So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Anvar G'ofurov: “Navbahor”ga ham, bizga ham 3 ochko suv va havodek zarur” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Navbahor”ga ham, bizga ham 3 ochko suv va havodek zarur”

Teglar :  Anvar G'ofurovObod
Kecha milliy chempionatimizning 21-turidan o'rin olgan Toshkent derbisida “Bunyodkor” hamda “Obod” jamoalari bellashishdi.

Ushbu uchrashuvda “qaldirg'ochlar” “Obod” klubini yirik (3:0) hisobida mag'lub etishdi. Mag'lubiyatdan so'ng “Obod” jamoasi himoyachisi Anvar G'ofurov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bunyodkor”ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Menimcha, tajriba va mahorat ustun keldi deb o'ylayman. Penalti borasida hech nima deya olmayman. Hakam qaror qabul qilib bo'ldi, men uni muhokama qilmayman. Sobiq jamoamga qarshi maydonda to'p tepganimdan bir tarafdan xursandman yana bir tarafdan esa biroz qiynaldim. To'g'ri, shuncha yil “Bunyodkor” safida o'ynab turib, biroz vaqt o'tgandan so'ng ushbu jamoaga qarshi bahs olib borish juda ham og'ir. Lekin, boshqa tarafi, men hozir “Obod” jamoasida to'p tepyapman. Demak, shu klubni sharafini himoya qilyapman.


“Bunyodkor”ga qarshi bor kuchim bilan o'ynadim va jamoamga foyda keltirishga harakat qildim. Keyingi o'yinda bundanda ko'proq kuch sarflash kerak bo'ladi. CHunki, “Navbahor”ga ham bizga ham 3 ochko suv va havodek zarur. Biz turnir jadvalida oldimizda va biz keyingi pog'onada turgan jamoalarni mag'lub etsak juda yaxshi ish bo'lar edi. “Bunyodkor” jamoasini olib qaraydigan bo'lsak, hozir turnir jadvalida peshqadamdan keyingi o'rinda bormoqda. OCHLda ham muntazam ravishda ishtirok etib keladi. Juda ham yaxshi shakllangan jamoa. “Qizilqum” ham ayni damda yaxshi o'rinda bormoqda. “Buxoro” bilan bo'lgan o'yinda safarda ochko yo'qotib qaytdik. Ushbu jamoalarga qarshi o'ynash juda qiyin. “Metallurg” bilan bo'lgan o'yinda 1 ochkoni qo'lga kiritdik. 3 ochkoni qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. Mag'lubiyatdan so'ng ichki muhitni unchalik alo darajada deb bo'lmaydi. Keyingi turda “Navbahor”ni mag'lub etib ichki muhitni ham yaxshilab olamiz. Uchralgan mag'lubiyatlardan hulosa chiqarib keyingi o'yinda g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz. Nasib qilsa oliy ligada qolishga harakat qilamiz”, - deydi “Obod” klubi futbolchisi Anvar G'ofurov.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика