Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi
17 jan 2021 13:00
Yangiliklar


Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi
Barchamizga o'zining "Paxtakor", "Navbahor", "Bunyodkor" jamoalari va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi yorqin o'yinlari orqali yaxshi tanilgan futbolchi Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi.
Soliev bungacha Ilhom Mo'minjonov bilan birgalikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy, "Navbahor" va "Surxon" klublarida maslahatchi murabbiy bo'lib birga ishlagan.
Anvar Soliev Ilhom Mo'minjonovga yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashadi.
SHu o'rinda "Neftchi" jamoasi tayyorgarlikning Toshkentdagi birinchi bosqichini yakunladi va jamoa azolari Farg'onaga qaytib kelishdi. Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Farg'onada davom ettiriladi.
Jamoaga yangi futbolchilarining kelib qo'shilishi va ko'rikdan o'tishi davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar