So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

APL klublari qaysi futbolchilarga qiziqishmoqda? Yangiliklar

APL klublari qaysi futbolchilarga qiziqishmoqda?

Ingliz grandlarining haqiqiy rejalari bilan turli manbalar orqali tanishamiz.

"Liverpul" chempionlik poygasining peshqadami va bu mavsumning eng yaxshi jamoasi. Biroq, ularga liga oltinini taqdim etishga hali erta va yanvar hali ham barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Ko'plab jamoalar tarkibni kuchaytirishga va xodimlar sifatini yaxshilashga harakat qilishadi. Klublarning xatti-harakatlarini oldindan bilish har doim qiziqarli va biz bugun insayderlar va mutaxassislar yordamida shunday qilamiz.

"Tottenxem"

Kristian Eriksen - jamoa etakchilaridan biri - yanvarda ketmoqchi. Boshqalar ham unga ergashishi mumkin.

SHu sababli, "shporlar" birinchi navbatda yarim himoyaga etibor qaratishadi. "Ayaks"ga yaqin manbaning takidlashicha, Hakim Ziesh ustuvor variant hisoblanadi. 


Ammo bu jangda "Bavariya" raqiblik qiladi.  "Tottenxem" Ziesh bo'yicha eng yuqori darajada muhokamaga kirishganini va klub yaqin haftalarda bu bo'yicha ish boshlashini malum qildi.

 Boshqa mantiqiy variantlar orasida "Selta"dan yarim himoyachi Brais Mendes va "Leypcig" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano bor.

“CHelsi”

Lempard “CHelsi”da jamoaning taktik sxemasini tuzish bilan band. CHap qanot himoyasi bo'yicha bir qarorga kelmagan ko'rinadi. CHunki, u Ben CHiluell (“Lester”), Xose Gayya (“Valensiya”) va Jetro Villems (“Nyukasl”)ga qiziqaytganligi haqida xabarlar bor. 

Markaziy himoyani kuchaytirish uchun CHaglar Syoyundjyu ("Lester") va Kalidu Kulibali ("Napoli") kabi nomzodlarni o'rganmoqda. 

"CHelsi" qiziqayotganlar orasida katta transferga aylanishi mumkin bo'lganlardan yosh yulduz - Jeydon Sancho ("Borussiya Dortmund") va Usman Dembele ("Barselona") mavjud.  

 Qizg'in voqealar rivojini birgalikda kuzatib boramiz.

"Manchester Yunayted"

Ole-Gunnar Sulsher yanvar oyida pul sarflashi zarur. To'g'ri, u mavsum o'rtasirida o'ziga jalb etishi qiyin bo'lgan Deklan Rays va Jeydon Sanchoga ko'proq qiziqyapti. SHunga qaramay, insayderlar Raysni hali ham og'dirib olish mumkinligiga ishonishadi.

Qanday bo'lmasin, kichik pullar ish bermaydi: bu ikki futbolchining umumiy miqdori 150 million funtga etishi mumkin.  Yanvar oyida "Yunayted" bunday harakatlar to'g'risida qaror qabul qilishi dargumon. Biroq, "iblislar" shunchaki harakatsiz o'tirishmaydi. Ko'pchilik Mario Manjukichning o'tishiga ishonishgandi (ammo, u Qatarga yo'l oldi).

"Zalcburg"ning 19 yoshli futbolchisi Erling Xoland navbatdagi "o'lja". Ole uzoq muddatni ko'zlovchi mutaxassis va u istiqbolli o'yinchilarlarning ashaddiy muxlisi.  Qanday qilib boshqacha bo'lishi mumkin, chunki biz norveg haqida gapirmoqdamiz! 

 Boshqa nom ham bor: "Lion"da o'ynovchi Mussa Dembele, uzoq vaqtdan beri mankunianlarni o'ziga jalb qilmoqda, ammo sobiq "Fulxem" futbolchisi hali Angliyaga qaytishni xohlamayapti.

"Arsenal"

"To'pchilar" asosan markaziy himoya va undan keyin yarim himoya bo'yicha qiziqish bildirayotgani haqida malumotlarni eshitdik. 

Yuqorida nomi keltililgan Upamekano asosiy etiborni tortgan.  O'tgan yil davomida "to'pchilar" skautlari uni bir necha bor kuzatgan.

Yana bir himoyachi varianti bor: "Yuventus"da o'z imkoniyatini kutishdan charchagan Merix Demiral.  Turk futbolchisining ko'chib o'tish ehtimoli kattaligi aytilmoqda. 

 So'nggi xabarlarga qaraganda jamoaning yangi murabbiyi Arteta "Lester"dan Ndidi va "Napoli"dan Mertensni jamoasiga olib kelish istagida. Ko'ramiz, kuzatamiz...

"Manchester Siti"

"SHaharliklar" uchun yangi markaziy himoyachi poziciyasi muhimroq hisoblanadi. Lyaportning jarohati "shaharliklar"ning mustahkam himoyasini kulgili latifalarga aylantirdi. Peshqadamdan 14 ochkoga ortda qolish - Pep Gvardiola uchun yangi tajriba bo'lib, bu shubhasiz rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishga yani yangi xaridlarga muxtojlikni anglatadi.  Hech bo'lmaganda ikkita transfer bo'lishi mumkin, ammo hozircha yangi nomlar kimlar bo'lishini aytish qiyin.

O'tgan yozda shayxlar Garri Maguayrni sotib olishdan bosh tortishdi, bu ularga qimmatga tushganini ko'rib turibmiz.  Ehtimol, "Benfika"dan Ruben Diashni sotib olish vaqti kelgandir.  Ammo yana bir imkoniyat bor: bu Lyaport tiklangunicha himoyachini bir muddatga ijaraga olish.

 Leroy Sane klubda xavotir uyg'otmoqda: "Bavariya"da unga nisbatan qiziqish bor.  «Siti» esa "Real Sosedad"dan Mikel Oyarsabal  va «Lester» dan Ben CHiluellni sotib olish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Ikkinchisi oldingi transfer oynasida deyarli "ko'klar"ga o'tgandi.  "SHaharliklar"ning unga bo'lgan qiziqishi hali yo'qolmagan.  Faqat yanvar oyida u "tulkilar"ni tark etishi dargumon.

"Lester"

Himoyaning markazi - Jonni Evans va CHaglar Syoyundjyu duetining ajoyib o'yiniga qaramay, Maguayrga o'rinbosar topa olmagan Brendan Rojers uchun eng qiziqarli nuqtadir.

"Lester" uchun eng munosib variantlar - "Bornmut"dan Natan Ake va "Byornli"dan Jeyms Tarkovski. Ammo skautlar boshqa ligalarga ham nigoh qaratishmoqda.

 

 SHuningdek, klub Kelechi Ixeanachoni ijaraga berishga va uning o'rniga boshqa birov bilan shartnoma imzolashga ishonyapti.  Masalan, 26 o'yinda 22 ta gol urgan "Reynjers" hujumchisi Alfredo Morelosni xarid qilishga.

"Liverpul"

O'tgan yozda "Liverpul" ommaga katta transferlarni namoyish etmadi. Yurgen Klopp hech kim topilmagani uchun qanoat qilishga qaror qilgandi. Kutilayotganidek,  qishda ham sensaciya sodir bo'lmaydi. "Red Bull"dan yaponiyalik Minamino sotib olinganini aytish mumkin.  

Yaqinda Klopp Mbappeni «PSJ»dan jalb qilish imkoniyatlari haqidagi savolga javoban kulib yubordi va klub unga qiziqmayotganligini aytdi. 

Yanvar oyida Klopp birinchi navbatda hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Masalan, "Leypcig"dagi Timo Vernerga. 

 Talk Sport xabariga ko'ra, "Bornmut" o'yinchisi Rayan Freyzerga qiziqish mavjud,  ammo "Liverpul"ga yaqin manbalar hech kim uning nomzodini jiddiy ko'rib chiqayotgani yo'qligini takidlamoqda.

Hozircha shu, azizlar.  Hamisha biz bilan birga bo'ling!

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика