

Hamyurtimiz to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Xenan Czyanie"ga qarshi o'ynadi. Bahsdagi hisobni 15-daqiqada Anzur Ismoilov ochdi - 0:1. "Chanchun Yatai" Superligada qolishi uchun oxirgi turda g'alaba qozonishi kerak.
Gollar: Anzur Ismoilov 15, Olivo da Rosa Ivo 43, Yan Bo YU 64.
Igor Sergeev va Egor Krimec to'p tepadigan "Beyjing Goan" esa "Shanxay Shenxua" bilan nursiz durang qayd etdi.




