So’nggi yangiliklar

10:46«Ливерпуль» «Боруссия» футболчисига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  4 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  2 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  3 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  4 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  4 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  11 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  17 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  131 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159 00:45ЕЧЛ. "Барселона" жавоб ўйинида "Бенфика"га ҳеч қандай имконият қолдирмади ва чорак финалга йўл олди  86 23:42"Пахтакор" ва "Ал Ҳилол" ўзаро ўйинлар тарихи  6 23:41"Барселона" – "Бенфика" учрашувида рўзадор футболчилар оғиз очиб олиши ўйин тўхтатиб турилди  17

Anvar Berdiev: "Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar men uchun qadrli" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar men uchun qadrli"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Turon" – "Aral Samali" (3:0) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"Xudoga shukrki, o'z maydonimizda g'alaba qozondik. Bahs qiyin bo'ldi. Ochilish o'yini bo'lgani bois futbolchilarda hayajon sezildi. O'yinchilarga, muxlislarga va rahbariyatga rahmat aytmoqchiman", – dedi Anvar Berdiev.

- Yangi nomlar (Siyovush Xabibulloev, Jasur O'runov)ning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar men uchun qadrli. O'yinning borishiga qarab almashtirishlarga qo'l urdik. Albatta, ularning o'yinidan qoniqish hosil qildim.

- Sardor Abduraimov oldingi o'yinda ham, bugun ham zaxiraga olindi. Bu nima bilan bog'liq?

- "SHo'rtan" bilan o'yinda u maydonda ko'p mehnat qildi. Juda ko'p kuch sarflagani uchun zaxiraga olgandik. Bugun esa o'yin taqdiri hal bo'lgani bois almashtirdik. Keyingi o'yinimiz "Buxoro" bilan bo'ladi. SHu faktor ham inobatga olindi.

- Jamoa 1-o'rinda bormoqda. Bu o'ziga yarasha bosim yuklamaydimi?

- Hozir 1-o'rinda borayotganimiz hech narsani anglatmaydi. Hali hammasi oldinda. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Yana bir bor bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga va jamoa rahbarlariga minnatdorlik bildiraman. Futbolda ko'pchilik aytganidek, "jo'jani kuzda sanaymiz". Mavsum uchun oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishga astoydil harakat qilamiz. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика