So’nggi yangiliklar

22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  1 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  6 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  39 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  7 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0

"Anxelga aytib qo'ying, bu erga qaytmasin, aks holda oila azolaridan biri halok bo'ladi" - Argentinada Di Mariyaga o'lim bilan tahdid qilishdi Yangiliklar

"Anxelga aytib qo'ying, bu erga qaytmasin, aks holda oila azolaridan biri halok bo'ladi" - Argentinada Di Mariyaga o'lim bilan tahdid qilishdi

Jahon chempioni vahimali ogohlantirish xati oldi va u yashaydigan qarorgoh oldida otishma ovozi eshitildi.

Mavsum yakunlanishi arafasida "Benfika" futbolchisi Anxel Di Mariyaning o'zi ulg'aygan "Rosario Sentral" klubiga qaytishi haqida mish-mishlar ko'paymoqda. 

Rosario shahri narkotik moddalar savdosi va jinoyatchilik bo'yicha yuqori darajadagi hudud hisoblanadi. Di Mariya o'z bayonotlarida giyohavand moddalar savdosi va zo'ravonlikni bir necha bor qoralagan. Bu esa bir necha yovuz niyatli kishilarga yoqmagan.

Yaqinda uning ota-onasi istiqomat qiladigan hudud yonida to'rtta o'q ovozi eshitilgan hamda futbolchining otasiga jinoyatchilar tomon shunday mazmundagi xabar kelgan: "O'g'lingizga ayting, Rosarioga qaytmasin, aks holda uning oila azolaridan biri halok bo'ladi. Hatto Maksimiliano Pullaro (Sante-Fe gubernatori, tahririyat) ham sizlarni qutqara olmaydi. Kelasi gal qog'oz emas, qo'rg'oshin yuboramiz".

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni nihoyasiga etadi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика