APL. “CHelsi” – “Arsenal” va 24-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
21 jan 2020 22:49
Yangiliklar


APL. “CHelsi” – “Arsenal” va 24-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
22.01 00:30 (Toshkent vaqti) "SHeffild Yunayted" - "Manchester Siti"
Sheffield United |
Premier League . 24-tur 22/01/2020, 00:30 1
:
0
Tugadi
|
Manchester City Sergio Aguero - 73' |
Stadion: Bramall Lane, 31825 tomoshabin
Bosh hakam: Lee Mason
Dastlabki o'yin sifatida turnir jadvalida 7-pog'onada borayotgan “SHeffild Yunayted” va “Manchester Siti” o'rtasidagi uchrashuvning muhim malumotlarini bo'lishamiz.
"SHeffild Yunayted" bosh murabbiyi Kris Uaylder Devid Makgoldrikning jarohat olganidan afsusda ekanligini inobatga olmasa, unda boshqa muammo yo'q.
Oliver Makberni asosiy hujumchi rolida o'ynashi kutilmoqda, faqat uning hujumdagi sherigi jumboq ostida bo'lib turibdi. Ikkinchi hujumchi Billi SHarp yoki Lis Mussedan biri bo'lishi aniq.
"SHaharliklar"dan Leroy Sane va Emerik Lyaport «Bremoll Leyn»ga mehmonga kela olishmayapti.
Pep Gvardiola 11talik tarkibda bir nechta o'zgarishlarga qo'l urishi kutilmoqda.
Nikolas Otamendi, Aleksandr Zinchenko, Rodri, Kayl Uoker, Riyad Maxrez va Gabriel Jezus dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakatlanishi mumkin.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti"ning Premer-ligadagi oxirgi 14 o'yinilan 13tasida kamida 2 ta gol urilgan.
- "SHeffild Yunayted"ning Premer-ligadagidagi so'nggi 7 uchrashuvida 3tadan ko'p gol kuzatilmagan.
- "Manchester Siti" oxirgi 12 mehmon o'yinidan 11tasida raqib darvozasiga kamida 2ta gol kiritgan.
Taxminiy tarkiblar
"SHeffild Yunayted" (3-5-2): Xenderson, Beshem, Igan, O’Konnel, Boldok, Landstryom, Norvud, Flek, Stivens, Makberni, SHarp
"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino, Zinchenko, Rodri, De Bryoyne, Silva, Maxrez, Jezus, Sterling
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Mur ("SHeffild Yunayted"), Mendi, Stounz ("Manchester Siti")
So'roq ostida: Makgoldrik ("SHeffild Yunayted"), Lyaport, Sane ("Manchester Siti")
22.01 01:15 "CHelsi" - "Arsenal"
Chelsea Jorginho - 28', Cesar Azpilicueta - 84' Premier League . 24-tur 22/01/2020, 01:15
Arsenal Gabriel Martinelli - 63', Hector Bellerin - 87' Stadion: Stamford Bridge, 40577 tomoshabin Bosh hakam: Stuart Attwell
“CHelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard London derbisi oldidan Ris Jeyms bilan bog'liq muammoga duch keldi, SHunday ekan Emerson bugun o'yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.
Ruben Loftus-CHik, Kristian Pulishich va Marko van Ginkel safga qaytishmagan.
Lempard bugun Kurt Zuma va Mateo Kovachichni zaxirada qoldirib, Ross Barkli va Pedroning xizmatidan foydalanishi mumkin.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o'tgan o'yinda Sokratisni maydonga tushira olmagandi, bugun ham SHkodran Mustafi va David Luiz juftligi himoya markazidan joy olishi ehtimoli yo'q emas.
Kiran Tirni va Sead Kolashinacning jarohatda ekanliklarini inobatga olsak, Bukayo Saka yana chap qanot himoyasida to'p tepishi deyrli aniq. Uning qarama-qarshi tarafidan yani o'ng qanotdan Ektor Belerin joy egallaydi.
Matteo Genduzi Lukas Torreyraning o'rnida o'ynashi mumkin. SHuningdek, Dani Sebalos va Eddi Nketia o'z imkoniyatlarini kutishmoqda.
Per-Emerik Obameyang diskvalifikaciya tufayli yashil maydonda ko'rinish bermaydi.
O'yinga oid faktlar:
- "Arsenal" Premer-ligadagi oxirgi 3 mehmon o'yinida durang o'ynagan.
- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Arsenal"ga qarshi so'nggi 12 o'yindan10tasida kamida 2ta gol urgan.
- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Arsaenal"ga qarshi so'nggi 9 uy o'yinida yutqazmagan.
Taxminiy tarkiblar
"CHelsi" (4-3-3): Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Emerson, Kante, Jorjino, Kovachich, Villian, Abraxam, Xadson-Odoi
"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Belerin, Mustafi, Luiz, Saka, Jaka, Genduzi, Pepe, Ozil, Martinelli, Lyakazett
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Van Ginkel, Loftus-CHik, Pulishich (“CHelsi”), CHembers, Tirni, Kolashinac, Nelson ("Arsenal")
So'roq ostida: Alonso, Jeyms (“CHelsi”), Sokratis ("Arsenal")
23.01 00:30 "Tottenxem" - "Norvich"
Tottenham Hotspur Dele Alli - 38', Heung-Min Son - 79' Premier League . 24-tur 23/01/2020, 00:30
Norwich City Teemu Pukki - 70' Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 58182 tomoshabin Bosh hakam: Chris Kavanagh
“Tottenxem”da Denni Rouzning maydonga tushishi so'roq ostida. SHu bilan birga Ugo Loris va Tangi Ndombele mashg'ulotlarga qaytishgani quvonarli holat.
Ben Devis, Garri Keyn va Mussa Sissoko "Norvich"ga qarshi o'yin uchun mavjud emas.
Joze Mourinyu asosiy tarkibda yosh o'yinchi - Gedson Fernandesni maydonga tushirish ehtimioli bor. Eslab qoling, Gedson Fernandes! U Mourning "yangi kashfiyoti" bo'lishi mumkin.
"Norvich" himoyachisi Ben Godfri o'tgan turda qizil kartochka olgani bois maydonga tushmaydi.
Timm Kloze - "Norvich"ning jarohatdagi yagona futbolchisi.
Kenni Makleyn va Tom Tribull yarim himoya markazidan joy olishlari kutilmoqda.
O'yinga oid faktlar:
- "Tottenxem" APLda so'nggi 3 o'yindan beri gol ura olmadi.
- "Norvich" Premer-ligadagi so'nggi 11 o'yindan 10tasida g'alaba qozonmagan.
- "Tottenxem" "Norvich" bilan oxirgi 3 o'yinda kamida 2ta gol urgan.
Taxminiy tarkiblar
"Tottenxem" (4-3-1-2): Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Vertongen, Tanganga, Lo CHelso, Fernandes, Uinks, Alli, Moura, Son
"Norvich" (4-2-3-1): Krul, Eronz, Cimmerman, Xenli, Bayram, Tribull, Makleyn, Buendia, Duda, Kantuell, Pukki
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Devis, Sissoko, Keyn (“Tottenxem”), Kloze (“Norvich”)
So'roq ostida: Loris, Rouz, Ndombele ("Tottenxem")
23.01 01:15 "Manchester Yunayted" - "Byornli"
Manchester United Premier League . 24-tur 23/01/2020, 01:15
Burnley Chris Wood - 39', Jay Rodriguez - 56' Stadion: Old Trafford, 73198 tomoshabin Bosh hakam: Jonathan Moss
Ule Gunnar Sulsher jamoasida jiddiy yo'qotish bor. Bu albatta, 6 oy muddatga safdan chiqqan Markus Rashforddir. MYUda shuningdek, Pol Pogba, Skott Maktominey, Markos Roxo va Aksel Tuanzebe kabilar jarohatda.
Meyson Grinvud va Xuan Mata o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari kutilmoqda.
SHon Daych qo'l ostidagi futbolchilardan faqat Eshli Barns va Iogann Gudmundsson "Manchester Yunayted"da mehmon bo'lishmaydi.
Murabbiy hujumda Kris Vud-Jey Rodriges tandemidan foydalanishi kutilmoqda.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Yunayted" APLda oxirgi 9 uy o'yinida yutqazmagan.
- MYUning APLdagi so'nggi 6 o'yinida 2tadan ko'p gol sodir bo'lgan.
- "Manchester Yunayted" - "Byornli" o'rtasidagi barcha musobaqalardagi so'nggi 6 uchrashuvdan 5tasida 2tadan kam gol urilmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea, Uan-Bissaka, Bayi, Maguayr, Uilyams, Matich, Fred, Grinvud, Mata, Jeyms, Marsyal
"Byornli" (4-4-2): Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor, Xendrik, Uestvud, Kork, Maknil, Rodriges, Vud
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Roxo, Tuanzebe, Maktominey, Pogba, Rashford (“Manchester Yunayted”), Gudmundsson, Barns (“Byornli”)
So'roq ostida: Fosu-Mensa (“Manchester Yunayted”)
24.01 01:00 "Vulverxempton" - "Liverpul"
Wolverhampton Wanderers Raul Jimenez - 51' Premier League . 24-tur 24/01/2020, 01:00
Liverpool Jordan Henderson - 8', Roberto Firmino - 84' Stadion: Molineux Stadium, 31746 tomoshabin Bosh hakam: Michael Oliver
"Bo'rilar"dan Ruben Vinagre va Villi Boli navbatdagi o'yinni ham o'tkazib yuboradilar.
Nunu Eshpiritu hujum chizig'idan unumli foydalangan holda Pedru Netu, Raul Ximenes va Adama Traore hizmatidan foydalanishi mumkin.
"Liverpul" safida o'yindan oldin Deyan Lovrenning holati baholanadi. Klayn va Milner o'z jarohatlarini davolash bilan bandlar.
Mane yakshanba kuni og'ir o'yinni o'tkazgani tufayli Klopp Divok Origiga asosiy tarkibdan joy ajratishi va boshlang'ich tarkibda o'ynash imkoniyatini taqdim etishi ehtimoli mavjud.
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" Premer-ligada so'nggi 13 o'yinda faqat g'alaba qozongan.
- "Qizillar" oxirgi 31 uchrashuvidan 27tasida kamida 2ta gol urgan.
- "Liverpul" so'nggi 7 o'yinda o'z darvozasini "quruq" saqlagan.
- "Bo'rilar" oxirgi 19 uy o'yinidan 17tasida yutqazmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Vulverxempton" (3-4-3): Patrisiu, Saiss, Koudi, Dendonker, Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni, Traore, Ximenes, Netu
"Liverpul" (4-3-3): Alison, Arnold, Gomez, Van Deyk, Robertson, Fabino, Xenderson, Veynaldum, Salax, Firmino, Origi
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Vinagre, Boli ("Vulverxempton"), Klayn, Keyta, Milner, SHakiri ("Liverpul"),
So'roq ostida: SHabani, Jota ("Vulverxempton"), Lovren ("Liverpul")
SHuningdek, bu turda quyidagi to'qnashuvlar kuzatiladi:
22.01 00:30 "Bornmut" - "Brayton"
22.01 00:30 "Aston Villa" - "Uotford"
22.01 00:30 "Everton" - "Nyukasl"
22.01 00:30 "Kristal Pelas" - "Sautgempton"
23.01 00:30 "Lester" - "Vest Xem"
30.01 00:45 "Vest Xem" - "Liverpul" (18-turning qoldirilgan o'yini)
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar