So’nggi yangiliklar

00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  1 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  15 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0

APL. "Manchester Siti" navbatdagi yirik hisobdagi g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" navbatdagi yirik hisobdagi g'alabaga erishdi

APLning 30-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Bernli" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Manchester Siti" - "Bernli" 5:0

Gollar: 1:0 – 22 Foden, 2:0 – 43 Marez, 3:0 – 45, penalti Marez, 4:0 – 51 Silva, 5:0 – 64 Foden.

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Zinchenko, Otamendi, Fernandino (Laport, 61), Silva, Foden (Sane, 79), Bernardu Silva, Rodri Ernandes, Marez (de Bryuyne, 61), Aguero (Gabriel Jezus, 45).

Bernli – Poup, Teylor, Tarkovski, Louton, Mi, Vestvud, Kork, Braunxill, Maknil, Rodriges (Piters, 60), Vydra (Tompson, 88).

Ogohlantirish: Braunxill (43), Joau Kanselu (62).

Manchester City

Phil Foden - 22', Riyad Mahrez - 43', Riyad Mahrez - 45', David Silva - 51', Phil Foden - 63'

Premier League . 30-tur

23/06/2020, 01:00

0
:
5
Tugadi

Burnley

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
22'  Phil Foden
22'  Bernardo Silva
43'  Riyad Mahrez
43'  Fernandinho
45'  Riyad Mahrez
45'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
51'  David Silva
51'  Bernardo Silva
61'  Riyad Mahrez (Kevin De Bruyne)
61'  Fernandinho (Aymeric Laporte)
62'  Joao Cancelo
63'  Phil Foden
63'  Gabriel Jesus
79'  Phil Foden (Leroy Sane)
43'  Josh Brownhill
60'  Jay Rodriguez (Erik Pieters)
88'  Matej Vydra (Max Thompson)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Siti" o'z uslubida "Byornli"ga imkoniyat qoldirmadi. Sizning xizmatingizda Mirjalol Normatov bo'ldi.

2 daqiqa qo'shib berildi. (Aslida bu kerak ham emasdi)

90. Qiziq statistika. Zarbalar 18-1. Aniq zarbalar 7-0.

88. Hisob 6:0ga etishi mumkin edi. Ammo Bernarduning yo'llagan zarbasi raqib himoyachilariga tegib, maydonga qaytdi.

84. Tarkovski o'z jarima maydonchasi yonida Jezusni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi.

80. Nihoyat!!! Saneni maydonda ko'rdik. U APLda ushbu mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazmoqda!

79. Rodrining zarbasini Poup ushlab oldi.

76. Hozir "Siti" oltinchi golini urib, "Hafa bo'lish yo'q" devorarmikin...

Uchrashuv boshlanishidan oldin...

72. Jezusni ko'rdik. Mashg'ulot qilyapti. Balki o'yinga tushib qolar...

66. Jezusning zarbasi noaniq ketdi.

64. GOOOLLL!!! Foden bu safar chap qanotdan Bernarduning uzatgan pasini osonlik bilan golga aylantirdi!

63. MakNilning jarimadan yo'llagan zarbasi aaaaaancha noaniq ketdi.

60. Yonimda futbol ko'rayotgan odam "Siti" muxlisi. O'yin tempi "yuqori" ekanligidan uxlab ham qoldi)

58. Zerikarli........

52. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Bernardu Silvaning pasidan keyin David Silva raqiblari postiga yo'l topdi. O'yinda intriga yo'q edi...

51. Fodenning bu galgi zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi.

48. Zinchenkoning yo'llagan zarbasi David Silvaga tegib, maydonni tark etdi. Televizorda to'p huddi bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgandek taassurot uyg'otgandi.

47. "Siti" ishtirokidagi o'yinni ko'rish juda zerikarli va zavqli. Jamoa to'pni hech kimga bermasligi zerikarli, lekin o'sha to'p bilan qanday kombinaciyalar uyushtirishi juda zavqli!

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Taym yakunlanish arafasida jarohatlangan Aguero o'z o'rnini Jezusga bo'shatib berdi. 

45+3. GOOOOLLLL!!! Maxrez penaltidan unumli foydalandi.

45+2. Yo'q, Ben Mi o'z jarima maydonchasi ichida Agueroga qarshi tik oyoqda chiqqani uchun penalti belgilandi. To'p oldida Maxrez!

45. VAR extimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. Agueroga qarshi fol ishlatilgan bo'lishi mumkin. Umuman olganda bu holatga penalti berilmasa yaxshi bo'lardi.

43. VOY VOY VOY!! Qanday chiroyli gollar-a!!! Maxrez ikki raqibini chiroyli tarzda aldab o'tib, darvozaning uzoq pastki burchagini nishonga oldi! 2:0!

40. Nihoyat! Yozishga arzirli vaziyat bo'ldi. Zinchenkoning xavfli bo'lmagan zarbasini Poup qiyinchiliksiz ushlab oldi.

35. Xavfli zarba bo'lishi mumkin edi. Agueroning zarbasini "Bernli" himoyachilari qaytarib qolishdi.

32. "Siti" o'z uslubidan chekinmayapti. Biroq bosim boru, zarba yo'q.

29. "Bernli" ora-orada hujumga o'tib turibdi. CHap qanotdan ikki marta uzatilgan to'pni ikki marta Fernandino qaytarib yubordi. 

27. Gvardiola yaxshiyam Rodrini olib kelgan ekan. Hamma joyda o'ynayapti. Qora ishlarni ham bajaryapti. To'p bilan ko'p muomalada bo'lyapti.

22. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Fodendan super gol! Uning uzoq masofadan erlatib yo'llagan zarbasini Poup qaytara olmadi!!! 1:0! 20. "Bernli"da ilk vaziyat. Jarima zarbasidan Vestvud to'pni uzatdi. Lekin to'p Tarkovskining boshiga tegib, maydonni tark etdi.

18. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Bernardu Silva yaqin masofadan raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Ammo noaniq.

16. Darvozaga uzoq masofadan Rodri kuchli zarba yo'lladi. To'p bu safar bo'm-bo'sh tribuna tomon uchib ketdi.

13. Maxrezning raqib jarima maydonchasi ichiga uzatgan "podacha"sini Tarkovski qaytarib yubordi.

11. Yo'q, ispaniyalik futbolchining o'zi jarimadan uzatgan to'pi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

10. Qo'pollik va xavfli vaziyat. "Bernli" jarima maydonchasi yaqinida David Silva yiqitildi.

6. Kutilganidek, ilk daqiqalardan Silva dirijerligidagi "Manchester Siti"ning ustunligi sezilmoqda. Biroq vaziyatlar yo'q.

2. Uchrashuvdagi ilk hujum "shaharliklar" tomonidan tashkil qilindi. Biroq Fodenning pasiga David Silva etib bora olmadi.

- Uchrashuv boshlandi!

- Barcha rasmiy tadbirlar bajarildi. Futbolchilar bir necha soniya tizzalarida o'tirishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика