So’nggi yangiliklar

07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  0 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2

APL. "CHelsi" - "Liverpul" va boshqa o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "CHelsi" - "Liverpul" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Teglar :  APL Prevyu
Bugun Angliya chempionatida "Everton" - "Vest Bromvich" o'yini bilan 2-tur bahslari start oladi.

Demak, quyida muhim o'yinlar prevyusi bilan tanishing.

    19.09 21:00 (Toshkent vaqti) “Manchester Yunayted" – "Kristal Pelas"

MYU Evropa Ligasidagi ishtiroki bois 1-turda qatnashmagandi. Endilikda MYUning mavsumdagi dastlabki o'yini "Kristal Pelas"ga qarshi kechadi.

"Manchester Yunayted" ushbu transfer oynasida nisbatan passiv ko'rindi. Mankunianlar faqat Donni van de Bekni xarid qilishdi. Boshqa kuchaytirishlardan ijaradan qaytganlar – Markos Roxo, Kris Smolling va Din Xendersonni keltirib o'tish mumkin. SHuningdek, MYU sotuvlar bilan ham shug'ullanmadi.

"Manchester Yunayted" mavsum oldidan bitta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. "Qizil iblislar" "Aston Villa"ga minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Burgutlar" 1-turda Zaaning goli evaziga "Sautgempton"ni mag'lub etishga erishdilar (1:0) va start yaxshi boshlandi. Lekin Roy Xojson shogirdlari Liga Kubogida "Bornmut"ga penaltilar seriyasida yutqazib, turnirdan chiqib ketdilar,

"Kristal Pelas" mavsum oldidan bir nechta muvaffaqiyatli sinov-nazorat bahslarida ishtirok etdi. Biroq raqiblar nisbatan kuchsizroq edi: "Milluoll" (1:0), "Oksford" (2:1), "CHarlton" (3:0) va "Brondbyu" (1:1).

Tarkiblar bo'yicha

Sulsherda bir nechta muammolar mavjud. Jumladan, yaqindagina COVID-19'ni engib o'tgan Pol Pogba hali o'ynashga tayyor emas.

"Yunayted" bosh murabbiyi oldida yana bir mushkulot turibdi, darvozani kim qo'riqlaydi?  Ijaradan qaytib, o'rtoqlik o'yinida qatnashgan Din Xendersonmi yoki mashg'ulotlarga kechikib kelayotgan De Xeami?   

Donni van de Bek rasmiy o'yindagi debyutini o'tkazishi kutilmoqda.

SHov-shuvli voqealarda qatnashib, diqqat markazda turgan Meyson Grinvud o'yinda ishtirok etmasa kerak. 

Aaron Uan-Bissaka o'z sobiq klubiga qarshi o'ynashdan umidvor, ammo u mavsumoldi yig'inni o'tkazib yuborgan, shu bois Brendon Uilyams asosiy tarkibda o'yinga tushsa, ajablanib o'tirmang.

Jarohat tufayli mavsum so'ngini o'tkazib yuborgan Lyuk SHou safga qaytgan. Tuanzebe esa hamon jarohatlanganlar ro'yxati yuqorisida turibdi.

"Kristal Pelas"dagi xushxabarlardan biri – Mamadu Sako safda ekanligi. 

22 yoshli hujumchi Eberechi Eze MYUga qarshi to'qnashuvda debyutini nishonlashi kutilayotgan bo'lsa, "CHelsi"dan ijaraga olingan Mishi Batshuayi o'z imkoniyatini kutmoqda.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

Man Yunayted” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Kristal Pelas” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

57 ta

38 (67%)

4:0, 5:1

8 (14%)

5:0

11 (19%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Yunayted" oxirgi 14 o'yinda yutqazmagan (Premer-liga).

- "Kristal Pelas" so'nggi 4 mehmon o'yinida gol urmagan (Premer-liga).

- MYU so'nggi 19 o'yindan 18 tasida "Kristal Pelasga mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar). 

- "Kristal Pelas" oxirgi 4 safar uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Yunayted” (4-2-3-1): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou - Bek, Maktominey - Jeyms, Fernandesh, Reshford - Marsyal

"Kristal Pelas" (4-4-2): Guayta - Uord, Kuyate, Dann, Mitchell - Eze, Makkarti, Makartur, Zaa - Batshuayi, Ayyu

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tuanzebe, Jons ("Manchester Yunayted"), Tomkins, Kexill, van Anxolt, Fergyuson, Uikxem, Tosun ("Kristal Pelas") 

So'roq ostida: Uilyams ("Manchester Yunayted"), Vuds ("Kristal Pelas") 

    19.09 23:59 (Toshkent vaqti) “Arsenal" – "Vest Xem"

Mikel Artetaning ishi hammada ijobiy taassurot qoldirmoqda. "Kanonirlar" himoyada yaxshi o'ynayotgani, to'p nazoratida ancha ter to'kayotgani va pressingga o'tishda yuqori darajani ko'rsatayotgani yaqqol namoyon bo'lyapti, natijalar ham uzoq kuttirmayapti. Londonliklar oxirgi 7 o'yinlaridan 6 tasini g'alaba bilan tugatdilar.

Devid Moyes o'z vazifasini udallagan, yani "Vest Xem"ni APLda olib qola olgan. Biroq shotlandiyalik APL yangi mavsumida istefoga chiqish bo'yicha favorit sanalmoqda. Barchasi qiyin taqvim tufayli. Bundan tashqari, "Vest Xem" afsuski, birinchi turdayoq "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi (0:2).

Tarkiblar bo'yicha

Mikel Arteta Granit Jakaning holatidan xavotirda, u "Fulxem"ga qarshi o'yinda oyog'idan ozroq lat egan. Balki bugun markazda Dani Sebalosni ko'rarmiz. 

Yuqorida aytib o'tganimiz, Arteta o'tgan o'yinga nisbatan qo'l uradigan yagona o'zgarish bo'lishi mumkin.

Alohida aytish kerakki, David Luiz, SHkodran Mustafi va Pablo Mari safda emas.

Moyes uchun asosiy figura sanaluvchi Manuel Lansini sekin-asta tikalnib bormoqda. 

Jek Uilshir har doimgidek jarohat sababli o'yinda qatnashmaydi.

Kubok o'yinida yorqin o'yin namoyish etgan Felipe Anderson va Sebastyan Alle  Pablo Fornals va Maykl Antonio o'rniga maydonda ko'rinish berishlari mumkin. 

O'yinga oid faktlar:

- "Arsenal" "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 11 uy o'yinidan 10 tasida g'alabaga erishgan (barcha musobaqalar).

- "Arsenal" so'nggi 7 uy bahsidan 6 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Vest Xem" so'nggi 10 safar o'yinidan 9 tasida g'alaba nimaligini bilmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Arsenal” (3-4-3): Leno - Xolding, Gabriel, Tirni - Belerin, el-Nenni, Sebalos, Meytlend-Naylz - Villian, Lyakazett, Obameyang 

"Vest Xem" (4-2-3-1): Fabyanskiy - Frederiks, Diop, Ogbonna, Kressuell - Souchek, Rays - Bouen, Nobl, Anderson – Alle

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHembers, Mari, Mustafi, Luiz, Smit-Rou, Martinelli ("Arsenal"), Uilshir ("Vest Xem")

So'roq ostida: Sokratis, Jaka ("Arsenal") 

    20.09 16:00 (Toshkent vaqti) “Sautgempton" – "Tottenxem"

Mourinyu oxirgi paytlarda katta qiyinchiliklarga uchramoqda. U "Everton"dan qabul qilib olgan mag'lubiyatni koronavirus va hakamlar bilan bog'ladi. 

Britan OAvning xabariga ko'ra, o'sha o'yindan keyin Mourinyu va Alli o'rtasida o'zaro nizo kelib chiqqan. 

"Tottenxem" Bolgariyada kutilganidan ham yomon o'ynadi va "Lokomotiv" Plovdivni qiyinchilik bilan yutdi (2:1). 

Mourinyuni oldinda jiddiy sinov kutyapti, sababi Ralf Xazenxyuttl murabbiyligidagi "Sautgempton" ancha shakllangan jamoa. Xullas, qiziq bahs guvohiga aylanamiz.

Tarkiblar bo'yicha

"Sautgempton"ning asosiy o'yinchisi Natan Redmond Kubok o'yinida jarohat olgan va uning bo'lajak bahsdagi ishtiroki katta so'roq ostida.

Mussa Jenepo yaxshi sport formada ekanligini inobatga olsak, u asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Ralf Xazenxyuttl shuningdek, Vestergor, Long va Obafemi xizmatidan foydalanishi mumkin.  

"Tottenxem" "Lokomotiv" Plovdivga qarshi o'yindan keyin yo'qotishlarga yo'liqmadi. 

Faqat Tanganga jarohat tufayli "Sautgempton" bilan o'yinda maydonga tushmaydi, Serj Orening holati esa o'yindan oldin baholanadi.

"Tottenxem"ning Bolgariyadagi g'alabasini taminlagan Ndombele 11 talikdan joy olishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

Sautgempton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Tottenxem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

128 ta

39 (30%)

5:0

58 (45%)

8:0

31 (24%)


O'yinga oid faktlar:

- "Sautgempton" oxirgi 3 uy o'yinida mag'lub bo'lmagan (Premer-liga).

- "Tottenxem" so'nggi 5 safar uchrashuvidan 1 tasida mag'lubiyatga uchragan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Sautgempton” (4-4-2): Makkarti - Uoker-Piters, Stivens, Vestergor, Bertran - Smollboun, Uord-Prouz, Romeu, Jenepo - Long, Ingz 

"Tottenxem" (4-3-3): Loris - Doerti, Alderveyreld, Dayer, Devis - Ndombele, Xyoyberg, Lo CHelso - Moura, Keyn, Son

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Armstrong ("Sautgempton"), Tanganga ("Tottenxem") 

So'roq ostida: Salisu, Redmond ("Sautgempton"), Ore ("Tottenxem")

    20.09 20:30 (Toshkent vaqti) “CHelsi" – "Liverpul"

"CHelsi" o'tgan mavsumni 4-o'rin bilan tugatib, CHempionlar Ligasi guruh bosqichi yo'llanmasiga ega chiqdi.

Malumotlarga qaraganda, Lempard shogirdlari har bir o'yinda o'rtacha 1,82 ta gol uradi, chakki emas.

"Aristokratlar" yangi mavsumni ham ajoyib boshlashdi - "Brayton" ustidan g'alaba (3:1). 

"Liverpul" o'tgan mavsumni uzoq yil kutilgan chempionlik bilan tugatganidan xabaringiz bor, albatta. "Qizillar" 38 o'yinda 32 g'alaba, 3 darang va shuncha mag'lubiyat qayd etishgan.  

Klopp shogirdlari CHL 1/8 finalida to'xtagan bo'lsa, Angliya Superkubogida "Arsenal"ga yutqazdilar.

"Liverpul" APL 1-turida "Lids" bilan jang qildi va 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Liga debyutanti 3 marta hisobni tenglashtirdi, ammo oxirgi daqiqalardagi Salohning muvaffaqiyatli penaltisi "Liverpul"ga g'alabani olib berdi. 

Bugun shunchaki dahshatli, markaziy uchrashuv guvohiga aylanamiz. 

Tarkiblar bo'yicha

Tiago Silvaning elkasida jarohati bor, ammo "CHelsi"dagi debyutiga tayyormi yoki yo'q bilmaymiz, angliyalik hamkasblarimiz esa braziliyalik o'yinda ishtirok etmasligini takidlashmoqda.

Jamoaning yana bir yangi azosi Ben CHiluell hamon safda emas va aniq o'ynamaydi. CHap qanotda Sezar Aspilikueta yoki Markos Alonso harakatlanishi kutilmoqda. 

Mateo Kovachich diskvalifikaciyasini o'tab bo'ldi va Jorjinoni zaxiraga o'tirishga majbur qilish ehtimoli mavjud. 

Lempard hujum chizig'ida 2 ta forvardning xizmatidan foydalanishi mumkin. Bular Verner va unga sherik sifatida Abraxam yoki Jiru.

"Liverpul" "Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantarani xarid qilganidan xabaringiz bor, ammo u yakshanba kuni maydonga tushishi so'roq ostida.

Yurgen Klopp jamoasida CHemberlendan boshqa hamma soppa-sog'.

Klopp faqat bitta narsaga bosh qotiryapti - "Stemford Brij"da 11 talik tarkibda kim maydonga tushadi? Veynaldum yoki Keyta? Ko'pchilik, birinchisi, deya takidlamoqda.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

CHelsi” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Liverpul” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

186 ta

65 (35%)

6:1

79 (42%)

6:0

42 (23%)


O'yinga oid faktlar:

- "Liverpul" so'nggi 48 bahsidan 35 tasida yutqazmagan (Premer-liga).

- "CHelsi" o'z maydonidagi ozirgi 6 o'yinda g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Ko'klar" oxirgi 13 o'yindan 11 tasida 2 tadan kam gol urmagan (Premer-liga).

- "Qizillar" so'nggi 3 o'yinda 3 tadan kam gol urmagan (Premer-liga).

- "CHelsi" so'nggi 3 o'yinda o'z darvozasini "quruq" saqlagan (Premer-liga).

- "Liverpul" oxirgi 4 uchrashuvda raqib darvozasiga kamida 2 ta to'p kiritgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"CHelsi” (4-2-2-2): Kepa - Jeyms, Kristensen, Zuma, Aspilikueta - Kante, Kovachich - Maunt, Xaverc - Abraxam, Verner

"Liverpul" (4-3-3): Alison, Arnold, Gomez, van Deyk, Robertson - Xenderson, Fabino, Veynaldum - Saloh, Firmino, Mane

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHiluell, Ziesh, Gilmor, van Ginkel ("CHelsi"), CHemberlen ("Liverpul")

So'roq ostida: Silva, Pulishich ("CHelsi")

    22.09 00:15 (Toshkent vaqti) “Vulverxempton" – "Manchester Siti"

APL 2-turida "Vulverxempton" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Bu o'yin Pep Gvardiola shogirdlari uchun 2020/21 yilgi mavsumdagi birinchisi bo'ladi.

"Vulverxempton" mavsum ochilish o'yinida "SHeffild Yunayted" bilan bellashdi va ishonchli hisobda g'alaba qozondi (2:0). 

Biz bu bahsda nafaqat ikki jamoa to'qnashuviga, Xosep Gvardiola va Nunu Eshpiritu Santuning taktik kurashiga guvoh bo'lamiz.  

Tarkiblar bo'yicha

Xoni - "bo'rilar"ni xavotirga soladigan yagona jarohatlangan futbolchi.

Marsal chap qanotda, lateral sifatida to'p tepishi kutilmoqda, Adama Traore esa o'ng qanotdan joy oladi.

Emerik Lyaport va Riyad Marez sport formasida kamchiliklar kuzatilyapti, ular mavsumoldi jarayonlarning katta qismini o'tkazib yuborishgan va COVID-19'ga chalinishgandi.

Serxio Aguero va Bernardu Silva ham o'yinni o'tkazib yuboradi.

Yozda jamoaga kelib qo'shilgan Natan Ake asosiy tarkibda maydonga tushishi, Ferran Torres ham bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

Vulverxmpton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Man Siti” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

122 ta

48 (39%)

8:0

47 (39%)

6:0

27 (22%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Siti" so'nggi 5 o'yinda g'alabaga erishgan (Premer-liga).

- "Vulverxempton" so'nggi 7 uy o'yinidan 6 tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan (Premer-liga).

- "SHaharliklar" oxirgi 7 o'yindan 5 tasida gol o'tkazib yubormagan (Premer-liga).

- "Manchester Siti" so'nggi 5 uchrashuvda kamida 2 ta gol urgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Vulverxempton” (3-4-3): Patrisiu - Boli, Koudi, Saiss - Adama, Dendonker, Moutinyu, Marsal - Podense, Ximenes, Netu 

"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson - Uoker, Garsiya, Lyaport, Ake - de Bryuyne, Rodri, Gyundogan - Marez, Jezus, Sterling

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xoni ("Vulverxempton"), Silva, Aguero ("Manchester Siti")

So'roq ostida: Lyaport, Marez ("Manchester Siti")


SHuningdek, ushbu turda quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi:

19.09 16:30 "Everton" - "Vest Bromvich" 

19.09 19:00 "Lids" - "Fulxem" 

20.09 18:00 "Nyukasl" - "Brayton" 

20.09 23:00 "Lester" - "Byornli"

21.09 22:00 "Aston Villa" - "SHeffild Yunayted"      



Eplmanager.com. Bugun ikkinchi tur uchun dedlayn         


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика