So’nggi yangiliklar

22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  8 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  5 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  49 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0

Anvar Berdiev: "Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Andijon" - "Turon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Andijon" jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarda omad tilayman. Birinchi golni yana standart vaziyatdan o'tkazvordik. Bu jamoa bilan o'tgan o'yindan farqli ravishda 5 ta o'zgarishga qo'l urdik. Yakunda baribir "Andijon" yana g'alabaga erishdi.

- Humoyun Murtozaevni noo'rin harakatini qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Albatta, bu futbolda xunuk holat. Uning bu harakati uchun andijonlik muxlislardan uzr so'rayman. Biz o'yinni tahlil qilamiz, Murtozaev bilan bu borada gaplashib olamiz. CHempionatdagi o'yinda, yani Yaypanda o'tgan bahsda "Andijon"ning 20-raqamli futbolchisi shunday harakatni amalga oshirgandi. Balki shu xolat futbolchiga javob tariqasida amalga oshirgandir. Men doim takidlayman, futbolchi bunday vaziyatlardan yiroqda bo'lishi kerak. Yana bir bor andijonlik muxlislardan o'sha vaziyat uchun uzr so'rayman.

- "Turon" chempionatda ham, kubok o'yinlarida ham "Andijon"ga mag'lub bo'ldi. Pro-liga chempionligi uchun kurashda "Andijon"ni favorit deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bunday o'ylamagan bo'lardim. CHunki oldinda o'yinlar ko'p, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. "Mashal", "Buxoro", "Turon" va "Andijon" jamoalari o'rtasida Superliga uchun kurash jiddiy kechadi.

- Ikki bo'limda ikki xil o'yin guvohi bo'ldik. Tajribali futbolchilarni asosiy tarkibda tushirsangiz bo'lmasmidi?

- Albatta bo'lardi. Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Tarkib tanlash borasida xatoga yo'l qo'ydim. Yaypanlik muxlislardan ham uzr so'rayman, ular chempionat doirasidagi o'yinda mag'lub bo'lganimizga qaramay yana bugun bizga ishonib kelishdi. Klub rahbariyatidan ham uzr so'rayman. Ko'zi yonib turgan, imkoniyat bering deb so'rab turgan futbolchilarni maydonga tushirgandim. Natijani esa ko'rib turibsizlar. Ikkinchi bo'limda 4 ta o'zgarish qildik, bu xolat o'yinda burilish yasay oldi.

- Jamoa Andijonga o'yindan bir kun avval kelmaganiga sabab nima?

- Bu mening taklifim edi. O'tgan gal bir kun avval kelib mag'lub bo'lgandik. SHu sababdan biz klub rahbariyati oldida xijolat bo'lib bir kun avval kelib ularni qo'shimcha harajatlar sarflashlarini istamadik.

- Tanlash imkoni bo'lsa, kubokdagi g'alabani tanlardingizmi yoki chempionatdaginimi?

- Murabbiy uchun har bir o'yindagi g'alaba muhim. Maydonga chiqdikmi, g'alaba uchun o'ynashimiz shart, qaysi musobaqa ekanining ahamiyati yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика