So’nggi yangiliklar

23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  0 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  19 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  4 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  16 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  9

APL. "Manchester Siti" "Enfild"da "Liverpul"ni yanchib o'tib ketdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Enfild"da "Liverpul"ni yanchib o'tib ketdi

Angliya chempionati 23-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Liverpul" – "Manchester Siti" 1:4

Gol: Gyundogan (49, 0:1), Saloh (63-pen, 1:1), Gyundogan (73, 1:2), Sterling (76, 1:3), Foden (83, 1:4).

"Liverpul" – Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Robertson (Tsimikas, 86), Jons (Milner, 68), Tiago Alkantara (SHakiri, 68), Salax, Veynaldum, Mane, Xenderson, Firmino.

"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Foden, Gyundogan, Sterling, Rodri, Marez (Gabriel Jezus, 72), Bernardu Silva.

Ogohlantirish: Tiago Alkantara (3), Ruben Diash (62), Fabino (70).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" muhim o'yinda, balki, chempionlikni yaqinlashtiradigan uchrashuvda g'alabaga erishdi. "Liverpul"ning bu holatida yo'ldan chiqqan barcha jamoa yutib ketishda davom etmoqda.

3 daqiqa qo'shib berildi) 3 to'p farqi 3 daqiqa)

89. Barchasi hal bo'lgandan keyin ikki tomon ham rasmiyatchilik uchun yugurishmoqda.

Menimcha, endi barchasi aniq. "Liverpul" o'z maydonidagi so'nggi 5 o'yinida mag'lub bo'lmoqda. Ketma-ket ikki durangdan keyin ketma-ket uch mag'lubiyat. Ushbu 5 o'yinda jamoa atigi 2 gol urdi...

83. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!! DAXSHAAATTTT!!! Foden shunchaki mixlab qo'ydi!!

80. "Liverpul" tempni pastlatib tashladi. 

76. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Alissonning yana bir xatosidan keyin Bernardu to'pni Sterlingga oshirdi. Rahim bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!!

73. GOOOOOOOOOOLLLL!! "Siti" baribir hisobda oldinga chiqib olmoqda!!! Alissonning xatosidan keyin Foden to'pni egallab oldi va Gyundoganga oshirdi. U bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

71. GOOOOOOLLL!!! YO'O'O'QQQQ!! Stounzning goli inobatga olinmadi. Offsayd qayd etildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

69. ZARBAAAAAA!! Bernarduning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

63. GOOOOOOOOOLLLL!!! Saloh penaltidan unumli foydalandi!!

62. PENALTIIIII!!! Bu safar Saloh yiqitildi! Diashga sariq!

58. ZARBAAAAA!! Jons himoyachini aldab o'tib, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. Biroz noaniq.

54. "Liverpul"ning "Enfild"dagi g'alabasiz seriyasi 4 o'yinni tashkil qilayotgandi. So'nggi ikkitasi mag'lubiyat.

49. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Gyundogan hisobni ochdi!! Bu erda Sterling barcha ishni qildi, himoyachilar esa qarshilik ko'rsata olishmadi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yo'q. Tiago Alkantaraning zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi.

43. UXXXX!! Mane yiqitildi. Jarimadan to'g'ri gol urish uchue nuqta ideal.

41. Salohning zarbasi Rodrining qo'liga tekkandi. Biroq hakam penalti bermadi. VAR ham ishga tushmadi.

37. YO'O'O'O'QQQQQQQQ!!! Gyundogan penaltini osmonga qarab tepdi!!

36. PENALTIIII!!! Fabino Sterlingni yiqitdi!!!

33. Arnold burchakdan to'pni oshirgandi. Firmino tomon borayotgan to'pni Diash autga chiqarib yubordi.

30. ZARBAAAAAAA!! Firminoning zarbasini Ederson qaytardi! O'yindagi ilk aniq zarbani ko'rdik.

27. Himoyaga yordamga kelgan Mane hujumdagi Maxrezni yiqitdi. Jarima zarbasi "Siti" foydasiga.

24. ZARBAAAAAA!! Arnoldning to'p oshirishidan keyin Mane boshi bilan noaniq zarba berdi. Tasavvur qilyapsizmi, uchrashuvdagi ilk zarba edi bu.

20. Diashning noaniq pasi "Siti"ning hujumini tugatib qo'ydi.

14. Robertsonning qanotdan oshirgan to'pini Ederson ushlab oldi.

10. Hozircha yozishga arziydigan vaziyatlar bo'lmadi.

5. Sterling tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. U to'pni Fodenga oshirib bera olmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni APLning 23-turi doirasidagi markaziy bahsga qaratamiz. Unda "Liverpul" "Enfild"da "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика