (Veynaldum, 80), Djan, Firmino, Koutin o (Oksleyd-CHemberlen, 84), Salax, Xenderson (Milner, 13).
Ogohlantirish: Ivobi (58).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar