So’nggi yangiliklar

10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  0 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  1 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  2 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  5 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  12 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  8 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  3 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  10

APL. "Manchester Yunayted" bu safar "Old Trafford"da "Aston Villa"ni enga olmadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" bu safar "Old Trafford"da "Aston Villa"ni enga olmadi

APLning 14-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Aston Villa"ni mehmon qildi.

Manchester Yunayted – Aston Villa 2:2

"Old Trafford"

Gol: Grilish (12), Xiton (42-o'z darvozasiga), Lindelof (64), Mingz (66).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelef, Maguayr, Uilyams (SHou, 79), Fred, Mata (Lingard, 74), Pereyra, Jeyms, Marsyal (Grinvud, 82), Reshford.

Aston Villa – Xiton, Targett, Mingz, Konsa, Gilber, Makginn, Duglas Luis, Grilish, Xurixeyn (Leynsburi, 81), El-Gazi (Trezege, 17), Uesli.

Ogohlantirish: Maguayr (7), Fred (24), Gilber (45+3), Uilyams (62), SHou (89).

 

Manchester United

Tom Heaton - 42', Victor Nilsson Lindeloef - 64'

Premier League . 14-tur

01/12/2019, 21:30

2
:
2
Tugadi

Aston Villa

Jack Grealish - 11', Tyrone Mings - 66'

Stadion: Old Trafford, 73381 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
7'  Harry Maguire
24'  Fred
42'  Tom Heaton
62'  Brandon Williams
64'  Victor Nilsson Lindeloef
74'  Juan Mata (Jesse Lingard)
79'  Brandon Williams (Luke Shaw)
82'  Anthony Martial (Mason Greenwood)
89'  Luke Shaw
11'  Jack Grealish
11'  Anwar El-Ghazi
18'  Anwar El-Ghazi (Trezeguet)
45'  Frederic Guilbert
66'  Tyrone Mings
66'  Matt Targett
81'  Conor Hourihane (Henri Lansbury)

YANGILASH

Uchrashuv jangovor 2:2 hisobida yakunlandi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Zarbaaaaa!!! Lingardning zarbasini Xiton qaytardi!

MYU o'tgan 85 daqiqalik o'yini bilan g'alabaga loyiq emas! 

83. MYU tiki-taka uslubida jarima maydonchasi ichiga kirib keldi. Fredning boshi bilan bergan zarbasini Xiton ushlab oldi.

79. Hozir Marsyal taxminan 1 metrlardan gol ura olmadi.

76. MYUdan faqatgina Jeyms o'ynayotgandek. Uning qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'piga zarba beradigan jamoadoshi ko'rinmadi.

73. "Villa"ning golidan keyin "Yunayted"da shasht qolmadi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Mingz ajoyib tarzda hisobni tenglashtirdi!!! 2:2!!!!

64. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!! Lindelof boshi bilan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi, 2:1!!!!

63. Zarbaaaaaa!!! Xurixeyn bir metrdan MYU darvozasini ishg'ol qila olmadi.

61. Xavfli vaziyatttt!!!! MYU ajoyib tarzda jarima maydonchasi ichiga kirib keldi. Jeymsning pasi esa Marsyaldan o'tib, Xitonning qo'liga borib tushdi.

58. Zarbaaaaaaaa!!! Marsyalning zarbasini Xiton qaytardi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda esa Matani jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Bu erda penalti berilmasdi.

54. Hozir MYU tezkor qarshi hujumga o'tgandi. Jeymsning qanotdan uzatgan pasini "Villa" himoyachisi qo'li bilan qaytargandek edi...

52. Bu safar Fredning zarbasi yana noaniq ketdi. CHapaqay futbolching o'ng oyog'i deyarli ishlamaydi.

50. Marsyalning bergan zarbasini himoyachilar qaytardi.

Demak, MYU kiritgan gol Reshfordga emas, darvozabon Tom Xitonga yozildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. MYUda standart. Balki bu ularga qo'l kelishi mumkin. Yo'q, xavolatib uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi va taym tugadi.

45. 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Zarbaaaaaa!!! Trezegening zarbasini de Xea qo'riqlayotgan darvozaning ustuni qaytardi!

42. GOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Pereyraning qanotdan uzatib bergan to'pini Reshford boshi bilan bergan zarbasi orqali darvozaga yo'lladi, 1:1!

41. Maguayr boshchiligidagi MYU himoyasi raqib hujumlarini amallab qaytarmoqda. 

39. MYU o'zining ilk burchak zarbasidan foydalana olmadi.

37. Zarbaaaaaaa!!! Ueslining zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi.

35. Van-Bissakaning pasidan keyin Reshford raqibi Mingz bilan birgalikda darvoza tomon yugurishdi. To'pni Xiton ushlab oldi.

32. MYU o'zining eng yomon taymlaridan birini o'tkazyapti. Zarbalar kam, burchak to'pi ham yo'q...

31. Reshfordning zarbasi noaniq ketdi.

30. Gol urganda "Villa". Biroq bu pallada futbolchi offsaydda qolib ketgandi. SHu boisdan gol inobatga olinmadi.

23. Fredning ajoyib harakatlaridan keyin Marsyal raqib darvozasi tomon zarba berdi. To'pni Xiton ushlab oldi.

21. O'yin surati anchagina past. Jamoalar kam hujum tashkil qilishmoqda.

17. Hozircha golga assistentlik qilayotgan El-Gazi jarohatlangan holda maydonni tark etdi.

12. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Grilishning o'tkir burchakdan bergan ajoyib zarbasi De Xeaning ustidan o'tib, darvoza to'qqizligiga borib tushdi, 0:1! Bu gol Saudiya Arabistoni termasining darvozamizga urgan uchinchi goliga o'xshab ketdi.

11. Ueslining zarbasini bu safar de Xea ushlab oldi.

10. Fredning zarbasi darvozaning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

9. Uchrashuvda ilk xavfli vaziyat! Mataning pasidan keyin Jeyms tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. To'pni jarima maydonchasi ichidagi Reshfordga oshirgandi. Biroq Markus to'pni o'tkazib yubordi.

6. Reshford to'pni qanotga yumalatib ketayotgandi, birdaniga maydon tugab qoldi.

5. Hozircha yozadigan hech nima bo'lmadi(

1. Uchrashuv boshlandi!

- Bosh murabbiylar bir-birlari bilan salomlashib olishdi. "Old Trafford" har doimgidek to'lib toshgan.

- Jamoalar "Old Trafford" maydoniga chiqib kelishdi. Tarkiblarni eslatib o'tishyapti.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика