APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi elon qilindi
10 jan 2025 18:13
Yangiliklar
APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi elon qilindi
Angliya Premer-ligasida o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyini aniqlandi.
Mukofotni "Nottingem Forest" ustozi Nunu Eshpiritu Santu qo'lga kiritdi. Bu portugaliyalik uchun joriy mavsumdagi ikkinchi shunday sovrin va Premer-ligada butun faoliyatidagi oltinchi sovrindir.

"Nottingem Forest" dekabrda APLning 6 o'yinida 5 marta g'alaba qozondi va 1 bor mag'lub bo'ldi. "O'rmonchilar" chempionat jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
2024/25 yilgi mavsum davomida APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini Fabian Xyurceler (avgust), Enco Mareska (sentyabr), Nunu Eshpiritu Santu (oktyabr), Arne Slot (noyabr) va endi yana Nunu Eshpiritu Santuga nasib etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar