So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  7 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

APL. “Lester” – MYU, “CHelsi” – “Vulverxempton” va yakuniy turning boshqa o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

APL. “Lester” – MYU, “CHelsi” – “Vulverxempton” va yakuniy turning boshqa o'yinlari uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Bugun Angliya chempionatining joriy mavsumi o'z yakuniga etadi.

Quyida 38-tur uchrashuvlari prevyusi bilan tanishing.


26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Arsenal” – “Uotford”

"Arsenal" "Aston Villa"dan uchralgan mag'lubiyat(0:1)dan so'ng,  mavsumni "Tottenxem"dan pastroqda yakunlashi oydinlashdi. Bugungi bahs Mikel Arteta shogirdlari uchun Angliya kubogi finali oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. 

G'alaba "Uotford"ga suv va havodek zarur. CHunki 18-o'rinda borayotgan jamoa Premer-ligada qolish uchun kurashmoqda va hali umid bor.  

Tarkiblar bo'yicha

Mikel Arteta  Bernd Leno, Kalum CHembers, Pablo Mari, SHkodran Mustafi va Gabriel Martinellining xizmatidan foydalana olmaydi.

Ris Nelson va Mesut Ozilning holati o'yindan oldin o'rganib chiqiladi, Matteo Genduzi klub tomonidan jazolangani bois maydonga tushmasa kerak.

Kiran Tirni, Granit Jaka va Nikolya Pepe bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlamasliklari mumkin.

"Uotford"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Xeyden Mallinsda jarohatlar bilan bog'lik yangi holatlar mavjud emas, lekin bugun Deril Yanmat, Ayzak Saksess, Eten Kapu va Jerar Deulofeu klubga yordam bera olishmaydi. 

"Manchester Siti"ga qarshi o'ynagan tarkibdan farqli o'laroq, bir nechta o'zgarishlar qilinishi kutilmoqda. 

Nataniel CHaloba va Denni Uelbek 11 talik tarkibdan joy olishlari mumkin.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Arsenal” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Uotford” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

31 ta

17 (55%)

4:0

12 (39%)

3:0

2 (6%)


O'yinga oid faktlar:

- "Arsenal" "Uotford"ga qarshi kechgan so'nggi 7 uy o'yinidan 5 tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan (barcha musobaqalar). 

- "Uotford" oxirgi 5 safar o'yinida faqat mag'lub bo'lgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Arsenal” (3-4-3): Martines - Xolding, Luis, Tirni - Ektor Belerin, Jaka, Sebalos, Meytlend-Naylz    - Pepe, Lyakazett, Obameyang

"Uotford” (4-3-3): Foster - Mariappa, Kabasele, Douson, Mazina - Dukure, CHaloba, Xyuz - Sarr, Dini, Uelbek

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Leno, CHembers, Mari, Mustafi, Martinelli (Arsenal"), Yanmat, Saksess, Kapu, Deulofeu ("Uotford)

So'roq ostida: Genduzi, Ozil, Nelson ("Arsenal")

Arsenal

Pierre-Emerick Aubameyang - 5', Kieran Tierney - 24', Pierre-Emerick Aubameyang - 33'

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

2
:
3
Tugadi

Watford

Troy Deeney - 43', Danny Welbeck - 66'

Stadion: Emirates Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
5'  Pierre-Emerick Aubameyang
24'  Kieran Tierney
24'  Pierre-Emerick Aubameyang
33'  Pierre-Emerick Aubameyang
33'  Kieran Tierney
45'  Granit Xhaka
57'  Alexandre Lacazette (Edward Nketiah)
57'  Joseph Willock (Sead Kolasinac)
72'  Daniel Ceballos (Lucas Torreira)
72'  Nicolas Pepe (Reiss Nelson)
72'  Rob Holding
74'  Emiliano Martinez
35'  Roberto Pereyra
43'  Troy Deeney
45'  Kiko (Adrian Mariappa)
45'  Will Hughes
51'  Craig Dawson
66'  Danny Welbeck
66'  Ismaila Sarr
81'  Abdoulaye Doucoure (Tom Cleverley)
81'  Will Hughes (Nathaniel Chalobah)
88'  Roberto Pereyra (Joao Pedro)

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Byornli" - "Brayton"

"Byornli" Premer-ligada havas qilarli jamoaga aylandi. Klub oxirgi 15 o'yindan faqat 2 tasida mag'lub bo'ldi xolos ("Man Siti" va "Norvich"ga). Bu qoyilmaqom natija! 

"Brayton" bugun o'ziga ishongan holda harakatlanadi, sababi klub APLda qolishini rasman aniq qilib ulgurgan. Jamoa oxirgi 6 safar o'yinida mag'lubiyatga uchramagani bilan ham maqtana oladi.

Tarkiblar bo'yicha

CHarli Teylorning ishtiroki so'roq ostida turibdi, demak, Erik Piters asosiyda o'ynaydi. 

SHon Daych bugungi futbol oqshomida Kork, Mi, Louton, Gibson va Barnsning xizmatidan foydalana olmaydi, ular o'z jarohatlarini davolash bilan bandlar.  

Murabbiylar shtabi katta ehtimol bilan o'tgan o'yinda "Norvich"ni mag'lub etgan tarkibni maydonga tushirishadi.

"Brayton" qandan natija qayd etilishidan qati nazar Premer-ligadan tushib ketmaydi, jamoa "Byornli"ga qarshi hech qanday bosimsiz o'ynaydi.

Himoyada ishonchli o'ynaydigan Adam Uebster va hujumchi Alirizo Jahonbaxsh asosiy tarkibda maydonga tushishlari kutilyapti.

Xose Iskerdo va Stiven Alsate "Terf Mur"dagi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Byornli” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Brayton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

27 ta

8 (30%)

3:0

7 (26%)

3:1

12 (44%)


O'yinga oid faktlar:

- "Byornli" "Brayton"ga qarshi so'nggi 5 o'yindan 1 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Byornli" "Brayton"ga qarshi oxirgi 8 o'yinda mag'lubiyat nimalgini bilmagan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Byornli” (4-4-2): Poup - Bardsli, Long, Tarkovski, Piters - Gudmundsson, Uestvud, Braunxill, Maknil - Vud, Rodriges

"Brayton” (4-3-2-1): Rayan - Lampti, Uebster, Dank, Byorn - Bissuma, Stivens, Pryopper - Muy, Trossard - Mope     

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Louton, Mi, Kork, Gibson, Barns ("Byornli"), Alsate, Iskerdo ("Brayton") 

So'roq ostida: Teylor ("Byornli), Jahonbaxsh ("Brayton") 

Burnley

Chris Wood - 44'

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

2
:
1
Tugadi

Brighton & Hove Albion

Yves Bissouma - 20', Aaron Connolly - 50'

Stadion: Turf Moor, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
5'  Josh Brownhill
44'  Chris Wood
44'  Erik Pieters
58'  Jay Rodriguez
75'  Johann Berg Gudmundsson (Robert Brady)
78'  Jay Rodriguez (Matej Vydra)
85'  Phil Bardsley
90'  Erik Pieters
20'  Yves Bissouma
50'  Aaron Connolly
50'  Neal Maupay
73'  Solly March (Bernardo)
73'  Yves Bissouma (Davy Propper)
74'  Alexis Mac Allister (Aaron Mooy)
90'  Aaron Connolly (Glenn Murray)
90'  Neal Maupay (Alireza Jahanbakhsh)

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “CHelsi” – “Vulverxempton”

"CHelsi" o'tgan turda "Liverpul"ga yutqazganiga qaramasdan, turnirni kuchli to'rtlikda yakunlash uchun yaxshi imkoniyatga ega.

"Vulverxempton" hozirgi o'rnidan, yani, 6-o'rindan tepaga ko'tarila olmaydi, biroq bugun mag'lub bo'lsa, "Tottenxem" mavsumni "bo'rilar"dan balandda tugatishi mumkin.

Tarkiblar bo'yicha

Kristian Pulishich "CHelsi" "Liverpul"ga mag'lub bo'lgan o'yin(3:5)da Frenk Lempard uni zaxirada qoldirib xato qilganini isbotladi. Bugun u albatta, asosiy tarkibda hakarakat qiladi. 

Kallum Xadson-Odoi oxirgi vaqtlarda tinmay mehnat qildi, Lempard ham uning mashg'ulotlardagi harakatlariga yuqori baho berdi, u ham bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Temmi Abraxam ham katta ehtimol bilan 11 talikdan joy oladi. Ha aytgancha, u "bo'rilar" bilan bo'lib o'tgan oxirgi uchrashuvda xet-trik qayd etgan.    

Agar bugun Markos Alonso maydonga tushsa, jamoa uch himoyachi bilan harakat qiladi va o'sha uch himoyachidan biri Sesar Aspilikueta bo'ladi.

"Bo'rilar" 2019/20 yilgi mavsumni jarohatlanganlarsiz tugatishi mumkin, chunki ularda safdan chiqqan futbolchining o'zi yo'q. 

Daniel Podense asosiy tarkib uchun kurashadi, u Adama Traore yoki Diogu Jota zaxirada o'trishiga sababchi bo'lib qolishi mumkin. Bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu qanday qarorga keladi, bunisi bizga qorong'i.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“CHelsi” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Vulverxempton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

108 ta

42 (39%)

6:0

39 (36%)

8:1

27 (25%)


O'yinga oid faktlar:

- "CHelsi" "bo'rilar"ga qarshi ozirgi 6 uy o'yinida mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar).

- O'zaro kechgan so'nggi 10 uchrashuvdadan faqat 1 sida durang qayd etilgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"CHelsi” (3-4-3): Arrisabalaga - Aspilikueta, Zuma, Ryudiger - Jeyms, Jorjino, Kovachich, Alonso - Villian, Abraxam, Pulishich

"Vulverxempton” (3-4-3): Patrisiu - Boli, Koudi, Saiss - Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni - Traore, Ximenes, Jota

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomori, Gilmor ("CHelsi")

So'roq ostida: Kante ("CHelsi")

Chelsea

Mason Mount - 45', Olivier Giroud - 45'

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

0
:
2
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
45'  Mason Mount
45'  Olivier Giroud
45'  Olivier Giroud
45'  Mason Mount
78'  Olivier Giroud (Tammy Abraham)
78'  Christian Pulisic (Callum Hudson-Odoi)
85'  Mason Mount (Pedro Rodriguez)
85'  Mateo Kovacic (Ruben Loftus-Cheek)
88'  Jorginho (Ross Barkley)
90'  Cesar Azpilicueta
22'  Diogo Jota
45'  Pedro Neto
46'  Pedro Neto (Adama Traore)
58'  Jonny (Ruben Vinagre)
59'  Matt Doherty (Daniel Podence)
59'  Ruben Neves (Joao Moutinho)
83'  Leander Dendoncker
84'  Diogo Jota (Bruno Jordao)

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Kristal Pelas” – “Tottenxem"

"Kristal Pelas" mavsumni juda qo'rqinchli tarzda tugatmoqda. Restartni "Bornmut" ustidan qozonilgan g'alabadan boshlagan jamoa keyingi 7 o'yinda faqat yutqazdi. 

"Tottenxem" esa aksincha mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunlamoqda. Klub g'alabali seriyasini davom ettirish hamda Evropa Ligasi yo'llanmasini naq qilish istagida.  

Tarkiblar bo'yicha

Kristian Benteke diskvalifikaciya tufayli qatnashmaydigan bo'lsa, jarohatdan tiklanayotgan jamoa sardori Luka Milivoevich esa o'yinda ishtirok etishdan umidvor.     

Roy Xojson bir nechta himoyachilardan foydalana olmaydi, bular - Patrik van Anxolt, Sako, Tomkins, Kexill.

Kuyate yoki Kelli Sakoning o'rnini bosishi kutilmoqda.   

Erik Dayer 4 o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi.

Tangi Ndombele hali safga qaytmagan, ammo Mourinyuning aytishicha, Dele Alli hafta mobaynida jamoa bilan birga shug'allangan.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Kristal Pel” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Tottenxem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

50 ta

10 (20%)

3:0

27 (54%)

4:0

13 (26%)


O'yinga oid faktlar:

- "Tottenxem" "Kristal Pelas"ga qarshi so'nggi 8 o'yinidan 7 tasida gol o'tkazmagan (barcha musobaqalar).

- "Tottenxem" oxirgi o'zaro kechgan 8 bahsdan 7 tasida g'alaba qozongan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Kristal Pelas” (4-4-2): Guayta - Uord, Kuyate, Dann, Mitchell - Maunsend, Makkarti, Makartur, SHlupp - Zaxa, Ayyu

"Tottenxem" (4-2-3-1): Loris - Ore, Sanches, Alderveyreld, Devis - Uinks, Sissoko - Moura, Alli, Son - Keyn 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: van Anxolt, Tomkins, Sako, Kexill ("Kristal Pelas"), Ndombele ("Tottenxem") 

So'roq ostida: Milivoevich ("Kristal Pelas")

Crystal Palace

Jeffrey Schlupp - 53'

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

1
:
1
Tugadi

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 13'

Stadion: Selhurst Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
17'  James McCarthy
49'  Tyrick Mitchell
53'  Jeffrey Schlupp
53'  Jordan Ayew
70'  James McArthur (Jairo Riedewald)
75'  Cheikhou Kouyate
85'  Jeffrey Schlupp (Luka Milivojevic)
13'  Harry Kane
13'  Giovani Lo Celso
60'  Giovani Lo Celso (Steven Bergwijn)
61'  Toby Alderweireld
80'  Heung-Min Son (Dele Alli)
80'  Moussa Sissoko (Oliver Skipp)
90'  Eric Dier
90'  Lucas Moura (Davinson Sanchez)

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Lester" - "Manchester Yunayted"

"Lester" "Manchester Yunayted"ni mag'lub eta olsa, kuchli to'rtlikka kirishini yaxshi sezib turibdi. Durang ham qoniqtirishi mumkin, faqat bu uchun "Vulverxempton" "CHelsi"ni yutishi kerak bo'ladi. 

"Manchester Yunayted" shunchaki yaxshi natija qayd etishga urinadi. Jamoa yutqazgan taqdirda ham to'rtlikda qolish ikoniyatiga ega, faqat bu uchun "Vulverxempton" "CHelsi"ni mag'lub etishi lozim bo'ladi. Lekin Sulsher shogirdlari keyingi mavsum CHempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun bugun g'alaba qozonsa kifoya. 

Tarkiblar bo'yicha

"Lester" muhim himoyachilaridan va yarim himoyachi Meddisondan ayrilgan. 

Brendan Rojers o'tgan o'yindagi mag'lubiyat("Tottenxem", 0:3)dan to'g'ri xulosa chiqargan bo'lishi mumkin. 

Grey  Peres va Barnsni asosiy tarkibdan siqib chiqarishga urinadi.

Sulsher o'ngga Uan-Bissakani, chapga SHouni asosiy tarkibda maydonga tushirishi kutilyapti, 

SHuningdek, tayanch nuqtasida Pogba-Matich juftligi harakatlanishi ehtimoli yuqori.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Lester” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Man YU” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

127 ta

32 (25%)

6:0

66 (52%)

5:0

29 (23%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Yunayted" "Lester"ga qarshi so'nggi 8 bahsdan 7 tasida g'alaba qozongan (barcha musobaqalar).

- "Lester" MYUga qarshi oxirgi 10 o'yinda g'alabaga erishmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Lester” (3-4-3): SHmeyxel - Bennett, Morgan, Evans - Jastin, Tilemans, Ndidi, Tomas - Peres, Vardi, Barns

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou - Pogba, Matich - Grinvud, Fernandesh, Reshford - Marsyal        

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pereyra, CHiluell, Amarti, Meddison ("Lester"), Jons, Bayi, Tuanzebe "(Manchester Yunayted")

So'roq ostida: Olbrayton ("Lester"), SHou ("Manchester Yunayted") 

Leicester City

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 71', Jesse Lingard - 90'

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
58'  Kelechi Iheanacho (Ayoze Perez)
68'  Jonny Evans
73'  Marc Albrighton (Demarai Gray)
73'  Youri Tielemans (Harvey Barnes)
73'  Hamza Choudhury (Dennis Praet)
83'  Jamie Vardy
88'  Luke Thomas (George Hirst)
90'  Jonny Evans
9'  Harry Maguire
63'  Victor Nilsson Lindeloef
71'  Bruno Fernandes
77'  Mason Greenwood (Jesse Lingard)
86'  Bruno Fernandes (Scott McTominay)
90'  Paul Pogba
90'  Brandon Williams
90'  Marcus Rashford (Timothy Fosu-Mensah)
90'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
90'  Jesse Lingard

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Vest Xem" - "Aston Villa"

SHubhasiz, teng kuchli raqiblar to'qnashuvi. 

Devid Moyes bosh murabbiyligidagi “Vest Xem” 15-o'ringa joylashgan bo'lsa, APLda jon saqlashga harakat qilyotgan “Aston Villa” ayni damda 17-o'rinni band etib turibdi.    

Tarkiblar bo'yicha

Markus Reshfordga etarlicha qarshilik ko'rsata olgan yosh Ben Jonson o'ng qanot himoyasida o'ynaydi. Masuaku chap qanotga joylashadi. 

"Vest Xem" azolaridan Kressuell va Bouen jarohatga yo'liqqan.     

"Aston Villa"da Kortni Xaus yana zaxirada qoldirilishi kutilmoqda.

Al-Muhammadi jarohat olganini inobatga olsak, o'ng qanotga Gilber joylashadi.  

Hujum chizig'ida Samatta harakat qiladi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Vest Xem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“A. Villa” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

112 ta

41 (37%)

7:2

38 (34%)

6:1

33 (29%)


O'yinga oid faktlar:

- "Vest Xem" oxirgi 5 uy o'yinida "Aston Villa"ga mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Vest Xem” (4-2-3-1): Fabianski - Jonson, Diop, Ogbonna, Masuaku - Rays, Souchek - Bouenn, Nobl, Fornals - Antonio

"Aston Villa" (4-3-3): Reyna - Gilber, Konsa, Mings, Targett - Makginn, Luis, Xurixan - Trezege, Samatta, Grilish

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pereyra, CHiluell, Amarti, Meddison ("Lester"), Jons, Bayi, Tuanzebe "(Manchester Yunayted")

So'roq ostida: Olbrayton ("Lester"), SHou ("Manchester Yunayted") 

West Ham United

Andriy Yarmolenko - 85'

Premier League . 38-tur

26/07/2020, 20:00

1
:
1
Tugadi

Aston Villa

Jack Grealish - 84'

Stadion: London Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
23'  Michail Antonio
46'  Michail Antonio (Sebastien Haller)
46'  Jarrod Bowen (Andriy Yarmolenko)
46'  Ryan Fredericks
67'  Pablo Fornals (Manuel Lanzini)
85'  Andriy Yarmolenko
85'  Declan Rice
87'  Mark Noble (Felipe Anderson)
41'  Mbwana Samatta
68'  Mbwana Samatta (Keinan Davis)
76'  Conor Hourihane (Marvelous Nakamba)
76'  Frederic Guilbert (Kortney Hause)
84'  Jack Grealish
84'  John McGinn
90'  Trezeguet (Anwar El-Ghazi)


SHuningdek, yakuniy turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:

26.07 20:00 "Sautgempton" - "SHeffild Yunayted"

26.07 20:00 "Nyukasl" - "Liverpul"

26.07 20:00 "Manchester Siti" - "Norvich"

26.07 20:00 "Everton" - "Bornmut"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика