So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

APL. "Manchester Yunayted" – "Tottenxem" va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" – "Tottenxem" va boshqa bahslar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Bugun Angliya chempionatida 4-tur start oladi.

APLning uchinchi tur uchrashuvlari natijalarga tasir ko'rsatgan VAR tufayli esda qoldi: "Brayton"ga qarshi finish hushtagi chalingandan so'ng, MYUga g'alaba keltirgan penalti belgilandi, "Tottenxem" shunga o'xshash vaziyatda "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan quruq qolib, durang o'ynashga majbur bo'ldi.

Eng ajablantiradigan natijalardan ikkitasi – "Vulverxempton"ning "Vest Xem"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgani (0:4), "Lester"ning "Man Siti"ni 5:2 hisobida mag'lub etgani.

Alohida aytish joiz, Liverpulning ikki klubi yo'qotishlarsiz davom etmoqda. "Everton" "Kristal Pelas"ni yutgan bo'lsa, amaldagi chempion esa "Arsenal"ni mag'lub etdi.

"Fulxem", "SHeffild Yunayted" va "Byornli"da haligacha ochko mavjud emas. "SHeffild" hali birorta ham gol urmagan va ushbu salbiy seriyani davom ettirishi mumkin. Ammo kim bilsin, to'rtinchi turda bizni qanday syurprizlar kutmoqda?

Turning asosiy intrigalari

"Lids" – top-klublar uchun haqiqiy bosh og'riq

Marselo Belsa tomonidan tuzilgan "Lids" umidlarni oqlamoqda. Mavsum boshidagi "otishma"dan keyin "SHeffild Yunayted" ustidan kichik hisobda g'alabaga erishildi. Patrik Bemford bu natijalarda faol ishtirok etyapti – uning hisobida uchta gol va bitta golli uzatma bor. Argentinalik mutaxassis boshchiligidagi murabbiylar shtabi va jamoa tinim bilmay mehnat qilmoqda va ular ushbu turda Gvardiola jamoasiga ham bosh og'riq bo'lishlari aniq. 

"Men o'zimni Pep Gvardiolaning ustozi deb hisoblamayman. Va bu mening hissiyotlarga berilgan qarashim emas, obektiv haqiqat. Gvardiola – o'z futbol falsafasini yaratgan menejer. Uning jamoasi boshqa hech bir jamoadagidek o'ynamaydi" - Marselo Belsa.

"Aston Villa" qanchalik yaxshi jamoa?

APL har doim kutilmagan burilishlarga boy bo'lgan. Yangi chempionat ham bundan mustasno emas. Manchester klublari jadvalning ikkinchi qismida "yashashmoqda", "Lester" va "Everton" ochko yo'qotmasdan etakchilik qilmoqda. Ijobiy tomondan ajablantirayotganlar orasida "Aston Villa" mavjud. O'tgan mavsumda Din Smit shogirdlari deyarli CHempionshipga tushib ketishiga oz qolgandi.  O'shanda "Aston Villa" mavsumni eng ko'p gol o'tkazib yuborgan ikkinchi jamoa sifatida tugatgandi – 67 ta gol. Faqat "Norvich" (75) ko'proq gol o'tkazib yuborgan edi.

"Villa" Premer-liganing ikkita o'yinida bitta ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi. "Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi" unvoniga davogarlar orasida Din Smitning mavjudligi juda ajablanarli holat emas.

"Aston Villa" oktyabrni "Liverpul"ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi. Bitta uchrashuv butun mavsum taqdirini hal qilmasa-da, ko'p jihatdan savollarga oydinlik kiritishi mumkin: Din Smit jamoasi – vaqtinchalik intrigachimi yoki haqiqatan jiddiy jamoami?

"Everton", "Lester" va "Liverpul" azolari terma jamoalar yig'iniga ochko yo'qotmagan holda yo'l olishadimi?

Mavsum boshlanishidan oldin hech kim "Liverpul"ning bosh raqiblari "Manchester Siti", "Arsenal" yoki "Manchester Yunayted" emas, balki "Lester" va ayniqsa, "Everton" bo'lishini taxmin qilmagandi. Liga Kubogi uchrashuvlari bilan birga hisoblaganda Anchelotti jamoasi ketma-ket oltita o'yinda g'alaba qozondi, bunaqasi klub tarixida 82 yildan beri kuzatilmagan. "Lester" yangi mavsumni ancha yaxshi boshladi. "Tulkilar" bir yil oldin uchta turdan so'ng, besh ochkoga ega edilar, hozir esa ular to'qqiz ochkoga ega. Qo'shimchasiga "Manchester Siti" ustidan ajoyib g'alaba qo'lga kiritildi.

Statistikaga ko'ra, o'z maydonidagi APLning so'nggi o'n sakkiz o'yinida "Aston Villa"ni mag'lub etgan "Liverpul" uchun hammasi osonroq o'tadigandek. "Brayton" ikki mag'lubiyatga qaramay, yaxshi taassurot qoldirmoqda va "Everton"dan ochko olishga qodir. "Vest Xem" kuchli klublar bilan kutilmagan voqealarni taqdim etib, ularning jadvaldagi o'rinlariga ko'z yummoqda. Agar ushbu uch etakchi osonlikcha yutuqqa erishadi deb o'ylasangiz, adashasiz. Uchrashuvlarning natijalari sizni ajablantirib qo'yishi mumkin, kutamiz.

"CHelsi" – "Kristal Pelas" (03.10 16:30)

Frenk Lempard asta-sekin eng kuchlilarni maydonga tushirmoqda. Yangilar o'yindan o'yinga kuchayishyapti. Verner va Xaverc ortidan CHiluell, Silva va Mendi asosiyga kirmoqda. Ziesh esa hamon tiklanish bilan band. Jamoa beqarorlikdan aziyat chekmoqda, bu ham natijalarda, ham o'yinlar jarayonida o'zini namoyon qiladi. "Vest Bromvich" bilan birinchi bo'lim muvaffaqiyatsiz tugadi – ikkinchi bo'limda esa kambek amalga oshirildi.

"Kristal Pelas" yaxshi boshladi, ammo "Everton"ga kelganda kuch qolmadi, shekilli. Xojson tarkibni yangilashdan xursand bo'lar edi, ammo jarohat olganlar soni hali ham ko'p. Kexill, van Anxolt, Tomkins, Uikem, Fergyuson va Batshuayi o'yindan tashqari holatda. SHlyupp va Danning holati so'roq ostida.

"Lids Yunayted" – "Manchester Siti" (03.10 21:30)

Ikkala jamoa ham mavsum boshida eng samarali o'yinlarni o'tkazishmoqda. Belsa o'zi vada qilganidek, tanlagan uslubiga xiyonat qilmaydi va raqibning nomi va maqomiga qaramay, hamma bilan teng sharoitda o'ynashga tayyor.

"Manchester Siti" nafaqat ikki hujumchisining yo'qligidan aziyat chekmoqda, balki himoya chizig'i bo'yicha ham qiynalmoqda. Aguero va Jezus hali maydonga tushishga tayyor emaslar, akademiya tarbiyalanuvchisi Delap ularning o'rnini bildirmasdikka harakat qiladi. Lekin unga asosiy tarkibdan joy ajratishlari nomalum, ehtimol, Sterling forvard poziciyasida harakatlanar.

"Lester Siti" – "Vet Xem" (04.10 16:00)

Ushbu ikki jamoa so'nggi turda hayron qoldirishdi. Ha, "Lester" ikkita g'alabani qo'lga kiritdi, ammo uchinchi g'alaba shunchalik ajoyib bo'lishini kim taxmin qilgan bo'lishi mumkin? Xuddi shu narsa mavsumni sezilarli sustlik bilan boshlagan "Vest Xem"ga ham tegishli.

Tig'iz taqvim Rojersning tarkibida o'ziga xos nyuanslarni keltirib chiqaryapti. Evans, Vardi va Pratning o'yindagi ishtiroki nomalum, Ndidi va Pereyra o'yindan tashqari holatda. "Vest Xem"da esa Frederiksdan boshqa sezilarli yo'qotish yo'q. 

"Lester" "Vest Xem"ga barcha musobaqalardagi oxirgi 12 uchrashuvning 11 tasida yutqazmagan. SHu bilan birga, londonliklar APLdagi so'nggi 11 ta safar uchrashuvining 10 tasida mag'lub bo'lishgan.

"Arsenal" – "SHeffild Yunayted" (04.10 18:00)

"Arsenal" chempionat o'yinida "Liverpul"ga yutqazdi, so'ngra hafta o'rtalarida Liga Kubogida qasos oldi. Bu vaqtda "SHeffild Yunayted" dam olib, chempionatdagi birinchi ochkolarni qanday qo'lga kiritish haqida o'yladi. Va o'ylash kerak bo'lgan yana bir narsa bor – "SHeffild" mavsum boshidan beri to'rtta o'yinda faqat bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Londonliklar ketma-ket uchta o'yin davomida "SHeffild Yunayted"ni mag'lub eta olmagan, biroq "Arsenal"ga qarshi bu statistika "SHeffild"ni bo'lajak o'yinda qutqara olmasa kerak.

"Manchester Yunayted" – "Tottenxem" (04.10 20:30)

Ushbu turning Markaziy bahsi haqida o'ylaganda jahon futbolidagi jozibali shaxs Joze Mourinyu xayolingiga keladi. Portugaliyalik va uning o'tmishdagi klublari o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida gap ketganda, siz oldinda sizni nimalar kutishi borasida o'ylaysiz. Joze "Manchester Yunayted"dan ishdan bo'shatilgandan so'ng, mankunianlarga qarshi ikkita o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Hozircha g'alabasiz – durang va mag'lubiyat.

"Man Yunayted" o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgani shubhasiz, Sulsher shogirdlari bu bahsgacha "Brayton"ni Liga Kubogidan chiqarib yuborishdi.

Mourinyu ehtiyotkor bo'lishi shart. Nega? CHunki "Tottenxem" "Old Trafford"dagi so'nggi 7 o'yinning 6 tasida mag'lub bo'lgan. "Manchester Yunayted" esa o'z uyidagi APLning oxirgi 16 o'yinidan 15 tasida yutqazmagan.

"Aston Villa" – "Liverpul" (04.10 23:15)

O'yindan oldingi asosiy yangilik – Sadio Maneda koronavirus aniqlanganligi. "Arsenal"ga qarshi maydonda eng zo'r bo'lgan senegallik hozirda izolyaciyaga olingan. Bundan tashqari, Tiago ham izolyaciyada ekanligidan xabaringiz bor.

Albatta, bu "Aston Villa"ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi. SHu bilan birga, Kloppda yangi nomzod bor – bu Jota.

"Villa" musobaqaning ketma-ket ikki o'yinida g'alabaga erishdilar. Bundan tashqari, "Villa" o'z uyidagi ketma-ket uch uchrashuvda gol o'tkazib yubormagan. Biroq bu "funkciya" "Liverpul"ga qarshi ishlamasligi mumkin. 


SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar o'tkaziladi:

03.10 19:00 "Everton" – "Brayton"  

03.10 23:59 "Nyukasl" – "Byornli" 

04.10 16:00 "Sautgempton" – "Vest Bromvich"

04.10 18:00 "Vulverxempton" – "Fulxem"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Eplmanager.com. Bugun "Open Asia Championship V" sovrinli ligasining 2-turi start oladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика