So’nggi yangiliklar

21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  0 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  1 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1

APL. Bilich SHekspir qalamini sindira oladimi? 29-tur prevyusi Yangiliklar

APL. Bilich SHekspir qalamini sindira oladimi? 29-tur prevyusi

Teglar :  PrevyuPremer-liga
Bugun kichik tanaffusdan keyin dunyoning eng qiziqarli va tomoshabop chempionati bo'lgan Angliya Premer-ligasi yana davom ettiriladi.

Tumanli albionda 29-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turning markaziy bahsi hisoblangan "Manchester Siti" - "Liverpul" qarama-qarshiligiga bag'ishlangan prevyuni ertaga o'qishingiz mumkin bo'ladi. Quyida esa ana shu turdagi qolgan o'yinlarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga haqola etamiz.

APL, 29-tur
"Vest Bromvich" – "Arsenal"

18.03.2017, 17:30
"Xautorns"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

"Arsenal" CHempionlar ligasini tark etdi va endi Angliya chempionatidagi holatini yaxshilashga etibor qaratsa ham bo'ladi. "Kanonirlar"ning ECHL yo'llanmalari uchun raqobatchilari oddiy jamoalar emas. Jamoa natija borasida oqsamoqda, lekin bugungi raqibni engishga kuchi etadi.

"Vest Bromvich" esa Premer-ligada qolish masalasida hal etib bo'ldi hisob, buyog'iga Evropa ligasi yo'llanmasi uchun harakat qilib ko'rsa bo'ladi.

Qiziq:

- "Arsenal" Premer-liga doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi oxirgi 12ta o'yindan faqat bittasini yutqazgan (9 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Kanonirlar" bugungi raqibiga qarshi 21ta chempionat o'yinining barchasida gol urgan;
- Jeyms Morrison "Xautorns"da "to'pchilar"ga qarshi kechgan oxirgi uchta o'yinda ikkita gol urgan.



"Kristal Pelas" – "Uotford"
18.03.2017, 20:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

"Kristal Pelas" APLda oxirgi beshta o'yindan uchtasini o'z foydasiga hal etdi va xavfli zonadan chetga chiqdi. Sem Ellardays "qutqaruvchi mutaxassis" rolini alo darajada bajarishda davom etmoqda.

"Uotford" uchta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti va bu tempda chempionatda jon saqlab qolish qiyin masala. Valter Maccari o'zgarish qilishi kerak.

Qiziq:


- Troy Dini "Pelas"ga qarshi barcha musobaqalardagi so'nggi uchta bahsda 4ta gol urgan;
- Kristian Benteke APLda 22ta turli klublarga gol urgan, lekin "Uotford" darvozasiga hali yo'l topa olmagan;
- Bu mavsum faqatgina "Sanderlend" (31) "Pelas" va "Uotford" (30)dan ko'ra ko'proq futbolchilar xizmatidan foydalangan.



"Everton" – "Xall Siti"
18.03.2017, 20:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Pol Tirni (Lankashir)

O'tgan turda "irislar" ettinchi o'rin uchun kurashdagi asosiy raqiblari "Vest Bromvich"ni 3:0 hisobida taslim etishdi. Kuman shogirdlari uyda juda kuchli jamoaga aylanishadi. Lukaku eng yaxshi formada, Barkli, Mirallas, Devislar ham yaxshi o'yin namoyish etishmoqda.

"Yo'lbarslar" oldingi turda "Suonsi" ustidan juda muhim g'alabaga erishishdi. Lekin, Marko Silva shogirdlari hali xavfli zonadan qochib ulgurishmagan.

Qiziq:

- "Xall Siti" jamoasi "Everton"ni "Gudison Park"da 1952 yildan beri mag'lub eta olmagan. O'shandan buyon "yo'lbarslar" ushbu stadiondagi oltita o'yindan beshtasini boy berishgan;
- "Xall"ning hozirgi tarkibida hech bir o'yinchi safar o'yinlarida bittadan ortiq gol urmagan (beshta futbolchi bittadan gol);
- Romelu Lukaku APLning bir mavsumida 20ta gol urgan "Everton"ning birinchi futbolchisi bo'lishi uchun yana bitta to'p kiritsa bas.



"Stok Siti" – "CHelsi"
18.03.2017, 20:00
"Britannia"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"CHelsi" chempionlik sari ishonch bilan qadam tashlashda davom etmoqda. Konte shogirdlari qati va samarali o'yin ko'rsatishmoqda. Bugungi bahsda ham ustunlik "aristokratlar" tomonida.

"Stok Siti" etakchilarga muammo tug'dira oladigan jamoalar sirasiga kiradi. Ular Premer-ligada 8ta o'yindan beri uy uchrashuvlarini yutqazishmayapti.

Qiziq:

- "Stok" APLda "CHelsi"ga qarshi 17ta uchrashuvdan faqat ikkitasida g'alaba qozongan (2 g'alaba, 3 durang, 12 mag'lubiyat);
- Fabregas "Stok Siti"ga qarshi 8ta o'yinda 7 golli pas bergan va ikkita gol urgan (Asosiy tarkibda tushganida);
- Antonio Konte bu mavsum barcha o'yinchi almashtirish imkoniyatlaridan foydalanmoqda (81tadan 81ta). 2014-2015 yilgi mavsum "Manchester Siti" barcha 114ta imkoniyatdan foydalangan edi.



"Sanderlend" – "Bernli"
18.03.2017, 20:00
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

"Sanderlend" APLda oxirgi uchta o'yinda birorta ham gol urmadi. Turnir jadvalida so'nggi pog'onani egallab turgan klub uchun bu oddiy natijadek. Lekin, Moyes jiddiy o'zgarishlar qilmasa, keyingi mavsumni CHempionshipda o'tkazishi hech gap emas.

"Bernli" safarda juda yomon o'ynaydigan jamoa. Bu mavsum mehmonda bor yo'g'i 2 ochko yig'a olgan SHon Daych shogirdlari bu qarama-qarshilikda kichik ustunlikni mezbonlarga boy berishadi.

Qiziq:

- "Bernli" bu mavsum "Sanderlend"ga qarshi uchta o'yinda ham yutqazmagan (2 g'alaba, 1 durang);
- Jermeyn Defo "Bernli"ga qarshi o'zining so'nggi ikkita o'yinida gol urgan;
- Andrey Grey "Bernli"ning Premer-ligada xet-trik qayd etgan birinchi futbolchisi hisoblanadi. U o'tgan yilning dekabrida aynan "qora mushuklar" bilan bahsda uchta gol urgan (4:1).



"Vest Xem" – "Lester"
18.03.2017, 20:00
"Boleyn Graund"
Bosh hakam:
Rodjer Ist (Uiltshir)

Raneri ketganidan keyin "Lester" faqat g'alaba qozonmoqda. CHempionlar ligasida chorak finalga chiqish esa jamoa o'yinchilariga ruhiy jihatdan katta ustunlik berishi aniq.

"Vest Xem" esa yaxshi formada emas. Klub to'rtta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmaydi. Lanzini va Ayyular yaxshi o'yin ko'rsatayotganiga qaramay, himoyadagi ishlar ko'ngildagidek emas. Bilich boshchiligidagi "bolg'aurarlar" SHekspirning qalamini sindira olishadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

Qiziq:

- "Lester" jamoasi "Vest Xem"ga qarshi oxirgi to'rtta APL o'yinida yutqazmagan (3 g'alaba, 1 durang);
- Kreyg SHekspir faoliyatini Premer-ligadagi uchta g'alaba bilan boshlagan "Lester"ning birinchi murabbiyiga aylanishi mumkin.



"Bornmut" – "Suonsi"
18.03.2017, 22:30
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

Xavfli hududga juda ham yaqin turgan ikki klub to'qnashuvi. Joshua Kingning o'tgan turdagi xet-triki "Bornmut"ga APLda 2017 yildagi ilk g'alabani taqdim etdi. Uyda samador o'yin ko'rsatadigan mezbonlar bugun kichik ustunlikka ega bo'lishadi.

"Oqqushlar" esa oxirgi uchta safar o'yinini boy berishgan. Bugun Pol Klement ikkita asosiy tarkib o'yinchilari xizmatidan foydalana olmaydi. Bular: Kayl Noton va Martin Olsson. Sigurdssoni bor "Suonsi"ning standart vaziyatlari hamisha xavfli ko'rinish oladi.

Qiziq:

- "Bornmut" jamoasi "Suonsi"ga qarshi oxirgi ettita APL o'yinidan oltitasida kamida ikkitadan gol urgan;
- Joshua King "Suonsi"ga qarshi 3ta chempionat o'yinida uchta gol urgan;
- Bu mavsum "Suonsi" yarim himoyachisi Gulfi Sigurdsson APLning boshqa istalgan o'yinchisidan ko'ra ko'proq golli pas berdi (11ta) va ko'proq yugurdi (318,2 km).



"Midlsbro" – "Manchester Yunayted"
19.03.2017, 17:00
"Riversayd"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Midlsbro" ikki kun oldin Aytor Karankani istefoga chiqardi. Jamoa APLda 2016 yilning 17 dekabridan buyon yutmagan. Ana shu vaqt mobaynida bor yo'g'i 4 ochko jamg'ardi va o'rtamiyonalar orasidan autsayderlar safiga qo'shilib oldi.

"Manchester Yunayted" Evropa ligasida chorak finalga yo'l oldi. Angliya kubogida esa "CHelsi"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. MYU bu turdagi raqibini o'zaro bahslarda taslim etib kelgan. Bu safar Mourino Ibragimovich, Runi, Marsyal, Pogba kabi o'yinchilar xizmatidan foydalana olmaydi. Bu esa uning hujumdagi tanlovini cheklab qo'yadi. Hujumda faqat Reshford bor, qanotlarga va hujumchi ortiga Mxitaryan, Mata, Lingard, Yang bor.

Qiziq:

- "Manchester Yunayted" jamoasi "Midlsbro"ga qarshi oxirgi 14ta Premer-liga o'yinining har birida gol urishni uddalagan;
- "Qizil iblislar" APL doirasida "Riversayd" stadionidagi oxirgi oltita o'yinlaridan to'rttasini o'z foydalariga hal etishgan (4 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- MYUning navbatdagi g'alabasi Premer-ligada 600chi yutuq bo'ladi va ular bu marrani birinchi bo'lib zabt etgan bo'lishadi.



"Tottenxem" – "Sautgempton"
19.03.2017, 19:15
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Tottenxem" mavsum yakuniga juda yaxshi formada etib keldi. Lekin, Xarri Keynning jarohati hujumlarni yakunlashda kichik muammolarni tug'dirishi mumkin. "SHporlar" bu mavsum uyda yutqazmagan APLning yagona jamoasi hisoblanishadi.

"Sautgempton" Manolo Gabbiadinini sotib olgach, ishlari ancha yurishib qoldi. Hujumda Tadich, Redmond va Gabbiadinilar sermahsul o'yin namoyish etishmoqda. Lekin, uyda eng xavfli jamoaga qarshi ulardan g'alaba kutish qiyin.

Qiziq:

- Maurisio Pochettino sobiq jamoasi bo'lgan "Sautgempton"ga qarshi oxirgi beshta o'yindan faqat bittasini yutqazgan (3 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- Dele Alli bu turdagi raqibga qarshi so'nggi ikkita Premer-liga o'yinida uchta gol urgan va bitta pas bergan;
- Manolo Gabbiadini Premer-liga tarixida Mik Kuin va Diego Kostalardan keyin dastlabki to'rtta o'yinda gol urgan uchinchi futbolchiga aylanishi mumkin.



"Manchester Siti" – "Liverpul"
19.03.2017, 21:30
"Etixad Stedium"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика