So’nggi yangiliklar

22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  0 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  1 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  59 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9

Anvar G'ofurov O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldin: "Forslar bilan o'yinda haqiqiy kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin" Yangiliklar

Anvar G'ofurov O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldin: "Forslar bilan o'yinda haqiqiy kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Anvar G'ofurov Eron bilan uchrashuv oldidan imkoniyatlarimizni chamaladi va o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Eron bilan o'yinlar doim principial bo'lgan. Ertangi bahs ham shuni davomi bo'ladimi? Umuman o'yindan nima kutyapsiz?

- Albattta kuchli va yaxshi raqibga qarshi uchrashuv kutmoqda. SHubhasiz ikki jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishadi. CHunki har bitta xato qimmatga tushishi mumkin. - O'ylashimcha, ikki jamoa ham uchrashuvni ehtiyotkorlik bilan boshlashadi. Stadionga kelgan ishqibozlar futbolchilarni oldinga chorlashlari aniq. Aynan muxlislarimiz futbolchilarimizga qo'shimcha kuch berishadi, 12 o'yinchi bo'lishadi. 

- O'zbekiston terma jamoasining bor imkoniyatlari yuzaga chiqdimi, yutuqlar fonida kamchiliklar ham ko'rinyaptimi? Eron bilan o'yinda qaysi tomonlama ehtiyotkor bo'lishimiz kerak?

- Rostini aytganda Eron bilan o'yinda haqiqiy kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin. O'mon, Turkmaniston, Tojikiston terma jamoalarini hurmat qilaman. Lekin biz bu o'yinlarda tajribaliroq  va kuchliroq ko'rindik. Terma jamoamizda o'yinni yanada yaxshilash uchun potencial bor, deya olaman. 

- Eronni yutish orqali Osiyo kubogi oldidan Katanec ishiga baho bera olamizmi? Qaysidir manoda Osiyo kubogida Avstraliyani yutishimizga ishonch beradimi?

- Katanecning ishiga men baho bermayman. CHunki Katanecni yaxshi murabbiy, deb hisoblayman. Hozirgi futbolda har bir jamoa istalgan raqibini yutishi mumkin. Bugungi futbol boshqa darajada. Masalan so'nggi mundialdagi natijalarga qarasak ham ko'ramiz. Saudiya Arabistoni - Argentina 2:1, Yaponiya -  Ispaniya 2:1, Germaniya - Yaponiya 1:2, Janubiy Koreya - Portugaliya 2:1 va hokazo. Osiyoning 5ta jamoasidan 3tasi guruhdan chiqdi. Terma jamoamizga omad tilayman. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика