So’nggi yangiliklar

12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  1 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  11 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  0 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  4 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  12 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  26 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1 02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  11 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  4 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  11

APL. "Manchester Siti" ishonchli g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" ishonchli g'alaba qozondi

APL 10-turidan joy olgan "Manchester Siti" - "Aston Villa" uchrashuviga oid voqea va tafsilotlarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Manchester City

Raheem Sterling - 46', David Silva - 65', Ilkay Gundogan - 70'

Premier League . 10-tur

26/10/2019, 17:30

0
:
3
Tugadi

Aston Villa

Stadion: Etihad Stadium, 54506 tomoshabin

Bosh hakam: Graham Scott

45'
90'
46'  Raheem Sterling
57'  Fernandinho
65'  David Silva
65'  Kevin De Bruyne
70'  Ilkay Gundogan
73'  Benjamin Mendy (Angelino)
76'  Kevin De Bruyne (Phil Foden)
76'  Raheem Sterling (Sergio Aguero)
81'  Ilkay Gundogan
87'  Fernandinho
36'  Jack Grealish
71'  Wesley (Keinan Davis)
84'  Jack Grealish (Anwar El-Ghazi)

Angliya chempionati

10-tur

Manchester Siti – Aston Villa 3:0 (0:0, 3:0)

26 oktyabr, 16:30, «Etixad Stedium»

Gollar: Sterling 46, — 1:0, De Bryuyne 65, — 2:0, Gyundogan 70, — 3:0.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi (Anxelino, 73), Joau Kanselu, Fernandino (88), Gyundogan, de Bryuyne (Foden, 76), Bernardu Silva, Silva, Sterling (Aguero, 76), Gabriel Jezus.

Aston Villa – Xiton, Engels, Gilber, Targett, Mingz, Duglas Luis, Makginn, Nakamba, Grilish (36), Trezege, Uesli.

 Ogohlantirishlar: Grilish (36), Fernandino (57).



                                             UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+3. Edersondan ajoyib seyv, Makginning zarbasi esa darvoza ustuniga tegdi.

90+2. Jezusning darvozabon ustidan tashlab qo'ygan to'pi darvoza to'siniga tegib, maydonga qaytdi.

90+1. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Fernandino ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi.

76. O'zgarishlar  amalga oshirildi. De Bryuyne o'rniga Foden, Sterling o'rniga Aguero tushirildi.

73. Anxelino Mendini almashtirdi. 

70. GOL! Ilkay Gyundogan jamoasining o'yindagi uchinchi o'zining mavsumdagi ilk golini super ravishda kiritdi.

65. GOL! 2:0. De Bryuynening uzatmasi golga aylanib ketdi. Sterling tomon jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Raxim o'tkazib yubordi va darvozabon chalg'ib qoldi.

57. Fernandino ogohlantirildi.

55. Gabriel Jezus qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Xiton qahramonlik ko'rsatdi. 

50. Kevin de Bryuynening zarbasi aniq, darvozabon ishonchli harakat qildi. 

46. GOL! Raxim Sterling uchrashuvda hisobni ochdi va maydon egalarining ustunligini taminlab beruvchi gol muallifiga aylandi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI


BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI. HISOB 0:0. TANAFFUS

45+1. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Ohistagina zarbaaaaaaaaaa. David Silva rekord o'rnatgan o'yinida to'p kiritishi mumkin edi. Sterlingning chap qanotdan yurishi va jarima maydochasi markaziga tashlab berilgan uzatma biroz noaniq zarba evaziga gol bilan tugallanmadi. "Siti" muxlislari ushbu vaziyatda gol bo'lishini juda ham istashgandi. 

41. David Silva "Manchester Siti" tarixida rekord o'rnatdi 

37. Mendi, Gyundogan uyushtirgan hujumni Sterling boshi bilan bergan kuchsiz va noaniq zarbasi yakunladi. 

36. Grilish ogohlantirildi. "Aston Villa"ning 21 yoshli sardori Sterlingni yiqitganda aybdor deb topildi. 

35. Trezegening darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng Stounz yiqilgan holda to'pni qaytardi va to'p uning qo'lini topdi. Hakam Grem Skott penalti belgilamagani yo'q.

29. "Aston Villa" himoyada juda zich o'ynamoqda, bu esa qanotdan uzatilgan to'plarni qaytarishda ularga qo'l kelmoqda. 

23. Joau Makginning aylanma zarbasini Ederson qaytardi, qaytgan to'pni Duglas Luis darvozaga yo'lladi, "shaharliklar" bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Vaziyat qahramoni — Ederson! Burchak zarbasidan mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

20. Bernardu Silva chap qanotdan hujumga o'tdi va bir to'xtab olgandan so'ng, Benjamin Mendi zarba berishi uchun ohista pas berdi. Franciyalikning zarbasiga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

17. Ortda qolgan daqiqalar davomida "Siti"da 5 ta, "Aston Villa"da 0 ta xavfli vaziyat uyushtirdi.

15. APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi assistenti — (Kevin de Bryuyne, 8 o'yin 8 ta assist)

11. Tarkibdagi o'zgarishlarga etibor qaratadigan bo'lsak, Fernandino mana uchinchi o'yindirki, Gvardiola uni markaziy himoya chizig'ida o'ynatmoqda. Bunga sabab deb Otamendi, Lyaport kabi markaziy himoyachilarning jarohat olganini aytish mumkin.

9. Mehmonlar jarima maydonida Jezus boshi bilan darvozaga zarba berish uchun sakradi. Himoyachilar uni turtib yuborishdi. Hakam o'yin qoidasi buzilmagan deb topishdi.

3. Ayni paytda "Siti" musobaqa jadvalining 3-o'rnida bormoqda. Kecha 9:0 hisobida "Sautgempton" maydonida g'alaba qozongan "Lester" klubi "shaharliklar"ni quvib o'tdi. >>MUSOBAQA JADVALI

1. Uchrashuv boshlandi.



— APL 10-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Aston Villa" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib borishga taklif qilamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика