APL klublari to'laqonli mashg'ulotlarni davom ettirishni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi
27 may 2020 17:51
Yangiliklar


APL klublari to'laqonli mashg'ulotlarni davom ettirishni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi
Bugun Angliya Premer-ligasi klublarida to'laqonli mashg'ulotlarni boshlash bo'yicha ovoz berish o'tkazildi.
Liga matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Angliya chempionatining barcha klublari to'laqonli mashg'ulotlarning boshlanishini bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi. Bu esa APLning restarti uchun yana bir qadam sifatida ko'rilmoqda.
Qayd etish kerakki, jamoalarning bazalarida xavfsizlik choralari o'rnatiladi, o'yinchilar haftasiga ikki marta koronavirus uchun test topshirishadi.
Buyuk Britaniyada bugunga kelib 265,227 inson koronavirusga chalingan, ularning 37,048 nafari vafot etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar