Anzur Ismoilov: "Kuchli jamoa bilan bunday o'yinlar foydali"
22 fev 2020 19:21
Yangiliklar
Anzur Ismoilov: "Kuchli jamoa bilan bunday o'yinlar foydali"
"Spartak" - "Paxtakor" (4:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" himoyachisi Anzur Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi bo'limda to'pni nazorat qildik, yaxshi vaziyatlarga chiqib bordik. "Spartak" jismonan kuchli ekanini bilamiz, ularga qarshi o'ynash juda yaxshi. Burchak zarbalaridan keyin to'p o'tkazib yubordik, bazida shunday bo'lib turadi. Raqib ham xatolarimizdan foydalanishga urindi. Kuchli jamoa bilan bunday o'yinlar foydali.
Fikrlar