So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  1 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  1 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

APL. 8 tur prevyusi Yangiliklar

APL. 8 tur prevyusi

Dunyodagi eng tezkor va eng qiziqarli chempionat bo'lmish APLning 8 tur prevyusini etiboringizga havola etamiz.
"Manchester Siti" – "Tottenxem"
SHanba, "Etixad stedium", 16:45, hakam: Jonatan Moss

"SHaharliklar" so'nggi yillarda "Tottenxem" uchun eng noqulay raqiblardan biriga aylangan. Xususan, o'tgan mavsumda ikki o'yinning umumiy hisobi 11:1 bo'lgan edi ("Siti" foydasiga). "SHporlar"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa o'yinini o'zgartira oldimi yo'qmi hozirdan bir narsa deyish qiyin, chunki, mavsumning asosiy qismi hali oldinda.

Jarohat olganlar: Mangala, Nasri – Noton, Uoker
So'roq ostida: SHadli, Loris ("Tottenxem")




"Kristal Pelas" – "CHelsi"
SHanba, "Selxerst Park", 19:00, hakam: Kreyg Pauson

Turnir jadvalini boshqarib borayotgan "CHelsi" oddiygina klub bo'lgan "Kristal Pelas" uyida mehmon bo'ladi. Bir qarashda londonliklar yaqqol favorit, lekin o'tgan mavsumda Mourino shogirdlari shu stadiondan mag'lub bo'lib qaytishgan edi. SHunga qaramay, Mour jamoasi bu yil o'ziga juda ham ishongan va natijalar ham shunga yarasha bo'lmoqda.

Jarohat olganlar: Dann ("Kristal Pelas")
So'roq ostida: Bolasi – Ramires, Drogba, Kosta

"Sautgempton" – "Sanderlend"
SHanba, "Sent-Meri", 19:00, hakam: Andre Marriner

Mezbonlar hozircha yangi bosh murabbiy Ronald Kuman qo'l ostida o'zlarining kuchli taraflarini ko'rsata olishmoqda. Jamoa to'purari Graciano Pelle APLda sentyabrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, Kuman oy murabbiyiga beriladigan sovringa ega chiqdi. Garchi "Sautgempton" oldingi turda "Tottenxem"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsada, bu bahsda favorit hisoblanadi.

Jarohat olganlar: Rodriges, Uord-Praus – Alvares, Koates, Jakkerini
So'roq ostida: Yosida, Gallaxer ("Sautgempton")




"Everton" – "Aston Villa"
SHanba, "Gudison Park", 19:00, hakam: Entoni Teylor

Bu jamoalar avvalgi turda Manchester shahrining ikki klubidan mag'lubiyatga uchrashgan. "Villa" uch tur avval ikkinchi pog'onada borayotgan edi, ammo ketma-ket "Arsenal", "CHelsi" va "Manchester Siti" kabi etakchilardan uchralgan mag'lubiyatlar Pol Lambert shogirdlarining 10 o'ringa tushib ketishlariga sabab bo'ldi. "Everton" esa hozircha o'zini o'nglab ololganicha yo'q.

Jarohat olganlar: Miralyas, Kone, Stounz – Kozak
So'roq ostida: Barkli, Koulmen, Makkarti, Pienaar – Delf, Senderos


"Arsenal" – "Xall Siti"
SHanba, "Emireyts", 19:00, hakam: Rojer Ist

"Arsenal" shifoxonaning o'zginasiga aylanib qolgandek, bazida klub tarkibida sog'lom o'yinchilardan ko'ra jarohat olganlari ko'proqdek tuyuladi. "To'pchilar" doimiy tarzda jarohatlar bilan kurashib kelishadi. Bu o'z navbatida natijalarga ham tasir ko'rsatmay qolmayapti, oxirgi besh o'yinda bor yo'g'i birgina g'alaba Arsen Venger jamoasi uchun juda yomon natija.

Jarohat olganlar: Uolkott, Remsi, Koselni, Sanogo, Debyushi, Jiru, Ozil, Ospina – Makgregor, Snodgrass
So'roq ostida: Arteta, Diabi – Dyame, El-Muxamadi
Diskvalifikaciya: CHambers (Arsenal)




KPR – "Liverpul"
Yakshanba, "Loftus Roud", 17:30, hakam: Fil Daud

Mezbonlar ishonch bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borishmoqda, to'plar nisbati ham eng yomoni. Jiddiyroq chora ko'rilmasa klub shu mavsumning o'zidayoq chempionshipga ravona bo'lishi mumkin. "Liverpul" esa bu mavsumda ilk bor qatorasiga ikkita g'alabani qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega, xar holda KPR raqiblariga ochko ulashish bilan ovora.
 
Jarohat olganlar: Barton, Match, Forlin – Saxo, Flanagan
So'roq ostida: Kranchar – Starrij


"Vest Bromvich" – "Manchester Yunayted"
Dushanba, "Xotorns", 00:00, hakam: Mayk Din

MYU inqiroz ko'chasiga kirib qolgan bo'lishiga qaramasdan to'rtinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. So'nggi paytlarda klub o'z o'yinini topib borayotgandek. Lekin, ko'plab jarohatlar va jamoa sardori Ueyn Runining diskvalifikaciyasi mukammal tarkib bilan o'ynash uchun imkon bermayapti. Turni yopib beruvchi bellashuv qiziqarli o'tishiga shubha yo'q, mehmonlarning himoyasida yuzaga kelayotgan muammolardan mezbonlar hujumchisi Saido Beraino foydalanib qolishi mumkin. O'z navbatida MYUning fantastik hujumkor o'yinchilarini to'xtatib qolish uchun "Vest Bromvich" himoyachilari anchagina ter to'kishlariga to'g'ri keladi.

Jarohat olganlar: Anichebe, Varela – Valensiya, Evans, Lingard
So'roq ostida: Brant, Ideye – Karrik, Jons, Smolling, Yang
Diskvalifikaciya: Runi (MYU)


"Bernli" – "Vest Xem"
SHanba, "Terf Mur", 19:00, hakam: Kevin Frend

Jarohat olganlar: Vouks, Teylor – Kuyate, Kerroll
So'roq ostida: CHaloba, Ingz, Kin, Jons, Marni, Tripper – Kollinz, Demel, Jenkinson


"Nyukasl" – "Lester"
SHanba, "Sent-Jeyms Park", 19:00, hakam: Martin Atkinson

Jarohat olganlar: Aarons, Santon, De Yong – Apson
So'roq ostida: Krul, Dammett, River, Sisse, Tiote, R.Teylor – SHlupp, Marez


"Stok Siti" – "Suonsi"
Yakshanba, "Britannia Stedium", 20:00, hakam: Maykl Oliver

Jarohat olganlar: Odemvingi – Amat, Donnelli, Britton
So'roq ostida: Arnautovich, Kameron, Mozes, Uilan ("Stok Siti")
Diskvalifikaciya: SHelvi ("Suonsi")


Tolibjon Qosimov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика