So’nggi yangiliklar

23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  2 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  40 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  6 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1 18:30"Локомотив" легионерининг ҳаётий ҳикояси  6 18:03"Металлург" тажрибали ҳужумчини таркибга қўшиб олади  10 17:38Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ЕЧЛдаги ўйини олдидан йўқотишлар рўйхатини очиқлади  8 17:04Мексикада футбол ўйини вақтида 11 нафар одам отиб ўлдирилди  18

APL. Tuxel yana Gvardiolani engdi, hammasini so'nggi daqiqadagi gol hal qildi Yangiliklar

APL. Tuxel yana Gvardiolani engdi, hammasini so'nggi daqiqadagi gol hal qildi

Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.

Manchester City

Raheem Sterling - 44'

Premier League . 35-tur

08/05/2021, 22:30

2
:
1
Tugadi

Chelsea

Hakim Ziyech - 63', Marcos Alonso - 90'

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
12'  Raheem Sterling
44'  Raheem Sterling
44'  Sergio Aguero
45'  Sergio Aguero
70'  Sergio Aguero (Phil Foden)
71'  Ferran Torres (Ilkay Gundogan)
80'  Benjamin Mendy (Oleksandr Zinchenko)
90'  Gabriel Jesus
45'  Andreas Christensen (Kurt Zouma)
63'  Hakim Ziyech
63'  Cesar Azpilicueta
68'  N'Golo Kante (Jorginho)
76'  Hakim Ziyech (Callum Hudson-Odoi)
90'  Marcos Alonso
90'  Timo Werner

YANGILASH

"Manchester Siti" – "CHelsi" 1:2

"Etixad Stedium"

Gollar: 1:0 – 44 Sterling, 1:1 – 63 Ziesh, 1:2 – 90 Alonso.

"Manchester Siti" – Ederson, Mendi (Zinchenko, 80), Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres (Gyundogan, 71), Rodri, Sterling, Laport, Gabriel Jezus, Aguero (Foden, 70).

"CHelsi" – Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen (Zuma, 45), Djeyms, Ziesh (Xadson-Odoi, 76), Kante (Jorjino, 68), Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.

Ogohlantirishlar: Sterling (12), Gabriel Jezus (90).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. GOOOOOOOOLLLLLLL! "CHELSIIIIII"! Alonso qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi va "Manchester Siti"ni g'amgin holatga tushirdi. Golli pas muallifi VERNER!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Jezus raqib hujum qilishiga ochiqchasiga to'sqinlik qilib, fol ishlatdi. Sariq kartochka.

89. Alonso to'pni raqib darvozaboni ustidan tashladi, ammo to'p darvozaga bormadi.

88. Sterling raqib jarima maydonchasida yiqildi, ammo hakam fol yo'qligini ko'rsatdi. Hammasini VAR hal qiladi.

82. ZUMAAAA... Kurt Zuma Sterling zarba berishiga yo'l qo'ymadi, u orqadan kelib, fol ishlatmay to'pni olib qo'ydi.

81. GOOOL! YO'Q, yana ofsayd! Bu safar Xadson-Odoi o'yindan tashqari holatda.

80. O'zgarish: Himoyachi Mendi o'rniga Zinchenko o'yinga qo'shildi.

79. GOOOL! TIMO! YO'Q, YANA OFSAYD! Verner darvozabonni aldab gol urgandi, ammo uzatma bo'layotganda u ofsaydda qolgan ekan.

78. Jezus o'z jamoasining tezkor qarshi hujumini zarba bilan yakunlandi, ammo noaniq zarba bilan.

76. O'zgarish: Ziesh o'rniga Xadson-Odoi maydonga tushdi.

71. "Manchester Siti"da o'zgarish: Aguero, Torres maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Ilkay va Fil maydonga tushishdi.

68. "CHelsi"da o'zgarish: Kante o'rniga Jorjino.

67. Gvardiola tarkibda o'zgarish qilmoqchi. Zaxiradagi 3 futbolchi (Gyundogan, Foden va Zinchenko) kiyinishni boshladi.

65. "Siti" gol o'tkazib, biroz sarosimaga tushib qoldi va "CHelsi" ketma-ket xavfli hujumlar tashkil qilmoqda.

63. GOOOL! Rodrining qo'pol xatosi qimmatga tushdi. Ispaniyalik yarim himoyachi markazda to'pni yo'qotdi va "CHelsi"ning tezkor qarshi hujumi Xakim Zieshning aniq zarbasi bilan yakun topdi. 1:1!

60. Jezusning xatosidan so'ng "CHelsi" to'pni egallab oldi va Pulishich "Siti" darvozasini nishonga olishga urindi, ammo zarba noaniq.

52. Zarbaaa... Zieshning uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng Ederson to'pni egallab oldi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+3. AGUERO... "Hamma qilganimni" ... ...! Jezus shu gaplarni aytgan bo'lsa kerak. Serxio zarbani Panenka uslubida berdi, darvozabon Mendi esa to'pni egallab oldi. 

45+1. "CHelsi" futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida Jezusni yiqitdi va penalti!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOOOL! Agueroning golini Raxim "o'g'irladi". Kristensen to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi va Jezus raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. Gabriel to'pni yonidagi Agueroga uzatdi, ammo Serxio zarba berish o'rniga to'pni o'ziga to'g'irlashga urindi va nazoratni yo'qotdi. Yaxshiyamki orqadan kelgan Sterling to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

43. ZIESH! Xakimning uzoqdan bergan zarbasidan so'ng Ederson chiroyli seyv ijro etdi.

40. Birinchi bo'lim yakunlanishiga 5 daqiqa qoldi, ammo haligacha golga tortadigan vaziyat sodir bo'lgani yo'q.

35. Zarbaaa... Raxim Sterlingning zarbasi darvozaga to'g'ri bordi, ammo u kuchsizligi tufayli Mendi to'pni ushlab oldi.

32. GOOOL! YO'Q! Verner darvozaga gol urdi, ammo ofsayddan. Qanot hakami "CHelsi" bir soniya ham xursand bo'lishiga imkon bermadi.

30. O'yin qiziq bo'lyapti deyish qiyin, kurash asosan maydon markazida kechmoqda.

23. Gvardiola vaziyatlarga shunday reakciya bildirmoqda.

22. O'yin bo'yicha ustunlik hech bir tomonda emas. Ikkala jamoa ham deyarli bir xil o'yin namoyish qilishmoqda.

17. Zarbaaa... Gullitning soch turmagiga ega Ake burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo zarba noaniq.

15. "CHelsi" futbolchisining o'ng qanotdan uzatgan to'pini Ederson ilib, raqib xavfini bartaraf etdi.

8. Zarbaaa! "Manchester Siti" himoyachisi Mendining zarbasi noaniq bo'ldi.

7. Hozircha jamoalar bir-birini o'rganish bilan band, agar qaysidir tomon kuchsiz burchakni topsa, o'sha erdan xavfli hujumlar tashkil qilinadi.

4. Torres darvozaga zarba berishga biroz kechikdi. Ryudiger raqibining to'g'ri zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

2. Bu jamoalar UEFA CHempionlar ligasi finalida ham bahs olib borishadi, shu sababli ushbu o'yin final oldidan repeticiya vazifasini o'tab beradi.

1. O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


"Manchester Siti" – "CHelsi"

21:30, "Etixad Stedium"

"Manchester Siti" – Ederson, Mendi, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres, Rodri, Sterling, Laport, Gabriel Jezus, Aguero.

"CHelsi" – Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Jeyms, Ziesh, Kante, Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.


Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика