So’nggi yangiliklar

23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0

APL. 19-o'rindagi "Everton" "Arsenal"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. 19-o'rindagi "Everton" "Arsenal"ni mag'lub etdi

Teglar :  Everton Arsenal
"Everton" hamda "Arsenal" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 22-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Everton

James Tarkowski - 60'

Premier League . 22-tur

04/02/2023, 17:30

0
:
1
Tugadi

Arsenal

Stadion: Goodison Park, 39314 tomoshabin

Bosh hakam: David Coote

45'
90'
60'  James Tarkowski
60'  Dwight McNeil
62'  Dominic Calvert-Lewin (Neal Maupay)
63'  Vitaliy Mykolenko
69'  Amadou Onana
86'  Jordan Pickford
90'  Neal Maupay
59'  Thomas Partey (Jorginho)
59'  Gabriel Martinelli (Leandro Trossard)
77'  Martin Oedegaard (Fabio Vieira)
85'  Ben White (Takehiro Tomiyasu)
90'  Oleksandr Zinchenko

Everton – Arsenal 1:0

"Gudison Park"

Gol: 1:0 – 60 Tarkovski.

Everton – Pikford, Koulmen, Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye, Dukure, Onana, Maknil, Kelvert-Lyuin (Mope, 62), Ivobi.

Arsenal – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 85), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Djaka, Parti (Jorjino, 59), Edegor (Fabiu Vieyra, 77), Saka, Nketia, Martinelli (Trossard, 59).

Ogohlantirishlar: Mikolenko (63), Onana (69), Pikford (86).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Maydonda janjal boshlandi. Moup atayin provakaciya uyushtirib, vaqtni o'ldirishga harakat qilmoqda.

90+2. Zinchenko burchakdan uzatilgan to'pni bir teginish bilan darvozaga joylashga urindi, biroq noaniq.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zinchenko uzoq masofadan zarba berib, omadini sinab ko'rdi. Noaniq.

85. O'zgarish: Uayt o'rniga Tomiyasu maydonga tushdi.

81. Trossard darvozaning uzoq yuqori burchagiga to'pni joylashga urindi, ammo zarba o'zi istagandek chiqmadi.

69. Onana Ben Uaytga nisbatan juda qo'pol harakat qildi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi.

67. Mezbonlar goldan keyin ham faol harakat qilishyapti, huddi hisob tengdek hujumga o'tishyapti.

65. "Everton" jarima maydonchasida qoida buzilgandek bo'ldi. Hakam VARdagilarni eshitmoqda. Mope Gabrielni turtib yubordi. YO'Q, hakam o'ynash mumkinligini ko'rsatdi.

60. GOOOOOL! "Everton"! Tarkovski burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

59. O'zgarishlar: Martinelli va Parti maydonni tark etishdi, Jorjino hamda Trossardlar maydonda paydo bo'lishdi.

58. Martinelli va Nketiya uyushtirgan hujumni Edegor yakunladi, ammo noaniq zarba bilan.

55. Nihoyat "Arsenal" o'ziga o'xshashni boshladi. Improvizaciya, mayda paslar, aniq harakatlar...

51. "Arsenal"dan zarba. Biroq Jakaning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi va Geye jamoasining ushbu taymdagi ilk aniq zarbasiga mualliflik qildi, Remsdeyldan seyv.

TANAFFUS

45+3. Kalvert Lyuinning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. "Arsenal"ning xavfli hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo zarbadan so'ng "Everton" himoyachisi darvozabon yonida turib to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

33. ONANAAAAA... Onananing ajoyib uzatmasini Kalvert Lyuin golga aylantira olmadi.

30. NKetiya nihoyat "Arsenal"ning golli vaziyatini yaratgandi, ammo uning zarbasi muxlislar tomon bo'ldi.

25. "Everton" bugun birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashni xohlayapti va bunga erishyapti ham. Mezbonlar ketma-ket 4ta burchak to'pi tepishdi.

21. "Everton"dan xavfli hujum, Onananing bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

17. Bir daqiqalik tibbiy yordamdan so'ng Saka maydonga qaytdi.

16. Sakaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, raqib uning ko'ziga qo'lini tiqib olipti.

10. "Arsenal" hozircha to'p nazoratini qo'lga olishga urinmoqda, shundan keyingina Arteta jamoasi raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga qamab qo'ysa kerak.

7. SHon Daychning "Evertoni" hozircha "Arsenal"ning xavfli hujumlarini o'tkazib yubormayapti.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика