So’nggi yangiliklar

16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2

APL. "CHelsi" - "Manchester Siti" 2:1 (Matnli translyaciya) Yangiliklar

APL. "CHelsi" - "Manchester Siti" 2:1 (Matnli translyaciya)

Angliya chempionati 31-turining markaziy uchrashuvi boshlanishiga oz fursat qoldi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


Bo'ldi, o'yin tugadi. "CHelsi" "Manchester Siti"ni mag'lub etdi va "Liverpul" rasman chempion nomiga sazovor bo'ldi! Etiboringiz uchun tashakkur!

90+3-daqiqa. To'pni olib qo'ygan "CHelsi" futbolchilari qarshi hujumini Pedro yakunlab berdi, Ederson yana bir seyv amalga oshirdi.

Ha, aynan Pulishich bugun asosiy qaxramonlardan biri bo'ldi deb bemalol ayta olamiz.

90+1-daqiqa. "CHelsi"da o'zgarish. Pedro va Gilmor maydonga tushmoqda. Pulishich va Maunt maydonni tark etdi. 

Asosiy vaqtga hakam 6 daqiqa qo'shib berdi!

"Manchester Siti" futbolchilari oxirgi kuchlarini ishga solib oldinga borishga harakat qilishmoqda, lekin endi ular ham "poezd ketib" bo'lganini tushunib turishibdi.

78-daqiqa. GOOOOOL! "CHelsi" yana oldinga o'tib oldi! Vllianning goli amalda "Liverpul"ni APL chempioniga aylantirdi desak mubolag'a bo'lmas. 

77-daqiqa. "VAR"ni kutib turgan hakam penalti belgiladi va Fernandinoni chetlatdi.

75-daqiqa. Avvalroq bo'lgan vaziyatdanda o'tadigani bo'lmaydigandek edi. Lekin yana "CHelsi" kutilmaganda keskin hujum uyushtirdi va Fernandino futbol o'rniga voleybol o'ynab yubordi.  

Ayni damda Moxamed Salax sobiq jamoadoshlarini yanada ko'proq qo'llab turgani bor gap!

71-daqiqa. DAXSHAT vaziyat! To'p qanday qilib darvozaga kirmay qoldi?!

69-daqiqa. Temmi Abraxam himoyachilardan qochib ketayotgandek ko'ringandi, Ederson uning oldidan chiqib, to'pni egallab oldi.

68-daqiqa. Yana "suv ichib olish vaqti"

67-daqiqa. "Siti" navbatdagi burchak to'pini o'yinga kiritdi, lekin yana ish aniq zarbagacha etib bormadi. 

62-daqiqa. Mount ajoyib vaziyatga ega bo'ldi, lekin zarbasiga aniqlik etishmadi.  

62-daqiqa. O'zgarish. Jiru o'rniga Abraxam maydonga tushirildi. 

61-daqiqa. David Silva jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.

59-daqiqa. "Siti"da o'zgarish. Mendi o'rniga Zinchenko o'yinga qo'shildi! 

55-daqiqa. GOOOOL! Kevin De Bryuyne! Jarima zarbasidan ajoyib zarba berdi

55-daqiqa. "Manchester Siti" tarkibida o'zgarish. Rodri o'rniga David Silva, Bernardu Silvaning o'rnini Gabi Jesus egalladi. 

Vaqt o'tgani sari mehmonlar "CHelsi" darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishlari qiyinlashib boraveradi. Frenk Lempard shogirdlari ham natija uchun oxirgacha kurashishlari aniq.

52-daqiqa. Mendi yana hujumga qo'shildi va zarba berdi, lekin juda noaniq. 

50-daqiqa. Kristensen maydonga qaytdi va bo'sh tribunalar tomondan unga olqishlar yangradi.   

"Siti" zaxirasidagilar ham faol tarzda mashq qilmoqda, ularning har biri o'yinga qo'shilishga va jamoasiga yordam berishga tayyor.

47-daqiqa. Kuchli zarb bilan uchib kelgan to'p boshiga tekkan Kristensen yorda o'tiribdi va Kurt Zuma shu zahoti chigalyozdi mashqlarini boshlab yubordi.

46-daqiqa. "Siti" tanaffus bo'lmagandek, yana to'pni egallab "CHelsi" himoyachsidagi kamchiliklarni izlash bilan ovvora.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Biroq birinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishning imkoni bo'lmadi. 

45+1-daqiqa. "Siti" yana va yana hujum uyushtirishga zarba berib, Kepani ranjitishni xohlamoqda.

Bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Pep shogirdlariga hali hech narsa hal bo'lmagani va imkoniyat borligini uqtirmoqda. 

43-daqiqa. Markos Alonso o'z qanotida bir yo'la ikki raqibga qarshi kurash olib borib, ularning o'tib ketishiga imkon qoldirmadi.  

42-daqiqa. Kutilganidek, gol o'tkazib yuborgan "Siti" yanada katta kuch bilan oldinga bormoqda. 

38-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin Riyad Maxrez yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, zarba berdi, lekin to'p nishondan yuqoriroqdan uchib o'tib ketdi.

Buyog'iga o'yin yanada qizishi turgan gap.

36-daqiqa. GOOOOOL! Ferlan Mendi va Gyundogan kelisha olmay qolishdi, natijada Pulishich to'pni olib qochib ketdi va hisobni ochdi!

33-daqiqa. Burchak zarbasidan so'ng yana mezbonlarda qulay imkoniyat bo'ldi, biroq Ederson o'z joyida ekanligini eslatib qo'ydi. 

32-daqiqa. Ajoyib vaziyat. "CHelsi" futbolchilari bir necha bor qulay vaziyatlardan zarba berishga muvaffaq bo'lishdi, ammo har safar to'p yo'liga kimdir to'g'anoq bo'laverdi. Burchak to'pi. 

Maydonda "Liverpul" futbolchilari bo'lmasada, "qizillar" muxlislari juda faollar.

23-daqiqa. Bosh hakam futbolchilarni chanqoqlarini bosib olishlari uchun imkoniyat berdi. 

21-daqiqa. "Manchester Siti" hamon faolroq va raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda. 

18-daqiqa. AJOYIB SEYV! Jarima zarbasidan so'ng bosh bilan berilgan zarbani Kepa katta qiyinchilik bilan qaytarib yuborishga muvaffaq bo'ldi. 

16-daqiqa. Himoyalanayotganlarning sustkashligi sabab xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin Ryudiger jamoasi joniga oro kirdi. 

15-daqiqa. Ederson o'z uslubida uzoq masofaga to'pni etkazib berishga harakat qildi, ammo o'xshamadi. 

13-daqiqa. "CHelsi" oldinga o'tdi, lekin mezbonlar jarima maydoniga kirib borishgan pallada "Siti" futbolchisi to'pni uzoqlashtirdi.

11-daqiqa. Yana chap qanotda faollik. Bu safar Mendi oldinga o'tdi va jarima maydoniga kirib borayotgandi, "CHelsi" futbolchisi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. "Siti" burchak to'pidan naf chiqara olmadi. 

9-daqiqa. Hujumning chap qanotidan erlatib kuchli tarzda oshirilgan to'p yo'liga Kepa to'g'anoq bo'ldi.   

Ha, hozirgi daqiqalarga kelib Gvardiola shogirdlari to'pni raqibdan olib qo'ya olgandek. Aynan mehmonlar to'p bilan ko'proq muolamalada bo'lishmoqda. "CHelsi" hozircha o'z imkoniyatini kutayotgandek.

4-daqiqa. Havo kelayotgan to'pga avvaliga intilgan Kevin De Bryuyne qarshisidan Olive Jiru kelganini ko'rib, kurashishga harakat ham qilib o'tirmadi. 

Har ikki jamoa hozircha o'z o'yinini o'tkazishga harakat qilmoqda.

2-daqiqa. "Siti" oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, ammo to'p oshirishdagi xato tufayli mehmonlar ortga qaytishga majbur.

1-daqiqa. Uchrashuvni mezmonlar boshlab berishdi.

Koronavirus COVID-19 sabab bir daqiqa sukut saqlanmoqda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va APL stadion uzra madhiyasi yangramoqda.  

To'rtinchi va ikkinchi o'rindagi jamoalar bellashuvi. Nisbatan olib qaraydigan bo'lsak, bugun ochko "aristokratlar"ga zarurroqdek. Sababi, Pep nima demasin bu mavsum "Liverpul"ni quvib etishning iloji yo'q. "CHelsi" esa hali yuqoriroq o'rin va ECHL yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. "Siti"ning diskvalifikaciyasi nima bo'lishi hali aniq emas. SHu sababli, 5-o'rin ham CHempionlar Ligasiga yo'llanma beradi deb ishonib qolish qimmatga tushishi mumkin.

"SHaharliklar" bugun ochko yo'qotsa, "Liverpul" o'z-o'zidan rasman APL chempioni nomiga sazovor bo'ladi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. Etiborga loyiq jihati, bugun mehmonlar tarkibida birorta nominal hujumchi yo'q. 


game-spycosy=3056039]


YANGILASH


CHelsi – Manchester Siti

26 iyun, 00.15, «Stemford Bridj»

CHelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Kante, Barkli, Pulishich, Maunt, Villian, Jiru.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Mendi, Bernardu Silva, Gyundogan, Sterling, Rodri Ernandes, Marez, de Bryuyne, Fernandino.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика