APL 27-turidan so'ng biz bilgan etti fakt
27 fev 2019 19:10
Yangiliklar


APL 27-turidan so'ng biz bilgan etti fakt
“Uotford” ettinchi o'rinda
Xavi Garsiya bu mavsumda uning oldingi hamkasblari amalga oshira olmagan ishni uddalamoqda. Jamoa mavsumning ikkinchi pallasida ham motivaciyani saqlab qolmoqda. Ular “Kardiff Siti” maydonida beshta gol urib nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatib qo'yishdi.
“Arilar”ga Jerar Delofeu (het trik) va Troy Dini (dubl)ning ajoyib o'yini va qaysidir manoda omad ham yordam berdi. CHunki hakam berilishi kerak bo'lgan yaqqol penaltini “Uotford” jamoasi darvozasi tomon belgilamadi. Qayd etish joizki, mazkur g'alaba Xavi Garsiya shogirdlari uchun 80-yillardan beri elitadagi birinchi yirik g'alabadir. Jamoa o'rtamiyonalar ichida eng zo'ri nomiga asosiy davogardir. Bundan tashqari “Uotford” hali Angliya kubogida ham kurashni davom ettirmoqda va bu esa mavsumni ajoyib tarzda yakunlash uchun imkoniyatdir.
“Fulxem”ning tushib ketishi muqarrar ko'rinmoqda
Jamoaga murabbiy sifatida tayinlanganidan so'ng Klaudio Raneri yaxshi himoyalanadigan jamoa tuzishga umid qildi. Lekin ko'rinishidan bu safar unda bunisi o'xshamadi chog'i. Yani chempionat autsayderlari himoyalanishni yaxshi eplay olishmayapti. Endi esa Raneri jamoasining hujumkorlikdagi ustunligidan raqiblarini quvib o'tishda foydalanish haqida o'ylashga majbur.
Bu juma kuni amalga oshishi mumkin edi. “Fulxem” har doim ham etarli motivatciyaga ega bo'la olmayotgan “Vest Xem” maydonida o'ynadi. "Bolg'achilar" o'yinni yana yomon boshlashdi va “Fulxem” bu ustunlikni birinchi taym yarmigacha olib bora oldi, xolos. Muvozanatni esa CHicharito qo'li bilan urgan goli tufayli tenglashtirdi. Ushbu vaziyata noqulay poziciyada turgan hakam vaziyatga to'g'ri baho bera olmadi. Lekin CHicharito bu golni nishonlamadi. SHundan keyin “Vest Xem” o'yinni g'alabagacha olib bordi va “Fulxem”ni chempionship tomon qadam tashlashga majbur qildi.
“Tottenxem” chempionlik poygasidan chiqib ketmoqda
Maurisio Pochettino kamdan-kam holatda asablarini jilovlay olmaydi, balki shuning uchun uning uchrashuv hakami Mayk Dinga hamlasi kutilmagan hol bo'lgandir. Albatta uning jahl otiga minishiga etarli sabablar bor edi. “Byornli”ning birinchi goli noto'g'ri belgilangan burchak to'pidan keyin yuzaga keldi. Lekin Pochettinoning jahli chiqishiga asosiy sabab shuki, mazkur mag'lubiyat balki “Tottenxem”ni tituldan mahrum qilgan bo'lishi ham mumkin.
Pochettinoning fikricha, uning jamoasi agar chempionlikka erishmoqchi bo'lsa bunday bahslarni, albatta, yutishi kerak. Lekin aslida “shporlar”dan hozirgi holatda bundan ortig'ini kutib bo'lmaydi. Gap shundaki, shanba kuni ular mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgan jamoaga qarshi maydonga tushishdi. Tom Xiton dekabr oxirida yana asosiy tarkibga qaytganidan so'ng, “Byornli” sakkizta bahsdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda edi. SHon Daych jamoasi nihoyat muammolardan chiqib ketdi va o'tgan yilgi o'yinini namoyish qildi. SHunday o'yin bilan Terf Murdagilar bemalol kuchli o'nlikda mavsum tugatishni maqsad qilishlari mumkin.
Zivert oldingidek ochkolarsiz odimlamoqda
Angliyaliklar “Xaddersfild”ning yangi murabbiyining ismini bilishmas edilar. Endi esa bunga hojat ham yo'q. Afsuski, Yan Zivert ham olingi murabbiy Devid Vagner qilgan ishni og'ishmay davom ettirmoqda. Klub deyarli chempionshipda. Uning qo'l ostida jamoa mana to'rtinchi o'yindirki, mag'lubiyatga uchramoqda.
“Arsenal” bilan o'yinda klub yomon futbol o'ynamagan edi. Lekin “Nyukasl” bilan o'yinda ularda biror narsa amalga oshirish uchun hatto, imkoniyat ham bo'lmadi. Tommi Smitning tezkor chetlatilishi o'zi shundoq ham kuchsiz bo'lgan jamoani imkoniyatsiz qoldirdi. SHundan so'ng, Rafa Benites boshchiligidagi “Nyukasl”da raqibni nafaqat hotirjam o'ynagan holda yutish, balki yirik hisobda mag'lubiyatga uchratish imkoniyati ham vujudga keldi. Ustiga ustak, “Nyukasl”dagi yangi o'yinchi Migel Almironning o'yini o'sha kuni to'xtatib bo'lmasdek ko'rindi. Rafa bunday raqiblarga qarshi “qarg'alar” tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylangan Almironning asosiy tarkibda tushishi kerakligini olindan sezdi. Bunday “Xaddersfild”ga qarshi har qanday o'yinchi o'ziga ishonchni sezadi. “Xaddersfild” esa endi bemalol Yan Zivert bilan birgalikda chempionshipdagi yangi mavsum uchun tayyrogarlikni boshlab yuborishi mumkin.
“Lester” Klod Pyuelga chiqish eshiklarini ko'rsatdi
SHanba kuni Roy Xojson Primer-liga tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi va bu bayramni jamoasning 1:4 hisobidagi g'alabasi bilan yuvdi. Takidlash lozimki, bu g'alaba “Kristal Pelas” uchun Primer-liga eng yirik g'alaba sifatida tarixda qoldi. Ularning bu g'alabasi yana shunisi bilan esda qolarli bo'ldiki, mazkur natijadan so'ng “Lester Siti” bosh murabbiyi istefoga ravona bo'ldi.
Albatta, Pyuelning istefosi olindan malum edi. Qanchalik g'alati eshitilmasin, murabbiy kuzdagi tragedik voqealar sabab istefoga chiqishi aniq bo'lgandi. Lekin Pyuelning istefosiga aynan o'sha natijalarni sabab qilib ko'rsatib bo'lmaydi. Ammo olti o'yindan iborat g'alabasiz seriya shunchaki rahbariyatga bu qarorni qabul qilishiga turtki bo'ldi. Oldinroq “Sautgempton”da bo'lgani kabi Klod rahbariyat va muxlislarni o'yin strategiyasi jihatidan qanoatlantira olmadi. Ularning fikricha jamoa ruhiyatiga mos kelmaydigan o'yin uslubi va rotaciyaga o'ta moyillik talaygina savollarni keltirib chiqardi. “Lester” hali o'ziga yangi murabbiy topmadi. Lekin jamoa muxlislari shunga aminlarki, ularning jamoasida Klod Pyuell istefosidan yarim yil o'tmasdan kuzatilgan “Sautgempton”dagi afsuslanish ularda yuz bermaydi.
“Arsenal” to'rtinchi o'rinda
“CHelsi”ning Angliya Liga kubogidagi dramatik mag'lubiyati va “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ning nursiz durangi fonida ko'z ilg'amas tarzda kechgan bo'lsa ham, “Arsenal” to'rtinchi o'ringa chiqib oldi. To'g'ri, “to'pchilar” “CHelsi”ga qaraganda bitta ko'p o'yin o'tkazishdi. Lekin "ko'klar" mazkur o'yinni yutsalar ham, faqatgina ochkolarni tenglashtira oladilar xolos.
O'yin boshida “avliyolar” “to'pchilarga” ikkita imkoniyat berishdi va shu bilan tanaffusgacha bahs g'olibi masalasi kun tartibidan olib tashlandi. “Arsenal” yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi. Biroq qo'lga kiritilgan uch ochko va quruq o'yin ham ularga suv va havodek zarur edi. “Sautgempton” o'z navbatida xavfli zonada qolib ketmoqda va muxlislar yana tashvishga tushishmoqda. Klub so'nggi to'rt o'yinda ikki ochko ishladi xolos. Aftidan, yangi murabbiy Ralf Xazenxyuttlning "asaloyi" tugaganga o'xshaydi.
“Yunayted” va “Liverpul” hafsalani pir qilishdi
Turning markaziy bahsi bizga hech qanday dramatik voqealar va hayajonli lahzalarni taqdim qilmadi. "Old Trafford"da har ikki jamoa ham o'yin oxiriga qadar uch ochkoga ega bo'lish uchun to'p surganliklariga qaramay, hech bir klub sifatli o'yin va xarakter ko'rsata olmadi. “Qizil iblislar” birinchi taymning o'zidayoq uch o'zgarish qilishga majbur bo'lishdi. Ammo bu o'zgarishlar taktika o'zgarishiga olib kelmadi. “Liverpul” bazi xavfli urinishlariga qaramay, Sulsher shogirdlari bahsni qarshi hujum asosida olib borishdi. "Liverpul" ham bu uchrashuvda o'zini ko'rsata olmadi. Yurgen Klopp shogirdlari birinchi taymda hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Biroq hujumlarni yakunlashdagi aniqlik etishmasligi ularni o'yin boshidan to oxirigacha taqib etdi. Lekin chempionat etakchilari yaqqol golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi va chindan ham o'yin durangga mos edi.
BONUS. Angliya Primer-ligasida O'zbekiston reklama qilindi
Ha, albatta. Bu holat hammamiz uchun ajoyib va kutilmagan yangilik bo'ldi. “Uzreport TV” telekanali Terf Murdagi “Byornli” va “Tottenxem” bahsini namoyish qilayotgan bir paytda muxlislar “Hayot — O'zbekistonga bormaslik uchun juda qisqa” degan yozuvlar va Buxoro shahri manzarasini maydon chetidagi tabloidlarda ko'rib qolishdi. Uchrashuvdan keyin barcha tafsilotlar malum bo'ldiki. Bu “O'zbekturizm” agentligining Primer-liga rahbariyati bilan kelishuvi asosidagi reklama ekan.
Aytishlaricha, mazkur reklamani tekinga ko'rsatishni ”O'zbekturizm” valkillari kelisha olishibdi. Nima ham derdik?1 Ajoyib kelishuv! Bahs payti va undan keyin "Tvitter" ijtimoiy tarmog'ining ko'plab foydalanuvchilari ushbu reklamaga etibor qaratishganligini yozishdi. Bazilar esa hattoki, O'zbekistonga borish uchun chipta buyurtma qilishganini ham malum qilishdi.
Mamurjon Ibragimov tarjimasi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar