So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag'lub etdi va jadvalda 8-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag'lub etdi va jadvalda 8-o'ringa chiqib oldi

APLning navbatdagi turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi.

Liverpool

Mohamed Salah - 76'

Premier League . 11-tur

16/10/2022, 20:30

0
:
1
Tugadi

Manchester City

Stadion: Anfield, 53286 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
63'  Fabinho
72'  Roberto Firmino (Darwin Nunez)
73'  Harvey Elliott (Fabio Carvalho)
73'  Fabinho (Jordan Henderson)
76'  Mohamed Salah
76'  Alisson Becker
84'  Thiago Alcantara
86'  Juergen Klopp
90'  Mohamed Salah (Trent Alexander-Arnold)
90'  Diogo Jota
90'  Diogo Jota (Konstantinos Tsimikas)
53'  Phil Foden
78'  Manuel Akanji
89'  Ilkay Gundogan (Julian Alvarez)

"Liverpul" – "Manchester Siti" 1:0

"Enfild"

Gol: 1:0 – 76 Salax.

"Liverpul" – Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, Tiago Alkantara, Fabino (Xenderson, 73), Elliott (Karvalyu, 73), Milner, Firmino (Nunes, 72), Salax, Diogu Jota.

"Manchester Siti" – Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Akandji, Ake, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri, Alvares, Bernardu Silva, Foden, Xoland.

Ogohlantirish: Fabino (63), Akandji (78), Tiago Alkantara (84), Diogu Jota (90).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

96. Nunez zo'r vaziyatni "tiqdi". Qarshi hujum Xolandning kuchsiz va noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

90+4. Foden qanotdan ajoyib uzatma amalga oshirdi, ammo to'pni darvozaga buradigan futbolchi topilmadi.

90+2. Darvin chap qanotdan oldinga o'tdi va uzoq burchakda ochilayotgan Trentga pas berdi, himoyachi esa to'pga biroz kech qoldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgrish: Gyundogan o'rniga Alvares, Saloh o'rniga Trent maydonga tushdi.

87. NUNEZ! Darvin pas berganida edi... Urugvaylik forvard raqib 3ga1 qolgnidan foydalanmadi va to'pni qizg'ondi. Hisob 2:0 ko'rinishiga kelishi mumkin edi.

86. QIZIL KARTOCHKA. Hakamga etiroz bildirishdan to'xtamagan Klopp chetlatildi. Bernardu Silva esa "Liverpul" futbolchilari bilan janjal uyushtiryapti.

84. Tiago Alkantara sirpanib ketdi va Rodrigoga shikast etkazdi. Sariq kartochka.

84. GYUNDOGAAAAN... Ilkayning zarbsaidan so'ng to'p darvozabonning o'ziga borib tushdi.

82. UZATMAAAA... Kanselu qanotdan ajoyib uzatma amalga oshirdi, ammo to'p Xolandgacha etib bormadi. "Liverpul" himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.

79. Jarima zarbasidan foyda chiqmadi.

78. Akanji Darvinni yiqitdi va hakam Manuelga sariq kartochka ko'rsatdi.

78. Nunes uzoqroqdan zarba berishga qaror qildi, ammo noaniq.

76. GOOOOL!  SALOOOOH! "Liverpul"ning qarshi hujumi Salohning goli bilan yakunlandi. Klopp bilgan ekan. Alissonning uzatmasidan so'ng Saloh to'p uchun kurashda Kanseluni mag'lub etdi va Ederson bilan birga-bir chiqdi. Bu safar braziliyalik posbon taslim etildi.

75. Kevin De Bryuyne yiiqitildi. "Liverpul" darvozasidan 35 metr uzoqlikda jarima zarbasi tepiladi.

72. O'zgarish: Fabino, Saloh, Firminolar maydonni tark etishdi, ammo Klopp Saloh qoldadi dedi. Muhammad maydonda qoldi. Xenderson, Nunezlar o'yinga qo'shilishdi. Saloh o'rniga Elliot maydonni tark etdi, Karvalo bahsga qo'shildi.

69. SALOOOH! Muhammad to'pni qabul qildi va o'zining sevimli yo'nalishi bo'ylab odimladi. Uning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

69. "Siti"ning qarshi hujum... Gyundogan oddiyroq o'ynash o'rniga to'pni o'zida ko'p saqlab qoldi va hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

64. ZARBAAAA.... XolAAAAND! Erlingning zarbasini Alisson bir amallab qaytardi.

63. Sariq kartochka. Fabino markazda Gyundoganni chalgani uchun jazolandi.

63. Saloh to'pni "Siti" jarima maydonchasiga uzatdi, ammo Firmino to'pga tuzukroq zarba bera olmadi.

60. Berdardu Silvaning uzatmasiga hech kim chiqmadi, aks xolda "Liverpul" darvozasi ishg'ol etilishi mumkin edi. Virjil to'pni qaytarib yubordi.

56. JOOOTAAAAA! Diogo bosh bilan o'ta qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

55. Gvardiola hakamning fikriga qo'shilmadi va etiroz bildirdi, ammo uning fikrlari hozir hech qanday tasir ko'rsata olmaydi.

53. GOOOL! 0:1! FODEEEEN! Xoland jamoadoshining uzatmasiga bir amallab etib keldi, ammo Alisson to'pni qaytargandek ko'ringandi, ammo to'p uning qo'lida qolmadi, Foden esa qaytgan to'pga zarba berib, hisobni ochdi. HAKAM VAR TOMON YO'L OLDI. GOL HISOBGA OLINMADI,

50. SALOOOOH! Muhammad Saloh Ederson bilan birga-bir chiqib darvozani ishg'ol qila olmadi. Unda Jotaga pas berish imkoniyati ham bor edi. To'p Edersonning qo'liga tekkan ekan.

50. Akanji markazga yaqin hududda Jotani yiqitdi, hakam esa tezda xushtagini chaldi.

46. Biz qaytdik, ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. "Liverpul" katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi, Jota to'pni o'ng qanotda ochilayotgan Salohga uzatishga urindi, ammo to'pni Ake ilib ketdi.

42. Rodri raqib qarshi hujumini qo'li bilan qaytardi, ammo hakam uni jazolamadi.

40. XOLAAAAAND! Kevin De Bryuynening ajoyib uzatmasidan so'ng Erling bosh bilan zarba berdi, Alisson to'pni egallab oldi

39. Burchak to'pi, Robertson amalga oshirgan uzatma Diash tomonidan qaytarildi va to'pi maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pdan foyda bo'lmadi.

35. "Liverpul" muxlislari va Klopp g'azabda. Rodrigo Salohga qarshi qo'pol o'ynagani uchun hakam xushtak chalmadi va bu mezbonlarga yoqmadi.

34. Foden yiqitildi, ammo hakam xushtak chalmadi. 

30. Bernardo Silvaning zarbasi noaniq ketdi.

27. Elliot Akeni aldab o'tganida zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqardi, ammo niderlandiyalik raqibini qo'yib yubormadi.

24. ZARBAAA... "Liverpul"ning tezkor hujumi gol bilan yakun topishi mumkin edi. Avvaliga Milner qanotdan to'pni markazga uzatdi, Ederson to'pni urib yubordi, qaytgan to'pga Robertson zarba berdi, noaniq.

21. ZARBAAA... JOOOTAAAAA! Diogo Jota bosh bilan Ederson darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo to'p braziliyalik posbon qo'liga borib tushdi.

18. Hozircha ikkala jamoa o'ylagan g'oyalardan foyda bo'lmayapti.

15. ZARBAAA... Gyundogan bergan zarbadan so'ng to'p erga bir sakrab xavflidek ko'rindi, ammo Alisson to'pni egallab oldi.

10. Kanseluning qanotdan uzatmasi darvozabon qo'liga ketib qoldi, to'p aylanganida Xoland jangga kirishi mumkin edi.

6. Klopp pressing evaziga "Siti"ni shoshirib qo'ymoqchi, bazida shunday ham bo'lyapti, ammo "Liverpul" futbolchilarining kuchi qanchaga etadi?

5. Xoland zarbaga shaylangandi, ammo mezbon jamoa himoyachisi o'z vaqtida to'pni tepib yubordi.

4. To'p "Siti"ga o'tdi va endi Gvardiola shogirdlari uni saqlashga harakat qilishadi.

3. Bernardu Silva va Robertson to'qnashuvidan so'ng shotlandiyalik himoyachi raqibini itarib yubordi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

"Liverpul" – Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Tiago Alkantara, Fabino, Elliott, Milner, Firmino, Salax, Diogu Jota.

"Manchester Siti" – Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Akanji, Ake, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Xoland.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика