So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. 19-tur prevyusi. "Boxing Day" davom etadi Yangiliklar

APL. 19-tur prevyusi. "Boxing Day" davom etadi

Teglar :  APLPrevyuBoxing Day
Bugun tunda Angliya Premer-ligasida 19-turga start beriladi.
"Boxing Day" davom etadi qadrli futbol ixlosmandlari. Hamma bayram tatiliga chiqib ketgan, futbol shaydolari uchun esa qo'shaloq bayram. Demak, bugun tunda boshlanadigan 19-tur prevyusini etiboringizga havola etamiz. Oldinga o'tib shuni aytib o'tamizki, turning markaziy bahsi bo'lgan "Liverpul" - "Manchester Siti" o'yiniga alohida prevyuni saytimizda o'qishingiz mumkin.

"Xall Siti" – "Everton"
31.12.2016, 01:00
"Key Si"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

Turni ochib beruvchi o'yinda "Xall Siti" klubi "Everton"ni qabul qiladi. "Yo'lbarslar" tarkibida jarohatlanganlar safi anchani tashkil etadi, natijalar ham shunga yarasha bo'lmoqda. Jamoaning dastlabki to'rt turda ko'rsatgan himoyadagi tartibli o'yini "Arsenal"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng qaergadir yo'qolib qoldi. "Irislar" esa ayni paytda yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. "Arsenal", "Liverpul" va "Lester"ga qarshi o'yinlarda klub 6 ochko jamg'ardi. Bu "Everton"ni uchrashuv favoritiga aylantiradi.

Qiziq:

- "Everton" chempionat doirasida "Xall Siti"ga qarshi so'nggi 10 uchrashuvda 9 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. "Irislar" gol ura olmagan yagona o'yin bu klublar o'rtasidagi oxirgi bahsga to'g'ri keladi (2015 yil, yanvar);
- Lukaku "yo'lbarslar"ga qarshi o'zining oxirgi uch uchrashuvidan ikkitasida gol urgan;
- Har ikkala jamoa ham oxirgi ikki taqvim yilini mag'lubiyat bilan yakunlagan. "Xall Siti" 2014 yil "Lester" (0:1) va 2015 yil "Preston" (0:1), "Everton" esa 2014 yil "Nyukasl" (2:3) va 2015 yil "Stok Siti" (3:4).




"Manchester Yunayted" – "Midlsbro"
31.12.2016, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

"Orzular teatri"da bu safar "Midlsbro" mehmon bo'ladi. Mourino boshchiligidagi MYU 4 o'yinlik g'alabali seriyasini davom ettira oladimi degan savolga yangi yil kirib kelishidan ikki soat oldin javob olamiz. "Qizil iblislar" o'yin sifatini ham, natijalarni ham yaxshilab borishmoqda. Buning ustiga, jarohatlanganlar ham asta sekin safga qaytishmoqda. Blindning maydonga qaytishi o'tgan bahsda "Yunayted"ning chap qanotini sezilarli kuchaytirdi. "Boro" esa uyda yaxshi o'ynayotganiga qaramay, safarda u qadar ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. Jamoaning hujum uchligi Stuani, Ramires va Negredo De Xea darvozasi oldida ko'p o'ralashib yurmasa kerak. Katta ehtimol bilan, Aytor Karanka qarshi hujum taktikasini tanlaydi va jamoa o'z imkoniyatini kutib o'ynaydi.

Qiziq:

- "Manchester Yunayted" Premer-liganing oxirgi etti o'yinida "Boro"ga yutqazmagan (4 g'alaba, 3 durang);
- "Midlsbro" "Old Trafford"da o'tgan APL o'yinlarida uch bor MYU darvozasiga uchtadan to'p kiritgan (1997 yilning mayida, 1998 yilning dekabrida va 2004 yilning fevralida). Boshqa biror klub bunday natijaga erishgan emas;
- "Qizil iblislar" 2012, 2013, 2014 va 2015 yillarda APL doirasidagi so'nggi o'yinda nolga o'ynagan. "Boro" esa 2009 yildan beri taqvim yilidagi oxirgi o'yinni yutqazmagan (4 g'alaba va 2 durang).




"Sautgempton" – "Vest Bromvich"
31.12.2016, 20:00
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Maykl Jons (CHester)

Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar bahsi. "Sautgempton" stabillikni ushlay olmayapti, buning ustiga o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Redmond bu safar maydonga tusha olmaydi, kamiga CHarli Ostin ham jarohat olgan. Bu turda mezbonlar hujum uchligida Bufal, Tadich va Jey Rodrigeslarning tushish ehtimoli yuqori. "Vest Bromvich" esa juda yaxshi formaga kirib olgan bir pallada "CHelsi", MYU va "Arsenal" bilan og'ir o'yinlarni o'tkazdi. Yuqoridagi klublardan uchralgan mag'lubiyatlar o'yinchilar ruhiyatiga salbiy tasir qilmaganiga umid qilamiz. Mett Filipps, Kris Brant va Rondonlar mezbonlarga etarlicha bosh og'rig'i bo'lishlari turgan gap.

Qiziq:

- "Sautgempton" APL doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi o'tkazgan oxirgi oltita uy uchrashuvining faqat bittasida mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgan (3 g'alaba va 2 durang);
- "Sautgempton" 2010 yildan beri taqvim yilidagi oxirgi o'yinida g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda (2 durang va 3 mag'lubiyat).




"Suonsi" – "Bornmut"

31.12.2016, 20:00
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

Yaqindagina bosh murabbiy Bob Bredlini istefoga chiqargan "Suonsi" raxbariyati hali ham yangi murabbiy borasida bir qarorga kelganicha yo'q. O'yinga qadar vaziyat o'zgarmasa, jamoani 19-turda yordamchi murabbiy Pol Uilyams boshqarib turadi. "Bornmut" chempionat autsayderi maydonida hujumkor o'yin namoyish etsa kerak. Har holda, bu jamoalarning o'zaro o'yinlari gollarga boy tarzda o'tib kelmoqda.

Qiziq:

- "Suonsi" o'tgan mavsum "Bornmut" bilan har ikki o'yinda ham ikkitadan gol urgan, lekin ularning hech birida g'alaba qozonmagan (uyda 2:2 va mehmonda 2:3);
- Bu jamoalar o'rtasida chempionat doirasidagi oxirgi oltita o'yinda muxlislar jami 27ta gol ko'rishgan (har o'yinga o'rtacha 4.5tadan gol);
- Joshua King Premer-liga 2015-2016 yilgi mavsumida "oq qushlar" darvozasini ikkala o'yinda ham nishonga ola bilgan.




"CHelsi" – "Stok Siti"
31.12.2016, 20:00
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

Premer-ligada ketma-ket 12 o'yinda g'alaba qozonib klub rekordini yangilagan "CHelsi" bu safar "Stok Siti"ni mehmon qiladi. Oldingi uchrashuvdan farqli o'laroq, Kante va Kostalarning safga qaytishi "Stok" futbolchilariga muammolarni ko'paytirib berishi tayin. "Stok Siti" esa imkon qadar himoyani ushlashga urinishi tayin.

Qiziq:

- "CHelsi" o'tgan mavsum "Stok Siti"ni enga olmagan (1 durang, 1 mag'lubiyat). Bunday holat so'nggi bor 1974-1975 yilgi mavsumda ro'y bergan edi;
- "Kulollar" APL doirasida "CHelsi" uyida 11 o'yindan buyon g'alaba qozona olishmayapti. So'nggi bor 1974 yilning aprelida "Stok" mehmondan uch ochko bilan qaytgan;
- "CHelsi" 2011 yildan beri taqvim yilini mag'lubiyatsiz tugatmoqda.




"Bernli" – "Sanderlend"
31.12.2016, 20:00
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Grem Skott (Oksfordshir)

Premer-liganing uyda eng xavfli jamoalaridan biri "Bernli" safarda qiynalib qoladigan "Sanderlend"ni qabul qiladi. Mezbonlar o'z maydonlarida ancha ishonchli o'yin namoyish etishmoqda. "Sanderlend"ning asosiy darvozaboni Jordan Pikford tizzasidan olgan jarohat sabab 6-8 haftani maydondan tashqarida o'tkazadi. Bu esa Vito Mannonega asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlash uchun yaxshi imkoniyat.

Qiziq:

- "Bernli"ning Premer-liga doirasida "Sanderlend" ustidan qozongan yagona g'alabasi jamoalarning 2009 yil sentyabrda o'zaro o'tkazgan ilk o'yinlariga to'g'ri keladi;
- 2009 yildagi o'sha mag'lubiyat "Sanderlend" uchun "Bernli"ga qarshi o'tgan 18 o'yindagi yagonasi hisoblanadi (10 g'alaba, 7 durang va 1 mag'lubiyat);
- "Sanderlend" 2014-2015 yilgi mavsumda "Bernli" bilan har ikki bahsda ham nolga o'ynagan. Ularning "Bernli"ga qarshi ketma-ket 3 o'yinda gol o'tkazmasligi 1895 yilda sodir bo'lgan.




"Lester Siti" – "Vest Xem"
31.12.2016, 20:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

Angliyaning amaldagi chempioni uchta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayotgan bo'lsa, "Vest Xem" aksincha uch o'yindirki uch ochkoni o'zi bilan olib ketmoqda. "Lester" ECHLda bir maromni ushlab turibdi, lekin APLda bitta yo'lga tusha olmayapti. "Bolg'aurarlar" esa o'zlariga kelib olishdi. Jamoa ko'p hujum uyushtirmoqda va bu narsa natija keltirmoqda.

Qiziq:

- "Lester" "Vest Xem"ga qarshi oxirgi uchta Premer-liga bahsida yutqazmagan (2 g'alaba, 1 durang). "Tulkilar" chempionatda hech qachon "bolg'aurarlar"ga qarshi ketma-ket to'rt o'yindan mag'lubiyatsiz chiqishmagan;
- "Vest Xem" Premer-liganing amaldagi chempionini faqatgina bir marotaba mehmonda mag'lub etgan (1 durang, 18 mag'lubiyat). Yagona g'alaba 2001 yil dekabrida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan (1:0).




"Uotford" – "Tottenxem"
01.01.2017, 18:30
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Kristal Pelas"ga qarshi 18-tur o'yinida "Uotford"ning bir yo'la ikkita asosiy tarkib o'yinchilari Daril Yanmaat va Valon Bexramilar mushaklarini cho'zib olishdi. "Arilar"ning deyarli yarim tarkibi jarohat olgan desak ham bo'laveradi. "Tottenxem" esa asosiy futbolchilar safda va bahsga shay. "SHporlar" ishtirokidagi o'yinlarda odatda muxlislar ko'p gol ko'rishadi. Bu qarama-qarshilik ham bundan mustasno bo'lmasa kerak.

Qiziq:

- "Uotford" APLda "Tottenxem"ni hech qachon yutmagan (2 durang va 4 mag'lubiyat);
- "SHporlar" 2009 yildan beri taqvim yilidagi ilk o'yinni boy berishmayapti. Aksincha, "Uotford" 5 yildirki, yildagi dastlabki uchrashuvda mag'lubiyatga uchrab kelmoqda;
- Xarri Keyn bu turda o'zining Premer-ligadagi 100 uchrashuvini o'tkazishi mumkin. U bugungacha 99 o'yinda 56ta gol urgan, faqat 8 nafar futbolchi o'zining APLdagi dastlabki 100ta o'yinida Keyndan ko'proq gol urgan.




"Arsenal" – "Kristal Pelas"
01.01.2017, 21:00
"Emireyts"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

APLning eng chiroyli o'yin namoyish etadigan klubi hisoblangan "Arsenal" oxirgi paytlarda vaziyatlardan foydalanish darajasi yaxshi emas. O'tgan turda ham klub ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishiga qaramay, bor yo'g'i bitta to'p kiritdi. "Kanonirlar" qaysidir o'yinga kelib "portlashadi", ana shu bahs "Kristal Pelas" bilan bo'lishi ham mumkin.

Qiziq:

- "Arsenal" "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 11ta Premer-liga o'yinining sakkiztasini o'z foydasiga hal qilgan, qolgan uchta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan;
- "Kristal Pelas"ning "Arsenal"ustidan APL doirasida qozongan yagona g'alabasi 1994 yilning oktyabriga to'g'ri keladi. O'shanda Jon Salakoning dubli jamoasiga "Xayberi"da 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etgan edi;
- Bu uchrashuv mezbonlar uchun "Emireyts Stedium"dagi 200chi Premer-liga bahsi bo'ladi. "Arsenal" bugungacha 199 bellashuvda 129 g'alaba, 47 durang va 23 mag'lubiyat qayd etgan.




Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida yangi sovrinli liga ishga tushdi. Jamoa tuzishga o'tish
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика