APL. “Arsenal” ishonchli g'alabaga erishdi va “Vest Bromvich”ni CHempionshipga ravona qildi
10 may 2021 00:58
Yangiliklar
APL. “Arsenal” ishonchli g'alabaga erishdi va “Vest Bromvich”ni CHempionshipga ravona qildi
Londonliklardan gollarni Emil Smit-Rou, Nikolas Pepe va Villian urgan bo'lsa, raqib safida javob to'pini Mateus Pereyra kiritdi.
“To'pchilar” ochkolari sonini 52 taga etkazgan holda 9-o'ringa qaytdi. 19-pog'onadagi “Vest Bromvich” esa rasman APL bilan xayrlashdi. Avvalroq, “SHeffild Yunayted” CHempionshipga tushib ketgani malum bo'lgandi.
"Arsenal" – "Vest Bromvich" 3:1 (2:0, 1:1)
"Emireyts"
Gollar: 1:0 – 29 Smit Rou, 2:0 – 35 Pepe, 2:1 – 67 Mateus Pereyra, 3:1 – 90 Villian.
"Arsenal" – Leno, Xolding, CHembers, Gabriel, Pepe, Smit Rou (Tirni, 63), Villian, El Nenni, Martinelli (Lyakazett, 60), Sebalos (Parti, 76), Saka.
"Vest Bromvich" – Jonston, Bartli, Ferlong, Adjayi, Taunsend, Fillips, Gallaxer, Robinson (Diangana, 68), Yokushlu, Mateus Pereyra, Dian (Robson-Kanu, 56).
Ogohlantirishlar: Robson-Kanu (62), Sebalos (70), Gallaxer (76).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar