So’nggi yangiliklar

01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  2 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  1 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  5 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  8 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  2 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   3 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  4 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  5 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  9 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  4 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  8 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  3 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  59 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi

APLning 12-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Brayton" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" - "Brayton" 3:1

"Old Trafford"

Gol: Pereyra (17), Propper (20), Dank (64), Reshford (66).

Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams (Roxo, 90), Lindelef, Maguayr, Uan-Bissaka, Maktomini, Fred, Pereyra (Lingard, 70), Jeyms, Marsyal, Reshford (Grinvud, 90).

Brayton – Rayan, Dank, Bern, Montoyya (March, 46), Daffi, Alsate, Propper, Stivens, Trossard, Mope, Konnolli (Myurrey, 46).

Ogohlantirishlar: Stivens (5), Dank (19), Montoyya (30), Reshford (45), Uilyams (57), Propper (74).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU bugun ishonchli o'yin bilan ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuv yakunlanayotgan paytda MakTominey jarohat oldi. Jiddiy bo'lsa, MYU uchun katta yo'qotish bo'ladi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Reshfordning zarbasi biroz noaniq ketdi. SHu pallada u almashtirildi.

89. Toshkent ob-xavosi kabi bo'lgan "Manchester Yunayted" bugun ham ishonchli o'yin ko'rsatdi. Qo'lga kiritilajak g'alaba adolatli bo'ladi.

87. Marsyalning zarbasini osiyolik posbon ushlab oldi.

82. Mope hujumga o'tmoqchi bo'lgandi. Biroq uning yo'lidan bahaybat tog' kabi Maguayr chiqib keldi va to'pni osonlik bilan olib qo'ydi.

79. Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi golga aylanmadi.

Baribir bugungi kunning markaziy uchrashuvi "Liverpul" - "Manchester Siti" bo'ladi. Saytimizda ushbu o'yinning asosiy tarkiblari bilan tanishib olishingiz mumkin: APL. Markaziy bahs! "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvining asosiy tarkiblari elon qilindi!

76. Daxshatttt!!!! Reshford shunchaki Zidanni bir soniyaga yoqib oldi. Uning Zidancha fintidan keyin himoyachi ortda qoldi. Zarbani avstraliyalik posbon qaytardi.

75. ZARBAAAAAA!!! To'pni jonli devor qaytardi.

74. Lingardni yiqitishdi, taxminan 18 metrlandan xavfli jarima zarbasi.

72. ZARBAAAAAA!! Uilyamsning zarbasini posbon qaytardi. Ikkinchi tempda esa Jeyms posbonning o'zini zarbasi bilan nishonga oldi. "Brayton" ko'zini ochishiga ham vaqt yo'q. MYU raqib darvozasini avtomat tarzda o'qqa tutmoqda.

68. Voy qani gol! Jeyms barcha ovqatni chaynab, Reshfordning og'ziga solib qo'ygandi. Hech nima unga halaqit qilmayotgan bir pallada, barchamiz hisobni 4:1 deb tasavvur qilayotganimizda forvard 1 metrdan noaniq zarba berdi. Kulgili holat...

66. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Reshford raqiblarini kechirmadi!!! Marsyalning to'p uzatishidan keyin Reshford bir zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi, 3:1! MYU raqibiga nafas olishiga ham yo'l qo'ymayapti!

64. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! DANNKKK!!! Hisob qisqardi! 2:1. MYU himoyasi pand berdi.

63. Uxxxxxxx!!! Bosh bilan berilgan zarba unchalik xavfli emasdi. Mope to'pga tekkanida bu gol edi. Ammo darvozabonning shundoqqina yonida hujumchi to'pni tepa olmadi. De Xea to'pni qaytardi.

62. ZARBAAAAAAA!!! Fredning zarbasi sal qolganda golga aylanardi. Aylanma yo'nalish hosil qilgan to'p avvaliga darvozabonning qo'liga va keyin to'singa borib tegib, maydonga qaytdi. Fred chiroyli gol muallifiga aylanishi mumkin edi.

61. Bugun "dnyuxa"sini nishonlayotgan Jeyms super pas uzatishi orqali Reshfordga qulay vaziyat taqdim qilgandi. Ammo uning tengdoshining zarbasi noaniq ketdi.

57. Reshford hujumga o'tgandi. Biroq uning yakuniy to'p uzatishi noaniq bo'ldi. Fred esa to'pni olib qo'yishda faol. Braziliyalik futbolchi asta-sekin o'z o'yinini topib bormoqda.

54. Hozir Maguayr hujumga o'tdi. Fredning oshirgan to'piga u zarba berdi. To'pni himoyachilar qaytardi. Og'ir vaznga ega bo'lgan futbolchi MYUdagi ilk golini urish uchun qattiq harakat qilmoqda.

48. Taym "Brayton"ning oldinga o'tishi bilan boshlangandi. Biroq MYU himoyasidagi dirijyor va sardor Garri Maguayr barchasini boshqarmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Ajoyib o'yin bo'lyapti. Muxlislar ko'radigan futbol. Muhimi pragmatikadan yiroq o'yin. Ikkinchi bo'limni intiqlik bilan kutamiz.

45+3. Fred bugun juda faol. Uning to'p uzatishidan keyin Pereyraning uzoq masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Daxshateeeeeee.... Jeyms qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni xavolatib markazga uzatdi. Dank to'pni chiqarib yubordi. Aks holda Reshford istalgan uslubda raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lardi. Jeyms haqiqatdan ham zo'r o'ynamoqda. Aytgancha bugun uning tug'ilgan kuni. O'yindan chiqib, bazm qilish barchaga yoqadi...

41. Konnolining boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. Statistikaga qaraymiz... Demak, "Brayton" hali aniq zarba berganicha yo'q. 2 gol urgan "iblislar" esa uch bora zarba berishga ulgurdi. CHakki emas...

40. MYUning markazida yaxshi trio shakllanmoqda: MakTominey-Fred-Pereyra. Uchala futbolchi ham to'pni olib qo'yishda juda faol. Balki Pogbaga o'rin yo'qdir...

38. Reshford to'p bilan yugurib ketayotgan vaqtda oldidagi katta raqibiga urilib ketdi va endi tibbiy yordam olmoqda.

36. O'yin qaynoq ruhda kechmoqda. SHunchalar qaynoqki, "Brayton" ham bo'sh kelishni istamayapti. MYU esa rostdan ham zo'r o'ynamoqda.

33. Konnoli to'p uzatilayotgan paytda De Xeaning yuziga bir tushurdi. Hech nima sinmadi, tishlar joyida, qon yo'q,  o'yin davom etadi.

30. Ikkinchi gol muallifi o'zgardi. Propper avtogol urgan ekan. Nima farqi bor edi....

28. Nihoyat! "Brayton" hujumga o'tishni uddaladi! Jarimadan uzatilgan to'pga Dank zarba berdi. Noaniq.

26. Golgacha MYU hujumlari bilan raqibining ko'zini ochimayotgan edi. Endi esa jamoa biroz ortga qaytdi va qarshi hujumlar taktikasiga o'tib oldi.

22. Ikki daqiqa vaqt o'tdi. Nihoyat gol hisobga olindi. Suhandon ham golni elon qildi. Nimani tekshirishdi, xayronman...

20. GOOOOOOOOOOOOLLL!!! Nafas olmasdan ikkinchi golni ham ko'rdik. Jarimadan uzatilgan to'pdan keyin Maguayr to'pni MakTomineyga oshirib berdi. To'p nimadir bo'lib, darvozaga kirib ketdi. Ammo VAR....

17. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Pereyraning zarbasi Stefensga tekkan holda darvozaga kirib ketdi. Rikoshet tufayli avstraliyalik darvozabon nazoratni yo'qotgandi.

15. ZARBAAAAAA!!!! Refshord bir himoyachini aldadi, ikkinchisini "xot-dogga uchirdi", keyin esa zarba berdi. To'pni Rayan ushlab oldi.

11. ZARBAAAAA!!! MakTomineyning zarbasi darvozabonning qo'liga borib tushdi.

9. Daniel Jeymsning qanotdan uzatgan pasini mehmonlar himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

5. Qiziq... Jamoalar hujumga o'tishni istashmayapti... O'yin markazdan kechmoqda.

3. Lindelof o'z poziciyasidan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga Reshford tomon tepgandi. Ammo Met Rayan to'pni ushlab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi! Bahsni Andreas Pereyra boshlab berdi.

- Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan boshlanmoqda.

- Ikki jamoa ham so'nggi o'yinida g'alabaga erishgan. "Manchester Yunayted" ushbu stadionda "Partizan"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Brayton" o'z maydonida "Norvich"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirgan.

- Jamoalar "Old Trafford", "Orzular teatri"ga chiqib kelishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика