APL. "Everton" "Old Trafford"da so'nggi soniyalarda durangni ilib ketdi
07 fev 2021 02:55
Yangiliklar


APL. "Everton" "Old Trafford"da so'nggi soniyalarda durangni ilib ketdi
Manchester Yunayted – Everton 3:3
Gollar: Kavani (25, 1:0), Fernandesh (45, 2:0), Dukure (49, 2:1), Xames (52, 2:2), Maktomini (70, 3:2), Kelvert-Lyuin (90+6, 3:3).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, SHou, Lindelef, Brunu Fernandesh, Maktomini, Pogba (Fred, 39), Kavani, Reshford, Grinvud (Tuanzebe, 90+3).
Everton – Olsen, Din, Kin, Godfri, Xolgeyt, Dukure, Devis (Ivobi, 75), Andre Gomesh, Xames (Sigurdsson, 69), Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirish: SHou (73), Kin (80), Tuanzebe (90+5).
Manchester United Edinson Cavani - 24', Bruno Fernandes - 45', Scott McTominay - 70' |
Premier League . 23-tur 07/02/2021, 01:00 3
:
3
Tugadi
|
Everton Abdoulaye Doucoure - 49', James Rodriguez - 52', Dominic Calvert-Lewin - 90' |
Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
90+6. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! KELVEEERRRTTTTT-LYUIINNNN!!!! "Everton" so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qolmoqda!!! Tuanzebe esa o'yinning antiqahramoni!
90+4. "Everton" so'nggi hujumlaridan birini uyushtirayotgandi. Xolgeyt Kavaniga qarshi fol ishlatdi.
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
88. ZARBAAAAAAAA!!! Kelvert-Lyuin Maguayrdan to'pni olib qo'ydi va Risharlisonga oshirdi. Uning zarbasi noaniq ketdi.
86. ZARBAAAAAA!! Din kutilmaganda o'tkir burchakdan zarba berdi. To'p yaqin ustunga tegib, maydonni tark etdi.
84. Sulsher uchrashuvni o'tirgancha, Anchelotti esa o'tira olmay kuzatmoqda. Birining turganini, birining o'tirganini ko'rmadik)
81. UXXXX!! "Yunayted" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Fernandeshning zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.
78. ZARBAAAAAAA!! "Yunayted" farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi. Reshford vaziyatdan foydalana olmadi.
77. UXXXXXX! Fernandeshning zarbasi biroz noaniq ketdi.
73. Xolgeytni yiqitgani uchun SHou ogohlantirildi.
70. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! SHouning jarimadan uzatgan to'piga Maktomini boshi bilan zarba berdi. Olsen "glavniy" aybdor!
65. "Yunayted"dan chiroyli hujum. Biroq Fredning markaz tomon oshirgan to'pi anchagina kuchli bo'lib chiqdi.
63. XAVFLI VAZIYATTT!!! Reshford birga bir vaziyatdan foydalana olmadi...
58. "Manchester Yunayted" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Undan uzatilgan to'pga berilgan zarbani himoyachilar qaytarib yuborishdi.
52. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Dukurening pasidan keyin Xames kuchli zarba yo'llab, De Xea postini nishonga oldi! Hisob kutilganidan ko'ra juda tez tenglashdi.
49. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Dukure hisobni qisqartirmoqda!! Maguayr va de Xeaning qo'pol xatolari qimmatga tushdi.
47. MYU himoyachilari bugun hujumda juda faol. SHouning zarbasini Olsen qiyinchilik bilan qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! BRUNU shunchaki nimadir qildi. To'p darvoza chizig'i ustida turgan Olsenning bo'yidan tushdi. DAXSHATTTTT!!!
45. Risharlison MYU jarima maydonchasi ichigacha kirib keldi va yiqilib tushdi. Imkoniyat boy berildi.
43. Fredning zarbasi noaniq ketdi. Gol urish uchun juda qulay imkoniyat bo'lgandi.
42. UXXXX!! Lindelofning xatosidan keyin Risharlison MYUning bo'sh qolgan darvozasiga zarba berdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.
39. Ha, qizishib olmasdan Fred maydonga tushdi.
39. Pogba jarohat olgan ko'rinadi. Uning o'rniga Fred maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
38. Fernandeshning uzatgan to'pini Olsen ushlab oldi.
36. Kavani yiqitildi. MYUda jarima zarbasi.
30. "Yunayted"ning yana bir chiroyli hujumi fol sababli to'xtab qoldi.
25. GOOOOOOOLLLLLL!!!! Reshfordning super to'p uzatishidan keyin Kavani boshi bilan gol urdi!! Qiziq, Kavani ushbu mavsumda "Everton"ga qarshi o'tgan uchala o'yinda ham gol urishga erishdi)22. Grinvud ikki raqibini osonlik bilan aldab o'tib, o'ng oyog'ida zarba berdi. Noaniq.
20. Burchakdan uzatilgan to'pga Pogba boshi bilan zarba berdi. Dukure to'pni qaytarib yubordi.
18. Hozircha o'yinda golga tortadigan birorta vaziyat yuzaga kelmadi.
11. Xames burchakdan to'pni oshirgandi. Biroq Kelvert-Lyuin De Xeaga qarshi fol ishlatgani uchun to'p mankunianliklarga olib berildi.
8. "Yunayted" hujumga o'tishga chog'lanayotgandi. Devis Fernandeshni yiqitdi.
3. Kavanining zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- "We'll never die" - "Biz hech qachon o'lmaymiz!". Myunxen fojeasida halok bo'lgan "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchilari yodga olib o'tildi.
- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Karlo Anchelotti jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar