So’nggi yangiliklar

07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  1 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  2 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  17 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  15 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1

APL. Kloppning "yovvoyi" bolalari sarbonsiz qolgan karvonni talaydimi? 26-tur prevyusi Yangiliklar

APL. Kloppning "yovvoyi" bolalari sarbonsiz qolgan karvonni talaydimi? 26-tur prevyusi

Teglar :  PrevyuPremer-liga
Bugun kichik tanaffusdan keyin dunyoning eng qiziqarli va tomoshabop chempionati bo'lgan Angliya Premer-ligasi yana davom ettiriladi.

Tumanli albionda 26-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bu turda sakkizta o'yin o'tkaziladi, ikkita bahs esa qoldirilgan. Ertaga Angliya liga kubogi finalida "Sautgempton" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'zaro o'ynashlari sabab, 26-turning "Sautgempton" - "Arsenal" va "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o'yinlari qoldirilgan. Demak, qolgan qarama-qarshiliklarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 26-tur
"CHelsi" – "Suonsi"

25.02.2017, 20:00
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

"CHelsi" bugungi o'yinga turnir jadvalining yaqqol etakchisi sifatida etib keldi. Eng yaqin taqibchisidan 8 ochkoga ilgarilab ketgan "ko'klar" hozirgi formasi bilan peshqadamlikni berib qo'yishmasa kerak.

"Suonsi" bosh murabbiy almashganidan keyin juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda va natijalar ham klubni xavfli hududdan olib chiqdi. SHunga qaramay, bu o'yinda favorit Konte shogirdlari.

Qiziq:

- "Suonsi" 2017 yilda 18 ochkodan 12 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi (4 g'alaba, 2 mag'lubiyat), bu "CHelsi"dan ko'proq (11 ochko);
- Diego Kosta APLda boshqa jamoalardan ko'ra "Suonsi"ga ko'proq gol urgan (7ta), o'z navbatida Gulfi Sigurdsson ham "CHelsi"ga qolganlardan ko'proq urgan (4ta);
- Bugun Sesk Fabregas Premer-ligada 300ta o'yin o'tkazgan birinchi ispaniyalik futbolchiga aylanishi mumkin.




"Kristal Pelas" – "Midlsbro"
25.02.2017, 20:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

"Kristal Pelas" ketma-ket mag'lubiyatlarni qabul qilib olishda davom etmoqda. Jamoa oxirgi beshta o'yindan to'rttasida gol ham urmagan. Bundan tashqari, joriy mavsum o'z maydonida eng kam 7 ochko jamg'argan klub ham mezbonlar.

"Midlsbro" himoyada qanchalik yaxshi o'ynayotgan bo'lsa, hujumda ishlari shunchalik yurishmayapti. Kamiga, Aytor Karanka shogirdlari 2017 yilda hali g'alaba qozonishmadi. So'nggi oylarning ikki omadsizlari o'rtasidagi bahsda imkoniyatlar 50/50.

Qiziq:

- "Midlsbro" jamoasi Premer-liga doirasida "Selxerst Park"da so'nggi bor 2005 yil aprelda g'alaba qozongan (1:0);
- Uilfrid Zaa "Midlsbro"ga qarshi oxirgi ikkita liga bahsida bitta gol urgan va uchta golli pas bergan.




"Everton" – "Sanderlend"
25.02.2017, 20:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton)

"Everton" sakkizta turdan beri yutqazmayapti. SHuning evaziga yuqoridagi olti klubga yaqin kelib oldi. Kuman shogirdlari uyda juda yaxshi o'ynashadi va bugun ham ular favorit.

"Sanderlend" esa bir qarasa safardan yirik g'alaba bilan qaytadi, bir qarasa uyda to'rttalab gol o'tkazib yuboradi. Xullas, Moyes jamoasi bir tekis o'yin namoyish eta olmayapti.

Qiziq:

- Bugun David Moyes 2013 yil "Everton"ni tark etganidan keyin ikkinchi marta "Gudison Park"ka qaytadi. Oldingi safar u MYU bilan 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan;
- Lukaku APLda "qora mushuklar" darvozasiga etti bor yo'l topgan.




"Xall Siti" – "Bernli"
25.02.2017, 20:00
"Key Si"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

"Xall Siti" bosh murabbiylikka Marko Silva kelganidan keyin o'ziga kelib oldi. Hatto, klub etakchisi Robert Snodgrassning "Vest Xem"ga o'tib ketishi ham "yo'lbarslar"ga muammo tug'dirmayapti. Ayni paytda jamoa pastki o'rinlarda borayotganlar orasida eng yaxshi o'yin ko'rsatayapti.

"Bernli" esa uyda qanchalik ko'p ochko jamg'arayotgan bo'lsa, safarda buning aksi. Angliya kubogida professional bo'lmagan klubdan uyda uchralgan mag'lubiyat SHon Daych shorirdlariga qanday tasir qilganini bugun bilib olamiz.

Qiziq:

- "Bernli" jamoasi "Xall Siti"ga qarshi beshta Premer-liga o'yinidan to'rttasini yutgan (4 g'alaba, 1 durang);
- "Xall Siti" o'z tarixida birinchi marta yuqori ligada ketma-ket uchta uy o'yinida g'alaba qozondi.




"Vest Bromvich" – "Bornmut"
25.02.2017, 20:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

"Vest Bromvich" uyda sermahsul o'yin namoyish etadigan jamoa. Muxlislar "Xautorns"dagi o'yinlarda zerikib qolishmaydi. Bu to'qnashuvda mezbonlarga kichik ustunlikni bersak bo'ladi.

"Bornmut" hozir optimal formada emas. Jamoa olti turdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Himoyadagi ketma-ket jarohatlar Eddi Xau shogirdlarini xavfli hududga tobora yaqinlashtirib bormoqda.

Qiziq:

- Bu mavsum faqatgina "Liverpul" (2932 km) va "Manchester Siti" (2873) futbolchilari "Vest Bromvich" (2852)dagilardan ko'proq yugurishgan;
- Joriy mavsum faqatgina Tom Xiton (104) Ben Foster (89)dan ko'proq seyv qilgan.




"Uotford" – "Vest Xem"
25.02.2017, 22:30
"Vikaridj Roud"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

"Uotford" o'tgan turda "Manchester Yunayted"dan 0:2 hisobida engilgan va o'zining to'rtta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ygan edi. Ayni paytda jamoa 30 ochko bilan 13 pog'onaga joylashgan.

"Vest Xem" esa natijalarini yaxshilab turnir jadvalida yuqorilashda davom etmoqda. Bilich muammolarga javob topgani ko'rinib turibdi. Paye mojarosi ham endi ortda qoldi.

Qiziq:

- "Uotford" jamoasi "Vest Xem"ga qarshi oxirgi to'rtta Premer-liga o'yinidan uchtasida g'alaba qozongan;
- Manuel Lanzini oxirgi beshta Premer-liga o'yinida ikkita gol urdi va ikkita golli pas berdi.




"Tottenxem" – "Stok Siti"
26.02.2017, 18:30
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Tottenxem" Evropa ligasidan chiqib ketdi. Endi Pochettino bor etiborni chempionat va kubokka qaratsa ham bo'ladi. Bu "shporlar"ga biroz engillik taqdim etadi. Londonliklar bu mavsum uyda umuman yutqazishmagan.

"Stok" ayni paytda o'ziga kelib olganiga qaramay, safardagi uchrashuvlarda muammolarga duch kelmoqda. Raqib "shporlar" bo'lsa, bu muammolar ikki barobar ortishi tayin.

Qiziq:

- "Stok" "shporlar" uyida o'tgan oxirgi ikkita uchrashuvda yutqazmagan (1 g'alaba, 1 durang), lekin hech qachon "Uayt Xart Leyn"da ketma-ket uchta mag'lubiyatsiz seriyani amalga oshirmagan;
- "Tottenxem" bu mavsum o'z maydonida eng ko'p nolga o'ynagan jamoa (8ta).




"Lester" – "Liverpul"
28.02.2017, 01:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

"Lester" tarixida o'chirib bo'lmas iz qoldirgan afsonaviy murabbiy Klaudio Raneri istefoga chiqarildi. "Tulkilar" ayni paytda murabbiysiz qolishgan, lekin "Liverpul"ga qarshi o'yinga qadar bosh murabbiy tayinlanishi aniq.

Kloppning "yovvoyi" bolalari oldida sarbonsiz qolgan karvonni talash vazifasi turibdi. 2017 yilni juda yomon boshlagan "qizillar" o'tgan turda "Tottenxem"ni tiz cho'ktirish orqali qaytganliklarini ko'rsatib qo'yishdi.

Qiziq:

- "Lester"ning Premer-liga doirasida "Liverpul" darvozasiga kiritgan oxirgi uchta goliga Jeymi Vardi mualliflik qilgan;
- "Liverpul" Premer-liganing amaldagi chempionini safarda yutish borasida APLda etakchi (8 g'alaba).




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida bugun yangi "FLASH LEAGUE" sovrinli ligasi ishga tushadi. Jamoa tuzing va sovrinlarni yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика