Anvar Berdiev: "O'yin final hushtagi chalinguniga qadar davom etadi"
26 mar 2022 21:35
Yangiliklar


Anvar Berdiev: "O'yin final hushtagi chalinguniga qadar davom etadi"
- O'yin haqida
- "G'ijduvon"ga qarshi o'yin qiyin o'tishini avvaldan bilgandik. Har bir uchrashuv alohida tarix va unga alohida yondashish kerak. Qaysi jamoaning tayyorgarligi yuqori bo'lsa, g'alabaga erishadi. Jamoamiz futbolchilariga sifatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, bizni stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat aytaman.
- Ikkinchi taymda tashabbus raqib tomoniga o'tib ketgandek ko'rindi...
- O'yin hakam tomonidan final hushtagi yangraguniga qadar davom etadi. Maydonda oxirigacha kurashish lozim. Goldan so'ng yigitlar xotirjamlikka berilishdi.
- Himoyachilarning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Hisob 1:0 bo'lib turgan vaqtda himoyachilar katta bosimga uchrashadi. Zaxiradan himoyachini maydonga tushirdik va to'p o'tkazib yubormadik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar