So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Anvar Berdiev: "Sergey Morozov debyutidayoq o'zini ko'rsatdi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Sergey Morozov debyutidayoq o'zini ko'rsatdi"

Pro-liganing 14-turidan o'rin olgan "Turon" - "Zomin" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda Pro-liganing qaytishi bilan barcha futbol muxlislarini tabriklayman. Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, o'yinimizdan emas, natijadan qoniqdim. Tanaffusdan keyingi hayajon kuzatildi shekilli, o'yinni tahlil qilgan xolda yigitlar bilan bu borada gaplashamiz. 

- "Turon" raqibga qarab o'ynayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. Masalan, kuchli jamoalarga qarshi boshqa, kuchsizroq raqib bilan shunga mos o'yin namoyish etmoqda. Buni qanday izoxlagan bo'lardingiz?

- Yo'q, men bunaqa deb o'ylamagan bo'lardim. Futbolchilarga har bir raqibni hurmat qilish lozimligini uqtirib kelamiz. Ko'rib turibsizlar, Pro-ligada o'tkinchi o'yinning o'zi yo'q. Bugungi o'yinda ham yigitlarga shu haqida aytdim. Raqibni mensimaslikning oqibati yaxshi bo'lmaydi.

- Oldinda jamoangizni "Andijon"ga qarshi O'zbekiston kubogi va Pro-liga doirasidagi o'yinlar kutib turibdi. Bu o'yinlarga rejangiz qanday?

- Biz har bir o'yinga g'alabani maqsad qilgan xolda maydonga tushamiz. Kim bilan o'yinda g'alaba qozonsangiz, baribir 3 ochko beriladi. Bunda "Andijon" yoki "Zomin" bilan o'yindagi g'alaba uchun beriladigan ochkolar soni bir xil. Vodiy derbisida haqiqiy jang bo'ladi. Anjijonlik muxlislarni bilaman, ular faolligi bilan nom qozonishgan. Albatta, bizning muxlislar ham "Bobur arena" stadioniga borib jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishlariga ishonaman. Xudo hohlasa derbida muxlislarga yoqadigan jangovor o'yin bo'ladi.  

- Tarkibga yangi qo'shib olingan Sergey Morozovning o'yini sizda qanday taasurot qoldirdi?

- Bizning himoya chizig'imizda yosh futbolchilar o'ynab kelishayotgandi. SHu sababdan ham tarkibga tajribali himoyachini qo'shib olishni rejalagandik. Morozov debyut o'yinidayoq gol urib o'zini ko'rsata oldi. Uning o'yinidan qoniqish hosil qildim.

- Birinchi bo'limdan so'ng 3:0 hisobi qayd etilayotgandi. Natijadan kelib chiqib keyingi o'yin haqida o'ylashni boshladingizmi?

- To'g'risini aytganda, hech qachon bunaqa o'ylamaganman. Har bir o'yin hakam hushtagi chalinguniga qadar davom etadi. "Zomin" o'yinni yaxshi boshladi, ammo birinchi goldan so'ng ustunlik biz tomonga o'tdi. Hisobdan kelib chiqib xotirjamlikka berilish har bir futbolchida ham ko'zga tashlanishi mumkin. Birinchi bo'limdan so'ng o'zgarishlarga qo'l urdik. Har bir o'yinga hakam hushtagi yakun yasab beradi.

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida olib borilgan selekciya ishlaridan qoniqdingizmi?

- O'zi yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibda ko'p o'zgarishlar qilishni yoqlamayman. Nega deganda, tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni moslashishi uchun ham vaqt zarur bo'ladi. Transferlar oynasi vaqtida Sergey Morozov, Qahramon Bahodirov va Izzatillo Po'latovlarni safimizga qo'shib oldik.

- "Andijon" bosh murabbiyi Viktor Kumikov "Turon"ga qarshi o'yinda kuchliroq o'ynaymiz degan fikrni aytib o'tdi. Sizda bu borada rejalar qanday?

- "Andijon"ga qarshi o'yinda o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimiz yodimda turibdi. O'shanda hisob 1:1 bo'lib turgan vaqtda Xumoyun Murtozaevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgandi. "Sen urmasang, senga urishadi", bu futbolda bor naql. “Andijon" so'ngi daqiqalarda gol urib g'alabani ilib ketgandi. Viktor Kumikov biz haqimizda gapirgan bo'lsa, bundan xursanmiz. Demak taniqli mutaxassisning etiborini qozona olayotgan ekanmiz.

- "Andijon"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida nimalarni ayta olasiz?

- Ko'pchilikning xabari bor, "Andijon" bo'ydor futbolchilar evaziga standart vaziyatlarda juda yaxshi ishlaydi. Bizda ham bu o'yinga rejalarimiz bor. Nasib bo'lsa 13-avgust kuni "Bobur arena"da derbiga xos jang bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика