So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Anzur Ismoilov: "To'xtaxo'jaevga yana bir nechta o'yin kerak" Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "To'xtaxo'jaevga yana bir nechta o'yin kerak"

Birinchilardan bo'lib MTJ ixtiyoriga etib kelgan Anzur Ismoilov Bahraynga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"CHanchun Yatai" himoyachisi 28 sentyabr kuni Toshkentga kelgan edi. 


"Bahrayn safarda bizga qiyinchilik tug'dirishi mumkin bo'lgan KXDRdan keyingi ikkinchi jamoa. Lekin bizni bu cho'chitayotgani yo'q. KXDRdagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar oldida yo'qotilgan uch ochkoni, qolgan o'yinlar orqali maksimal miqdorda to'ldirish vazifasi qo'yilgan. Buni avvalo o'zimiz anglab turibmiz. So'nggi ikkita o'yinda 6 ochko ishladik. Qolgan bahslarda ham g'alaba qozonishimiz kerak. Faqat Denisovni safdan chiqqanligi kichik o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Markaziy himoyachi sifatida sheriklarimni tartib asosida ushlab turishim kerak. To'xtaxo'jaevga kelsak, agar meni ham hozir qanotga qo'yishsa o'zim bilmagan holda markazga o'tib qolaverishim mumkin. Islomda ham shu holat kuzatildi. Yana 2-3ta o'yindan keyin u bu nuqtani o'zlashtirib oladi deb o'ylayman. Bahrayn terma jamoasi esa so'nggi turda yaxshi o'ynadi. Manamada bizni qiziq o'yin kutib turibdi", - deydi Anzur Ismoilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика